«haqiqat va taraqqiyot» tegli maqolalar


10 sentabr 2021, 12:10

Muxolifat bo‘lishidan O‘zbekiston jamiyati manfaatdor — Sodiq Safoyev

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev muxolifat jamiyat barqaror rivojlanishining asosiy faktorlaridan biri ekanligini ta’kidladi. Uning fikricha, bugun O‘zbekistonning jamiyati muxolifat bo‘lishidan manfaatdor. Senator muxolifat tabiiy tuzilishi kerakligini aytib, «hokimiyat berilmaydi, hokimiyat uchun kurashish kerak» degan aqidani esladi. U OAVlarini hozirgi kunda nihoyatda muhim muxolifat deb bilishini qayd etdi.

21 iyun 2021, 12:38

«Haqiqat va taraqqiyot» sotsial-demokratik partiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmadi — Adliya vazirligi

Adliya vazirligi «Haqiqat va taraqqiyot» sotsial-demokratik partiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etdi. Vazirlik arizalar va ilova hujjatlari tegishli qonun talablariga rioya qilinmagan holda taqdim qilinganligini ta’kidladi. O‘zbekistonda partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 20 ming fuqaro imzosi talab qilinsa, «Haqiqat va taraqqiyot» partiyasi 9,8 ming imzo yig‘gan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting