«hokim» tegli maqolalar


«Toshkent yerining biron bir qismi Toshkent viloyatiga o‘tib ketmaydi» — Jaxongir Ortiqxo‘jayev
19 dekabr 2020, 21:42

«Toshkent yerining biron bir qismi Toshkent viloyatiga o‘tib ketmaydi» — Jaxongir Ortiqxo‘jayev

Toshkent shahar hokimi Jaxongir Ortiqxo‘jayev 2021 yilda Toshkent hududining biron bir qismi Toshkent viloyatiga o‘tmasligini ta’kidladi. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, poytaxt yaqinida yo‘ldosh shahar qurilishi Shayxontohur, Olmazor va Uchtepa tumanlaridagi uy-joy muammolarini hal qilishga qaratiladi.

Xonqa tumaniga yangi hokim tayinlandi
17 dekabr 2020, 22:09

Xonqa tumaniga yangi hokim tayinlandi

Moliya vazirligida bosh boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan Muradbek Davlatov Xorazm viloyati Xonqa tumaniga xokim etib tayinlandi.

Xivaga hokim tayinlandi
17 dekabr 2020, 16:17

Xivaga hokim tayinlandi

Xorazm viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Temur Davletov Xiva hokimi etib tayinlandi.

Shofirkon tumani hokimi xalqdan uzr so‘radi
6 oktabr 2020, 18:42

Shofirkon tumani hokimi xalqdan uzr so‘radi

Hokim Shukrulla Hakimov Shofirkon tumani ko‘rsatkichlari «qoniqarsiz» deb baholangani sababli xalqdan uzr so‘radi va yil oxirigacha vaziyatni to‘g‘irlab, kelasi yil tumanni «yaxshi» deb baholanuvchi darajaga olib chiqishga va’da berdi. Daryo nashri uning nutqi vaqtida ayrim tinglovchilarning mudrayotganiga e’tibor qaratdi.

Arnasoy tumani hokimi o‘zgardi
16 sentabr 2020, 14:50

Arnasoy tumani hokimi o‘zgardi

Sharof Rashidov tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan Xurshid Alimardonov Arnasoy tumani hokimi etib tayinlandi.

Jalaquduq tumaniga yangi hokim tayinlandi
10 sentabr 2020, 13:00

Jalaquduq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Hisob palatasi axborot-tahlil sho‘’basi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Xikmatillo Latipov Andijon viloyati Jalaquduq tumani hokimi etib tayinlandi.

Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev vafot etdi
8 sentabr 2020, 19:11

Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev vafot etdi

Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev olamdan o‘tdi. Unga ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan edi. Oldinroq, tuman hokim o‘rinbosari Mansur Rahmonov vafot etgan edi.

Farhod Umarov Buxoro hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi
28 avgust 2020, 11:38

Farhod Umarov Buxoro hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi

Prezident farmoniga ko‘ra, Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘alchilikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan Farhod Umarov viloyat hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Toshkentning Bektemir tumaniga hokim tayinlandi
25 avgust 2020, 23:28

Toshkentning Bektemir tumaniga hokim tayinlandi

Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Jahongir Ibrohimov Toshkentning Bektemir tumaniga hokim etib tayinlandi.

Toshkentning Bektemir va Yashnobod tumanlari hokimlari lavozimlaridan ozod qilindi
24 avgust 2020, 14:48

Toshkentning Bektemir va Yashnobod tumanlari hokimlari lavozimlaridan ozod qilindi

Toshkentning Bektemir tumani sektor rahbarlari, jumladan, hokim Shohrux Mamajonov lavozimidan ozod qilindi. Prezident tumanga tashrifi vaqtida ular faoliyatini qoniqarsiz deb baholadi. Yashnobod tumani hokimi Xojiakbar Tillashayxov ham lavozimini tark etdi.

Koronavirusga chalingan 36 yoshli hokim vafot etdi
24 iyul 2020, 21:37

Koronavirusga chalingan 36 yoshli hokim vafot etdi

Koronavirusga chalingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani hokimi Daulet Tolibayev olamdan o‘tdi.

Jarqo‘rg‘onda sudyalar xalq oldida obro‘sizlantirildi, sud xodimi esa do‘pposlandi
12 iyul 2020, 17:13

Jarqo‘rg‘onda sudyalar xalq oldida obro‘sizlantirildi, sud xodimi esa do‘pposlandi

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumani hokimi va boshqalar sudyalarni xalq oldida obro‘sizlantirdi. Sud xodimi esa do‘pposlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga qamab qo‘ygan. Hozirda Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tekshirish ishlari olib borilmoqda.

“Tadbirkorga xiyonat qilgan — siyosatimizga xiyonat qilgan bo‘ladi” — prezident
9 iyul 2020, 17:57

“Tadbirkorga xiyonat qilgan — siyosatimizga xiyonat qilgan bo‘ladi” — prezident

Shavkat Mirziyoyev hokimlar va bankirlarni tadbirkorlar bilan ishlash tizimi yo‘qligi sababli tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 59 ta tuman va shahrda biznes muhit “yomon” deb baholangan. “Tadbirkorga xiyonat qilgan odam — siyosatimizga xiyonat qilgan bo‘ladi”, — dedi prezident.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting