«hodisalar» tegli maqolalar


10 iyun 2021, 10:19

Qoraqalpog‘istonda suv quvurini qazish paytida 4 kishini tuproq bosib qoldi. 3 nafari vafot etdi

Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanidagi cho‘l qumlik hududida suv quvurini qazigan 4 kishini tuproq bosib qoldi. Ulardan 3 nafari vafot etdi.

9 iyun 2021, 15:29

Toshkentdagi kanallarda ikki kishi cho‘kib ketdi

Toshkentda ehtiyotsizligi tufayli Damashi kanaliga tushib, cho‘kib ketgan o‘spirinning jasadi qidirilmoqda. Bundan tashqari, poytaxtning Bo‘zsu kanalida cho‘kib ketayotgan qizni qutqarib, ammo o‘zi suvdan chiqolmagan fuqaroni qidirish ishlari ham davom etmoqda.

9 iyun 2021, 13:58

Chiroqchida «svet» o‘chishi muammolari sababli aholi poyezd yo‘lini to‘sib qo‘ydi

Chiroqchi tumani «Ayratom» qishlog‘i aholisi elektr energiyasi ta’minoti qoniqarsiz bo‘lganligi sabab poyezd yo‘lini to‘sib qo‘ydi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» bunga tuman hokimi ushbu muammoni hal qilish uchun qishloq aholisi bilan uchrashmaganligi sabab bo‘lganligini ta’kidladi. Tuman hoqimligi esa temiryo‘l to‘sib qo‘yilgan paytda hokim boshqa mahallaga ketayotgani va voqeadan xabar topgach, hududga borganini aytmoqda.

7 iyun 2021, 11:09

Pokistonda poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Pokistonning Gotki shahrida poyezdlardan biri relsdan chiqib ketib, ikkinchi yo‘lovchi poyezdiga urildi. 36 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi. Bir necha odamlar vayronalar ostida qolib ketgan.

3 iyun 2021, 17:12

YHXBB Termizdagi avariyaga prezident korteji aloqadorligini rad etdi

Termizda sodir bo‘lgan YTHda shahar obodonlashtirish bo‘limida ishlaydigan ayol jarohatlandi. Ijtimoiy tarmoqlarda uni prezidentni kutib olish uchun tashkil etilgan kortejdagi avtomobil urib yuborgani haqida xabar tarqalgan. Biroq YHXBB ushbu ma’lumotni rad etdi. Jabrlanuvchining ahvoli og‘ir.

28 may 2021, 11:31

Toshkentdagi ikkita YTHda 2 nafar fuqaro vafot etdi

27 may kuni poytaxtning Yakkasaroy tumanida Nexia va Isuzu avtobusi to‘qnashuvi oqibatida yengil avtomobil haydovchisi vafot etdi. Xuddi shu kuni Yashnobod tumanida piyoda Matiz urib yuborishi natijasida vafot etdi.

28 may 2021, 10:54 1

Toshkentda 24 yoshli kar-soqov ayol uch nafar shaxs tomonidan kaltaklandi

Poytaxtning Mirobod tumanida 3 nafar ayol 24 yoshli kar-soqov bo‘lgan ayolni kaltaklab, tan jarohati yetkazishdi. Jabrlanuvchi tez tibbiy yordam mashinasini to‘xtatib, qo‘l harakatlari bilan tibbiy yordamga muhtojligini ma’lum qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

27 may 2021, 11:39

Jizzaxda Lacetti «lyuk"idan tana qismini chiqarib ketgan qiz jarimaga tortildi

Jizzaxda Lacetti harakatlanayotgan paytida «lyuk» dan tana qismini chiqarib ketgan qiz aks etgan video tarqaldi. Viloyat IIB tomonidan fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, 245 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

25 may 2021, 14:31

Bir guruh shaxslar XDP deputatini kaltakladi

Surxondaryoning Boysun tumanida bir guruh shaxslar Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi deputatini kaltakladilar. XDP ushbu hodisa bo‘yicha «surishtiruv ishlari boshlanganiga bir yarim oydan oshgan bo‘lsa-da, hamon muayyan bir xulosaga kelinmagani» ni ma’lum qildi.

24 may 2021, 10:04

Italiyada kanat yo‘lida kabina arqondan uzilib ketdi. 14 kishi halok bo‘ldi

Italiyananing Pemonte shahrida kanat yo‘lida odamlarni olib ketayogan kabina arqondan uzilib, quladi. 14 kishi haloq bo‘ldi, ular orasida 9 yoshli bola ham bor.

4 may 2021, 10:48

Meksikada metro ko‘prigi poyezd bilan quladi

Meksikada metro ko‘prigi vagon bilan birga, uning ostida mashinalar harakati paytida qulab tushdi. Hodisa oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi va 70 ga yaqin odam jarohatlandi.

26 aprel 2021, 09:43

Sirdaryodagi bankda qalbaki 81 ming yevro aniqlandi

«Qishlok kurilish banki» ning Sirdaryo filialida qalbaki 81 ming yevro miqdoridagi pullar aniqlandi.

22 aprel 2021, 09:38

Qashqadaryoda NEXIA-1 ga o‘rnatilgan gaz balloni yorilishi oqibatida bir kishi vafot etdi

Qarshi tumanidagi gaz quyish shoxobchasida avtomobilga o‘rnatilgan gaz balloni yorildi. Bir kishi vafot etdi, yana bir nafari jarohatlangan.

21 aprel 2021, 14:18

Qo‘y podasini olib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darildi

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida qo‘ylarni olib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi. Qutqaruvchilar mashinadan 130 bosh zotdor qo‘yni qutqara olishgan, hayvonlarning bir qismi nobud bo‘lgan. Mashina haydovchisi jabrlanmagan.

20 aprel 2021, 11:22

Toshkentdagi YTHda ikki kishi vafot etdi

Poytaxtning Olmazor tumanida Nexia-3 qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, Matiz bilan to‘qnashdi. Ikki kishi vafot etdi.

16 aprel 2021, 11:20

Farg‘onada ayol-sudya zo‘ravonlikka uchradi

Farg‘onada nizoli xonadonda holatni o‘rganayotgan ayol-sudya zo‘ravonlikka uchradi. Sudyaga nisbatan jismoniy kuch ishlatilib, telefoni qasddan sindirilgan.

14 aprel 2021, 16:48

Farg‘onada 28 nafar bolani Damas’da olib ketayotgan haydovchi jarimaga tortildi

Farg‘ona viloyati tumanlaridan birida 28 nafar bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchisi Damas’da uylariga olib ketilayotgani aniqlandi. Haydovchi tegishli guvohnoma va boshqa ruxsatnomalarga ega bo‘lmagan.

5 aprel 2021, 09:19

Namanganda bog‘cha tarbiyalanuvchisi issiq suvdan kuyib vafot etdi

Namangan viloyatidagi maxsus bog‘cha tarbiyalanuvchisi issiq suv jo‘mragini ochib yuborishi natijasida 70% kuyish tan jarohatidan vafot etdi. Bola aqliy rivojlanishi orqada qolish tashxisi bilan tarbiyalanib kelgani ma’lum bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

26 mart 2021, 10:15

Qishloq vrachlik punkti o‘rniga zamonaviy klinika qurmoqchi bo‘lganlar 2 bemor tomonidan kaltaklandi

Namanganda 2 nafar fuqaro qishloq vrachlik punkti o‘rniga klinika qurishni rejalashtirganini ma’lum qilganidan so‘ng, ularni o‘sha yerda davolanayotgan 2 bemor haqoratlab, kaltakladi.

24 mart 2021, 14:11

Yarim-yalang‘och holda sumalak pishirgan ayollar jazolandi, 3 nafari 15 sutkaga qamaldi

Navro‘z kuni yarim-yalang‘och holda sumalak pishirgan olti ayol ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan uch nafari 15 sutkaga qamaldi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting