O‘zbekiston koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan jiddiy iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Ayollar va erkaklar orasidagi tenglik pandemiya tugaganidan keyin iqtisodiyotni tezlik bilan tiklash hamda kuchli va farovon jamiyat qurish uchun asosiy omildir, deb yozishadi Jahon bankining ekspertlari Odri Saks va Uilyam Zeyts o‘z maqolalarida.
Jahon bankining prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston YAIM 2021 yil 4,3%ga, 2022 yilda 4,5% ga o‘sishi kutilmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy o‘sish suratlari 3%gacha yetishi taxmin qilingan.
O‘zbekiston, Jahon banki, Masdar kompaniyasi (BAA) va Osiyo taraqqiyot banki 100 MVt kuchga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi ilk quyosh elektrostansiyasini moliyalashtirish bo‘yicha kredit va sug‘urta shartnomalarini imzolashdi. Navoidan 35 uzoqlikda joylashadigan stansiya 2021 yildan boshlab «Milliy elektr tarmoqlari» ga elektr energiyasini yetkazib beradi.
Bir kishiga kuniga 5600 so‘m miqdorida bo‘lgan kambag‘allik chegarasi qanday belgilangan va nega bu hisob-kitob mukammal emas? O‘zbekistonda kambag‘allik mezonlarini ishlab chiqishda qanday omillarni hisobga olish kerak? Bu haqda Jahon banki iqtisodchisi Uilyam Zeyts bilan suhbatda o‘qing.
Jahon banki O‘zbekistondagi innovatsiyalar tizimini modernizatsiya qilish uchun 50 mln dollar ajratdi. Loyiha davlat ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlarida xalqaro darajadagi tadqiqotlarni o‘tkazishga yordam beradi.
Jahon bankining yangilangan prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekiston YAIMning o‘sish sur’atlari 0,4%dan 0,8%gacha bo‘lishi kutilmoqda. Oltin ishlab chiqarishning ko‘payishi va qishloq xo‘jaligidagi o‘sish koronavirus pandemiyasi yuzaga keltirgan inqiroz davrida sanoat va xizmatlar sohasidagi keskin pasayishni bartaraf etishga yordam bergan.
2018 va 2020 yillar e’lon qilingan Doing Business reytingi hisobotida yuzaga kelgan xatolar sababli Jahon banki hisobot ma’lumotlarini qayta ko‘rib chiqadi. Hozircha tashkilot reytingni vaqtinchalik e’lon qilmaydigan bo‘ldi
Italiyalik Marko Mantovanelli Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga rahbar etib tayinlandi. U iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha Lotin Amerikasi, Afrika va Yevropada 20 yildan ortiq tajribaga ega.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting