AQShdan O‘zbekistonga 25 nafar ingliz tili o‘qituvchisi keldi. Ular mamlakatning 11 ta hududidagi maktab va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ish olib boradi hamda 10 oylik o‘qitish va malaka oshirish dasturlarini o‘tkazadi.
Xalq ta’limi vazirligi va AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan amalga oshirilayotgan English Speaking Nation yozgi treninglar dasturi doirasida respublikaning turli hududlarida 420 dan ortiq ingliz tili o‘qituvchilari intensiv mashg‘ulotlarda qatnashib, pedagogik va psixologik bilimlarini takomillashtirishadi.
Yaqin oylarda AQSHdan 16 nafar ingliz tili o‘qituvchilari hamda yetakchi universitetlarining professorlari O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda. Ular xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda yordamlashadi. Bundan tashqari, Qarshi shahrida «Amerika oynasi» («American window») kutubxonasining ochilishi ustida ish olib borilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting