«jihod» tegli maqolalar


Qashqadaryoda Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani aytilmoqda
23 aprel 2022, 11:27

Qashqadaryoda Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani aytilmoqda

DXX Rossiya va Turkiya orqali o‘tib Suriyadagi terroristik tashkilotga qo‘shilishni rejalashtirganlikda gumonlangan qashqadaryolik fuqaroni ushladi. U ijtimoiy tarmoqlarga xalqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqim rahnamolarining ma’ruzalarini joylab, qishlog‘ida ham targ‘ib qilgani aytilmoqda.

Suriyaga ketishni rejalashtirishda gumon qilinayotgan fuqaro qo‘lga olindi
18 fevral 2022, 10:11

Suriyaga ketishni rejalashtirishda gumon qilinayotgan fuqaro qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilishni rejalashtirishda gumonlanayotgan fuqaro qo‘lga olindi. Uning Telegram-akkaunti orqali Abdulloh Zufar, Sodiq Samarqandiy, Abu Saloh, Rashod Qori va boshqalarning ma’ruzalarini tanishlariga tarqatib kelgani aniqlangani ham ma’lum qilindi.

Termizda «hijrat» va «jihod» g‘oyalarini targ‘ib qilgan ikki kishi uzoq muddatga qamaldi
24 yanvar 2022, 19:23

Termizda «hijrat» va «jihod» g‘oyalarini targ‘ib qilgan ikki kishi uzoq muddatga qamaldi

Termizdagi masjidlar atrofida «hijrat» va «jihod» g‘oyalarini targ‘ib qilgan hamda kelgusida Suriya va Falastindagi janglarda qatnashishni rejalashtirgan ikki erkak uzoq muddatga qamaldi.

Qashqadaryoda «Jihodchilar» oqimiga a’zolikda gumonlangan 12 nafar shaxs qo‘lga olindi
31 oktabr 2021, 13:44

Qashqadaryoda «Jihodchilar» oqimiga a’zolikda gumonlangan 12 nafar shaxs qo‘lga olindi

DXX Qashqadaryo viloyatida «Jihodchilar» diniy ekstremistik oqimi tarafdorlari sifatida gumonlanayotgan 12 kishini qo‘lga oldi. Ularning orasida mahalla raisi, o‘rta maktab o‘qituvchisi, masjid imom-noibi, yakka tartibdagi tadbirkor ham bor. Ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Chinozda 10 nafar «jihodchi» qo‘lga olindi — IIV
17 avgust 2021, 15:34

Chinozda 10 nafar «jihodchi» qo‘lga olindi — IIV

DXX va IIV tomonidan Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yashirin faoliyat olib borayotgan «jihodchilar» oqimi a’zolarining 10 nafari qo‘lga olindi. Ular «jihod» maqsadida Suriyaga ketmoqchi bo‘lganligi aytilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting