«jahon bankı» tegli maqolalar


9 iyun 2021, 12:02

2021 yilda O‘zbekiston YAIM o‘sishi 4,8 foizni tashkil qiladi — Jahon banki

Jahon bankining prognoziga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi 4,8 foizni tashkil etadi. Markaziy Osiyo mintaqasida esa iqtisodiy o‘sishning 3,7 foizgacha tiklanishi kutilmoqda.

19 may 2021, 12:16

O‘zbekiston va Jahon banki yangi hamkorlik dasturini tayyorlashadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Jahon banki delegatsiyasi yangi besh yillik hamkorlik dasturini tayyorlashga kelishib oldilar. Hamkorlik kun tartibiga qashshoqlikni kamaytirishni qo‘llab-quvvatlash, jadallashtirilgan sanoatlashtirish va korrupsiyaga qarshi kurash kabi yo‘nalishlar kiradi.

18 may 2021, 10:56

Jahon banki suv ta’minoti va innovatsiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi

O‘zbekiston va Jahon banki «O‘zbekistonda suv ta’minoti xizmatlari sektorini rivojlantirish va uni institutsional qo‘llab-quvvatlash» va «Milliy innovatsion tizimni modernizatsiya qilish» loyihalari bo‘yicha bitimlarni imzoladi.

13 aprel 2021, 10:57

Toshkent-Andijon yo‘lining narxini tadqiqotlar va tender aniqlaydi — Jahon banki

Toshkent-Andijon pullik avtobomil yo‘lining narxi texnik-iqtisodiy tadqiqotlar va uni qurish bo‘yicha xalqaro tender asosida belgilanadi, deya ta’kidladi Jahon banki vakili «Gazeta.uz» ga bergan intervyusida. Aytilishicha, ushbu yo‘l foydalanishga topshirilganidan so‘ng Toshkentdan Andijonga sayohat vaqti taxminan 2 soatga qisqaradi.

2 aprel 2021, 11:26

Jahon banki: «Eng muhim vazifa — islohotlarning inklyuzivligi va shaffofligi»

2021 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 4,8% gacha tiklanishi kutilmoqda. Kambag‘allikni qisqartirish uchun aholining rasmiy bandligi, fuqarolarning daromadlari va iqtisodiy imkoniyatlarni oshirish lozim, deyiladi Jahon banki hisobotida. Ekspertlar 2021 yilda O‘zbekistonning davlat qarzi YAIMning 42 foizini tashkil etishini ham prognoz qilmoqda.

8 mart 2021, 12:40

COVID-19, ayollar va pandemiyadan keyin O‘zbekistonning tiklanishida ularning o‘rni

O‘zbekiston koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan jiddiy iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Ayollar va erkaklar orasidagi tenglik pandemiya tugaganidan keyin iqtisodiyotni tezlik bilan tiklash hamda kuchli va farovon jamiyat qurish uchun asosiy omildir, deb yozishadi Jahon bankining ekspertlari Odri Saks va Uilyam Zeyts o‘z maqolalarida.

6 yanvar 2021, 11:42

Jahon banki 2021 yilda O‘zbekiston YAIM o‘sishini prognoz qildi

Jahon bankining prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston YAIM 2021 yil 4,3%ga, 2022 yilda 4,5% ga o‘sishi kutilmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy o‘sish suratlari 3%gacha yetishi taxmin qilingan.

23 dekabr 2020, 11:24

Ilk quyosh elektrostansiyasini moliyalashtirish bo‘yicha shartnomalar imzolandi

O‘zbekiston, Jahon banki, Masdar kompaniyasi (BAA) va Osiyo taraqqiyot banki 100 MVt kuchga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi ilk quyosh elektrostansiyasini moliyalashtirish bo‘yicha kredit va sug‘urta shartnomalarini imzolashdi. Navoidan 35 uzoqlikda joylashadigan stansiya 2021 yildan boshlab «Milliy elektr tarmoqlari» ga elektr energiyasini yetkazib beradi.

2 dekabr 2020, 17:15

O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasini qanday hisoblash mumkin? JB iqtisodchisi Uilyam Zeyts bilan intervyu

Bir kishiga kuniga 5600 so‘m miqdorida bo‘lgan kambag‘allik chegarasi qanday belgilangan va nega bu hisob-kitob mukammal emas? O‘zbekistonda kambag‘allik mezonlarini ishlab chiqishda qanday omillarni hisobga olish kerak? Bu haqda Jahon banki iqtisodchisi Uilyam Zeyts bilan suhbatda o‘qing.

29 oktabr 2020, 15:10

Jahon banki innovatsiyalarni rivojlantirish uchun O‘zbekistonga 50 mln dollar ajratdi

Jahon banki O‘zbekistondagi innovatsiyalar tizimini modernizatsiya qilish uchun 50 mln dollar ajratdi. Loyiha davlat ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlarida xalqaro darajadagi tadqiqotlarni o‘tkazishga yordam beradi.

7 oktabr 2020, 09:54

2020 yilda O‘zbekiston YAIMi 0,4%dan 0,8% gacha o‘sishi kutilmoqda — Jahon banki

Jahon bankining yangilangan prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekiston YAIMning o‘sish sur’atlari 0,4%dan 0,8%gacha bo‘lishi kutilmoqda. Oltin ishlab chiqarishning ko‘payishi va qishloq xo‘jaligidagi o‘sish koronavirus pandemiyasi yuzaga keltirgan inqiroz davrida sanoat va xizmatlar sohasidagi keskin pasayishni bartaraf etishga yordam bergan.

28 avgust 2020, 16:02

Jahon banki Doing Business reytingini e’lon qilishni vaqtinchalik to‘xtatdi

2018 va 2020 yillar e’lon qilingan Doing Business reytingi hisobotida yuzaga kelgan xatolar sababli Jahon banki hisobot ma’lumotlarini qayta ko‘rib chiqadi. Hozircha tashkilot reytingni vaqtinchalik e’lon qilmaydigan bo‘ldi

1 iyul 2020, 16:20

Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar tayinlandi

Italiyalik Marko Mantovanelli Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga rahbar etib tayinlandi. U iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha Lotin Amerikasi, Afrika va Yevropada 20 yildan ortiq tajribaga ega.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting