«jizzax» tegli maqolalar


Jizzaxda Suriyadagi terrorchilik tashkilotiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olingani aytildi
11 fevral 2022, 14:31

Jizzaxda Suriyadagi terrorchilik tashkilotiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olingani aytildi

Jizzaxlik fuqaro Suriyadagi xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilishni rejalashtirganlikda gumon qilinmoqda. U xorijdaligida «Tavhid va jihod katibasi» xalqaro terrorchilik tashkilotining g‘oyaviy ta’siriga tushib qolib, vatanga qaytgach, o‘ndan ortiq tengqurlariga tashkilot g‘oyalarini targ‘ib qilgani aytilmoqda. Fuqaro IIB va DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Jizzaxda 18 ming AQSh dollarga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lganlar ushlandi
15 iyul 2021, 11:08

Jizzaxda 18 ming AQSh dollarga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Jizzaxda 2 nafar fuqaroni 18 ming AQSh dollari evaziga xorij universitetlaridan biriga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lganlar ushlandi. Firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jizzaxda Nexia yuk avtomobiliga urildi. Ikki kishi vafot etdi
16 iyun 2021, 09:45

Jizzaxda Nexia yuk avtomobiliga urildi. Ikki kishi vafot etdi

Jizzax viloyatida Nexia va SHACMAN rusumli yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi. Yana ikki yo‘lovchi kasalxonaga yotqizilgan.

Jizzaxda Lacetti «lyuk”idan tana qismini chiqarib ketgan qiz jarimaga tortildi
27 may 2021, 11:39

Jizzaxda Lacetti «lyuk"idan tana qismini chiqarib ketgan qiz jarimaga tortildi

Jizzaxda Lacetti harakatlanayotgan paytida «lyuk» dan tana qismini chiqarib ketgan qiz aks etgan video tarqaldi. Viloyat IIB tomonidan fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, 245 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Jizzaxda 2 nafar homilador ayol shifokor va hamshira mas’uliyatsizligi sabab vafot etdi
6 may 2021, 17:55

Jizzaxda 2 nafar homilador ayol shifokor va hamshira mas’uliyatsizligi sabab vafot etdi

Baxmal tumani hududida yashovchi ikki nafar homilador ayol to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmaganligi, kasalliklar o‘z vaqtida aniqlanmaganligi oqibatida aprel oyida Jizzax viloyat perinatal markazida vafot etgan.

Jizzaxda 12 yoshli qiz YTH oqibatida vafot etdi
6 may 2021, 14:13

Jizzaxda 12 yoshli qiz YTH oqibatida vafot etdi

Jizzax viloyatida Nexia-2 rusumli avtomashina mol boqib yurgan 12 yoshli qizni urib yuborgan. Buning oqibatda, qiz olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

«14 ta kvartira, 43 ta mashina, 172 ta do‘kon». Bosh prokuror — sobiq hokim o‘rinbosari va uning sheriklarining undirilgan mulki haqida
23 aprel 2021, 13:41

«14 ta kvartira, 43 ta mashina, 172 ta do‘kon». Bosh prokuror — sobiq hokim o‘rinbosari va uning sheriklarining undirilgan mulki haqida

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akram Rahmonqulovga tegishli korxonalarda 12 mlrd so‘m,172 ta do‘kon, ko‘p qavatli uylardagi 14 ta xonadon, 43 ta avtomashina va boshqa ko‘chmas mulklar zararni undirish uchun xatlanganini ma’lum qildi. Sobiq hokim o‘rinbosari va yana 10 kishi hibsga olingan.

Jizzaxda YTH oqibatida «Cobalt» yonib ketdi. 3 kishi vafot etdi
10 mart 2021, 11:14

Jizzaxda YTH oqibatida «Cobalt» yonib ketdi. 3 kishi vafot etdi

Jizzaxda «Cobalt» avtomashinasi «GAZ-31» bilan to‘qnashuvchi oqibatida yonib ketdi. «Cobalt» haydovchisi va yulovchisi kuyish jarohatidan xaloq bo‘ldi. «GAZ-31» haydovchisi ham ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan vafot etgan, yulovchisi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Jizzaxdagi bir qismi qulab tushgan uy buzilmoqda
25 yanvar 2021, 10:59

Jizzaxdagi bir qismi qulab tushgan uy buzilmoqda

Jizzaxda yanvar oyi boshida bir qismi qulab tushgan, qurilishi tugallanmagan turar-joy binosi buzilmoqda. Avvalroq, qurilish vaziri bino zarar ko‘rgani va buzilishi kerakligini ma’lum qilgan edi.

Jizzax shahriga yangi hokim tayinlandi
19 yanvar 2021, 16:55

Jizzax shahriga yangi hokim tayinlandi

Jizzax shahar hokimi lavozimiga Xolmurodov Komil nomzodi shahar deputatlari tomonidan ma’qullandi. U bungacha Mirzacho‘l tuman hokimi bo‘lgan

Jizzaxda qulagan bino yuzasidan jinoyat ishi ochildi
13 yanvar 2021, 12:08

Jizzaxda qulagan bino yuzasidan jinoyat ishi ochildi

10 yanvar kuni Jizzax shahrida qulab tushgan bino yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra Jizzax viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jizzax shahrini manzarali daraxtlar va gullar bilan bezash uchun 2 mlrd so‘m sarflangan
25 dekabr 2020, 12:42

Jizzax shahrini manzarali daraxtlar va gullar bilan bezash uchun 2 mlrd so‘m sarflangan

Jizzax viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi noyabr oyida Jizzax shahri ko‘chalarini ko‘rkamlashtirish maqsadida daraxtlar va gullar ekish uchun buyurtmachilarni tanlab olish maqsadida e’lon qilgan tanlovda My Flower MCHJ yutgan. Mablag‘lar viloyat hokimi Saliyev Ergash farmoyishi bilan mahalliy byudjetning oshirib bajarilgan qismidan ajratilgan. Ma’lum bo‘lishicha, sub’ektining 50,80% ulushi Saliyeva Nargiza Ergashevnaga tegishli.

Jizzaxda avtobus va yuk avtomashinasi to‘qnashuvida ikki kishi vafot etdi
25 avgust 2020, 18:09

Jizzaxda avtobus va yuk avtomashinasi to‘qnashuvida ikki kishi vafot etdi

Jizzaxda avtobus va yuk avtomashinasi to‘qnashuvi yuz berdi. YTH oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etdi.

Jizzaxda yana ikkita YTH: 5 yoshar qizcha va 18 yoshli yigit halok bo‘ldi
24 iyul 2020, 21:19

Jizzaxda yana ikkita YTH: 5 yoshar qizcha va 18 yoshli yigit halok bo‘ldi

Jizzax viloyatida kun davomida ikkita halokatli YTH sodir bo‘ldi. Ulardan birida Lacetti 5 yoshli qizchani urib yubordi. Ikkinchisida esa 18 yoshli yigit yurib ketayotgan yuk mashinasi zinasidan o‘zini tashlab, asfaltga boshi bilan yiqilgan.

Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 1,7 tonna hidlangan suyaksiz go‘sht to‘xtatib qolindi
18 iyun 2020, 09:05

Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 1,7 tonna hidlangan suyaksiz go‘sht to‘xtatib qolindi

Jizzaxdagi YPX maskanida Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 1,7 tonna hidlangan go‘sht to‘xtatib qolindi. Go‘sht suyaksiz bo‘lgani uchun qaysi hayvonga tegishli ekani hozircha noma’lum, ammo qoramol va qo‘y go‘shti emas, degan xulosaga kelindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting