«ibrohim raisiy» tegli maqolalar


Eronda 28-iyunda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi
21 may 2024, 20:31

Eronda 28-iyunda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi

Eronda prezident Ibrohim Raisiy vafotidan keyin navbatdan tashqari prezidentlik saylovi 28-iyunga belgilandi.

Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashadi
21 may 2024, 17:41

Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashadi

22-may kuni Eronda o‘tadigan marhum prezident Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etadi. Unga Qonunchilik palatasi cpikeri Nurdinjon Ismoilov boshchilik qiladi.

Prezident Eron elchixonasiga borib, hamdardlik kitobiga taskin so‘zlarini yozdi
21 may 2024, 15:30

Prezident Eron elchixonasiga borib, hamdardlik kitobiga taskin so‘zlarini yozdi

Shavkat Mirziyoyev Eronning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurib, prezident Ibrohim Raisiy vafoti munosabati bilan Eron xalqiga hamdardlik bildirdi. Davlat rahbari hamdardlik kitobiga taskin so‘zlarini yozib qoldirdi.

Eron prezidenti halok bo‘lgan aviafalokat. Tafsilotlar
20 may 2024, 18:18

Eron prezidenti halok bo‘lgan aviafalokat. Tafsilotlar

19-may kuni Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi. Noqulay ob-havo tufayli qutqaruvchilar tuni bilan voqea joyini ko‘zdan kechirdi. Halokat ortidan mamlakatda 5 kunlik motam e’lon qilindi. Prezident vazifasini vaqtincha mamlakat birinchi vitse-prezidenti bajarib turadi. Batafsil.

Eron hukumati prezident vafotidan so‘ng bayonot berdi
20 may 2024, 13:48

Eron hukumati prezident vafotidan so‘ng bayonot berdi

Eron hukumati prezident Ibrohim Raisiy vertolyot halokatida vafot etganidan so‘ng bergan bayonotida mamlakat boshqaruvida “hech qanday uzilishlar” bo‘lmasligiga ishontirdi. Prezidentning vazifalari, Eron konstitutsiyasiga ko‘ra, birinchi vitse-prezident Muhammad Moxberga o‘tadi.

Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
20 may 2024, 12:14

Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning aviahalokatda vafot etgani munosabati bilan mamlakat oliy diniy rahbariga hamdardlik bildirdi.

Eron prezidenti vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘ldi
20 may 2024, 09:39

Eron prezidenti vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘ldi

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘ldi, deb yozmoqda Mehr agentligi. Unga ko‘ra, prezidentdan tashqari, tashqi ishlar vaziri hamda Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyati gubernatori ham halok bo‘lgan.

Eron prezidentining vertolyoti halokatga uchradi. O‘zbekiston TIV xavotir bildirdi
20 may 2024, 03:41

Eron prezidentining vertolyoti halokatga uchradi. O‘zbekiston TIV xavotir bildirdi

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot Eron-Ozarbayjon chegarasi yaqinida “qattiq qo‘ndi”. Qidiruv noqulay ob-havo sharoiti va qorong‘ilik tufayli murakkablashgan. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi zarurat bo‘lsa, yordam berishga tayyorligini bildirdi.

O‘zbekiston va Eron qator hujjatlarni imzoladi
18 iyun 2023, 22:39

O‘zbekiston va Eron qator hujjatlarni imzoladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tehronda Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan muzokaralar o‘tkazdi. Davlat rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladilar. Shuningdek, hukumatlar, idoralar va viloyatlar darajasida 15 ta hujjat qabul qilindi.

Shavkat Mirziyoyev va Ibrohim Raisiy muzokara o‘tkazdi
14 sentabr 2022, 17:21

Shavkat Mirziyoyev va Ibrohim Raisiy muzokara o‘tkazdi

SHHT sammitida ishtirok etish uchun Eron prezidenti Samarqandga tashrif buyurdi. Shavkat Mirziyoyev va Ibrohim Raisiy muzokaralar davomida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish, qolaversa, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashdi.

Abdulaziz Kamilov Eron prezidenti bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi
27 oktabr 2021, 14:52

Abdulaziz Kamilov Eron prezidenti bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Tehron sammiti doirasida Eron prezidenti Ibrohim Raisi bilan Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Kamilov Eronning Afg‘onistondagi vaziyatni o‘rganish bo‘yicha tashabbusini olqishlashini ma’lum qildi. Raisi sammit doirasida afg‘on masalasi bo‘yicha umumiy yechim va qarashlar topilishiga umid qilishi haqida ta’kidladi.

«Sizning tajribangizni qo‘llashdan xursand bo‘lamiz» — Shavkat Mirziyoyev Eron prezidentining korrupsiyaga qarshi kurashi xaqida
17 sentabr 2021, 12:57

«Sizning tajribangizni qo‘llashdan xursand bo‘lamiz» — Shavkat Mirziyoyev Eron prezidentining korrupsiyaga qarshi kurashi xaqida

Prezident Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuvda uning iqtisodiy korrupsiyaga qarshi kurashdagi tajribasidan foydalanishini ta’kidladi. Davlatlar rahbarlari «Shimol-Janub» koridorini Chorboxor porti bilan faollashtirish masalalarini ham muhokama qilishdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting