«ishsizlik» tegli maqolalar


Markaziy bank — mehnat bozoridagi tendensiyalar haqida
23 yanvar 2024, 20:41

Markaziy bank — mehnat bozoridagi tendensiyalar haqida

Mehnat bozoridagi vaziyat barqarorligicha qolmoqda: ishsizlik darajasi 8,1 foizgacha pasaygan, joriy yil ko‘rsatkich 7,5−8 foizgacha tushishi prognoz qilinmoqda. Mehnat migratsiyasida geografik diversifikatsiya kuzatilmoqda, Rossiyadan pul o‘tkazmalari ulushi 87 foizdan 78 foizga kamaydi.

O‘zbekistonda 2024-yilda 5 mln kishini ish bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda
8 yanvar 2024, 21:19

O‘zbekistonda 2024-yilda 5 mln kishini ish bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda yil boshida ishsizlar soni 1,3 mln kishini tashkil etgan bo‘lsa, bu yil yana 2,4 mln kishi mehnat bozoriga kiradi. 2024-yilda 5 mln aholi ish bilan ta’minlanishi kutilmoqda. Prezident, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun yagona hisobotlar tizimini joriy etish bo‘yicha ham topshiriq berdi.

Xitoy yoshlar ishsizligi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qilishni to‘xtatdi
16 avgust 2023, 21:04

Xitoy yoshlar ishsizligi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qilishni to‘xtatdi

Xitoy iyun oyida yoshlar o‘rtasidagi ishsizlik darajasi rekord darajaga yetganidan so‘ng bu haqdagi ma’lumotlarni e’lon qilishni to‘xtatdi. Hukumat o‘z qarorini statistik ko‘rsatkichlarni hisoblash usulini takomillashtirish zarurati bilan izohladi.

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 8,8 foizni tashkil etdi
12 avgust 2022, 11:54

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 8,8 foizni tashkil etdi

1 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi mehnat resurslari soni 19 mln 453,3 ming kishiga yetdi. Shuni 2 mln nafardan ortig‘i xorijdagi mehnat migrantlari hisoblanadi. Mamlakatda ishga muhtojlar soni yil boshidagi 1,4 mln kishidan (9,6%) iyunga kelib 1,3 mln kishigacha (8,8%) kamaydi.

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 9,6 foizni tashkil etdi
8 mart 2022, 10:59

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 9,6 foizni tashkil etdi

2022 yil 1 yanvar holatida O‘zbekistondagi mehnat resurslari soni 19 million 345 ming kishini tashkil etdi. Mamlakatda 1 million 441,8 ming kishi ishga muhtoj bo‘lib, ishsizlik darajasi 9,6 foizga yetdi. Yoshlar orasida ishsizlik darajasi 15,1 foizni, ayollar orasida esa 13,3 foizni tashkil etdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
2 fevral 2022, 22:56

Jahon yangiliklari dayjesti

Yevropa hududida ishsizlik darajasi rekord darajada pasaygani, AQSh tashqi qarzining 30 trln dollardan oshgani, Boris Jonson rus askarining Ukraina hududiga qadam bosishi bilanoq sanksiyalar joriy qilishini ma’lum qilgani, Tojikistonning Afg‘onistonga gumanitar yordam jo‘natishi, «Tolibon» hukumatida ilk bor ayollar boshqaruv lavozimiga tayinlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.

To‘qqiz oy ichida ishsizlik darajasi 9,4 foizgacha tushdi
16 noyabr 2021, 14:58

To‘qqiz oy ichida ishsizlik darajasi 9,4 foizgacha tushdi

2021 yilning uch choragi yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda ishsizlik darajasi yillik ko‘rsatkichda 1,7 foizga kamaygan holda 9,4 foizni tashkil etdi. Mehnat vazirligi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov mamlakatda rasman 6,1 million fuqaro ishlayotganini, ulardan 5,9 millioni norasmiy sektorda band ekanligini ko‘rsatdi. Ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1,4 mln kishini tashkil etgan.

«Toshkent viloyatida ishsizlik masalasi bo‘lmasligi kerak» — prezident
11 avgust 2021, 15:41

«Toshkent viloyatida ishsizlik masalasi bo‘lmasligi kerak» — prezident

Prezident Toshkent viloyatidagi sharoit va imkoniyatlar hisobga olinsa, aslida hududda ishsizlik masalasi bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi va mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bugungi kunda ishsizlar soni 134 ming nafarni tashkil etmoqda. «So‘nggi yillarda Toshkent bo‘yicha to‘plagan tajribalarimizni Toshkent viloyatida ham joriy etishimiz kerak», — dedi davlat rahbari.

Yoshlar orasida rasmiy ishsizlik 17 foiz — prezident
27 yanvar 2021, 19:09

Yoshlar orasida rasmiy ishsizlik 17 foiz — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 million kishidan ortiq bo‘lgan 18−30 yoshlilar orasida rasmiy ishsizlik 17 foiz yoki 844 ming nafarni tashkil etishini ma’lum qildi. Yoshlar muammolarini hal etish uchun hududlarda sektor rahbarlari mas’ul bo‘ladi. 2021 yilda 500 ming nafar yoshlar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitiladi.

80 mingga yaqin ishsiz fuqaroga nafaqa tayinlanadi
25 yanvar 2021, 17:46

80 mingga yaqin ishsiz fuqaroga nafaqa tayinlanadi

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovning ta’kidlashicha, endilikda ishsizlik nafaqasi barcha toifadagi ishsizlarga 12 oylik davr ichida 26 kalendar hafta davomida to‘lanishi belgilanmoqda.

Ishsizlik darajasi 11,1 foizgacha kamaydi
14 noyabr 2020, 18:29 1

Ishsizlik darajasi 11,1 foizgacha kamaydi

O‘zbekistonda yanvar-sentyabr oylarida ishsizlik darajasi 11,1 foizni tashkil etib, yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan 2,1 foizga kamaydi. Tadqiqotlarga ko‘ra, mamlakatda mehnat resurslari soni 19,1 mln kishini, respublikadan tashqariga ishga ketganlar soni 1,9 mln kishini tashkil etgan. O‘zbekistonda ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1,6 mln kishidan oshgan.

Olmazor tumanida ayol kishi simyog‘ochdan o‘zini tashlamoqchi bo‘ldi
6 avgust 2020, 22:48

Olmazor tumanida ayol kishi simyog‘ochdan o‘zini tashlamoqchi bo‘ldi

Toshkentning Olmazor tumanida ayol kishi o‘zini voltli elektruzatish tarmog‘i ustuni tashlamoqchi bo‘ldi. IIBB va yong‘in-qutqarish qismi xodimlari uni pastga tushirishdi.

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 13,2 foizni tashkil qildi
3 avgust 2020, 14:56 1

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 13,2 foizni tashkil qildi

Yanvar-iyun oylarida ishsizlik darajasi 13,2% ni tashkil etdi. Ish bilan ta’minlanishga muhtojlar soni 1,94 mln kishigacha ortdi. Karantin choralari mehnat bozoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi, deya ta’kidladi Mehnat vazirligi.

XMT: Inqirozdan chiqish oson va tez kechmaydi
1 iyul 2020, 16:14

XMT: Inqirozdan chiqish oson va tez kechmaydi

Yilning ikkinchi choragida ish vaqti hajmi 14 foizga kamaydi, bu — 400 mln ish joyining yo‘qolishiga tengdir. XMT ekspertlari ish o‘rinlari yana 11,9 foizga, ya’ni 340 million ish joyiga qisqarishi mumkinligini taxmin qilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting