«go‘sht» tegli maqolalar


O‘zbekistonda go‘sht, sut va tuxum ishlab chiqarishni kengaytirish uchun 315 mln dollar yo‘naltiriladi
13 fevral 2024, 23:29

O‘zbekistonda go‘sht, sut va tuxum ishlab chiqarishni kengaytirish uchun 315 mln dollar yo‘naltiriladi

Go‘sht, sut va tuxum yetishtirishni ko‘paytirishga 315 mln dollar ajratiladi, mablag‘ chorva kompleksini tashkil etish, qoramol olish va omuxta-yem chiqarish uchun beriladi. Prezident belaruslik hamkorlar bilan 200 mln dollarlik sut va ozuqa ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar tayyorlash bo‘yicha topshiriq berdi.

Qozog‘istondan O‘zbekistonga go‘sht eksporti 2022-yilda 134 baravarga oshdi
14 iyun 2023, 10:52

Qozog‘istondan O‘zbekistonga go‘sht eksporti 2022-yilda 134 baravarga oshdi

Qozog‘iston 2022-yilda O‘zbekistonga go‘sht eksportini 134 baravarga oshirdi. Mamlakatning yil davomidagi go‘sht eksporti 28,7 ming tonnani tashkil etgan va bu so‘nggi 10 yildagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Shuhrat G‘aniyev: Bu yil 22 mln tonnadan ortiq meva-sabzavot, 2,7 mln tonna go‘sht olishga erishildi
12 dekabr 2022, 12:17

Shuhrat G‘aniyev: Bu yil 22 mln tonnadan ortiq meva-sabzavot, 2,7 mln tonna go‘sht olishga erishildi

Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyevning aytishicha, 2022 yil qishloq xo‘jaligi xodimlari uchun haqiqiy sinov yili bo‘ldi. Biroq shunday og‘ir yilda ham barcha tarmoqlarda yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. 22 mln tonnadan ortiq meva-sabzavot, 2,7 mln tonna go‘sht, 3,5 mln tonna paxta olishga erishildi, dedi u.

Toshkent va Buxoro viloyatlarida jami 2,4 tonna yaroqsiz go‘sht sotuvi oldi olindi
27 oktabr 2022, 13:34

Toshkent va Buxoro viloyatlarida jami 2,4 tonna yaroqsiz go‘sht sotuvi oldi olindi

Zangiota tumanida qariyb 1,3 tonna, Jondor tumanida esa 1,1 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsuloti sotuvga qo‘yilishi oldi olindi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Toshkentga 700 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht olib kelinayotgani aniqlandi
27 may 2022, 16:03

Toshkentga 700 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht olib kelinayotgani aniqlandi

Qashqadaryoning Qarshi shahri va Chiroqchi tumanidan 3 ta avtomobilda poytaxtga sifatsiz go‘sht mahsulotlari olib kelinayotgani ma’lum bo‘ldi. Shahar veterinariya boshqarmasi 700 kg go‘sht og‘ir kasalliklarga chalingani uchun so‘yilgan hayvonlarga tegishli ekanligini aniqladi. Go‘shtlarni olib kelayotgan haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi.

Yanvar-mart oylarida bozorlarda 2 tonnadan ziyod iste’molga yaroqsiz go‘sht aniqlandi
11 aprel 2022, 11:49

Yanvar-mart oylarida bozorlarda 2 tonnadan ziyod iste’molga yaroqsiz go‘sht aniqlandi

Birinchi chorakda respublika dehqon bozorlari 2014 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht va 3583 kg ichki organlar topilib, yo‘q qilindi. Toshkent veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi poytaxtga aylanma yo‘llar bilan kirib kelayotgan iste’molga yaroqsiz go‘shtlar asosan umumiy ovqatlanish shoxobchalariga tarqatilishini ma’lum qildi. Eshak go‘shti masalasiga ham izoh berildi.

Pokiston O‘zbekistonga mol go‘shti yetkazib berishni boshladi
13 mart 2022, 22:23

Pokiston O‘zbekistonga mol go‘shti yetkazib berishni boshladi

Pokistondan O‘zbekistonga halol mol go‘shtining birinchi partiyasi jo‘natildi. Kelasi hafta Toshkentga 40 ming dollarlik 18 tonna go‘sht ortilgan konteyner keladi. Mart oyida yana 50 ta konteyner go‘sht jo‘natilishi kutilmoqda.

Sut, mol va qo‘y go‘shti ishlab chiqaruvchilari uchun subsidiyalar ikki baravarga oshirildi
9 fevral 2022, 14:46

Sut, mol va qo‘y go‘shti ishlab chiqaruvchilari uchun subsidiyalar ikki baravarga oshirildi

Prezident qarori bilan chorvachilik bilan shug‘ullanuvchilar tomonidan import qilinadigan qishloq xo‘jaligi texnikalari 2025 yilga qadar bojxona to‘lovlari va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi. Qolaversa, 2023 yil 31 dekabrgacha yirik va mayda shoxli qoramollar tirik vaznining har bir kilogrammi (4000 so‘m) va sutning har bir litri (400 so‘m) uchun subsidiya ikki baravarga oshiriladi.

«Bu — o‘limning boshlanishi». Mahalliy ishlab chiqaruvchi — go‘sht importiga QQS va bojning bekor qilinishi haqida
20 yanvar 2022, 15:25

«Bu — o‘limning boshlanishi». Mahalliy ishlab chiqaruvchi — go‘sht importiga QQS va bojning bekor qilinishi haqida

Hukumat bir qator oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, go‘sht importi va sotuvida QQSning nol stavkasini 30 aprelgacha uzaytirishni rejalashtirmoqda. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar Jizzax Organic va Promeat chorvachilik va go‘sht yetishtirish sohasida ahvolning qanday kechayotgani, QQSdan ozod qilish qanday oqibatlar va xavf-xatarlarga olib kelishi, go‘sht narxi oshishining oldini olish uchun qanday muqobil yechim taklif qilishlari haqida so‘zladi.

10 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
10 yanvar 2022, 22:00

10 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Qozog‘istonga ta’ziya bildirgan Shavkat Mirziyoyev, Navoiyda fuqarolarni kaltaklagan qora niqobli shaxslar, maktablarda yozgi ta’til muddati o‘zgarmasligi, Omikron aniqlangan shaxs kelgan samolyotda 200 kishi bo‘lganligi, Qozog‘istondagi vaziyat tufayli importi kechikayotgan go‘sht, qat’iy karantin rejalashtirilmaganligi, niqobsiz fuqarolarga jarima qo‘llanilmasligi va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 10 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zbekistonga go‘sht importi Qozog‘istondagi vaziyat tufayli kechikmoqda
10 yanvar 2022, 09:08

O‘zbekistonga go‘sht importi Qozog‘istondagi vaziyat tufayli kechikmoqda

O‘zbekistonga Belarus va Ukrainadan import qilinadigan go‘shtni yetkazib berish kechikmoqda. Bu ko‘plab yuklar uchun tranzit yo‘lagi hisoblangan Qozog‘istondagi inqiroz bilan bog‘liq. «Gazeta.uz» bilan suhbatda bo‘lgan uch tadbirkor yetkazib berishdagi uzilishlar narxlarga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidladi.

Senat go‘sht va kartoshka importini QQSdan ozod qilishni ma’qulladi
22 oktabr 2021, 10:13

Senat go‘sht va kartoshka importini QQSdan ozod qilishni ma’qulladi

Senatorlar yil oxirigacha go‘sht mahsulotlari, muzlatilgan baliq, tirik hayvonlar va kartoshka importini QQSdan ozod qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Soliq imtiyozlari ortidan budjet 250 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘ni yo‘qotadi.

Go‘sht narxi o‘sishining sabablari e’lon qilindi
26 oktabr 2020, 13:19

Go‘sht narxi o‘sishining sabablari e’lon qilindi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi go‘sht narxining o‘zgarishiga uchta omil ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, yem-xashak bazasining mavsumiy kamayishi, Qozog‘istondan qoramol importining qisqarishi, avgust oyida go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabning oshishi go‘sht narxining o‘sishiga olib kelgan.

«O‘zbekiston 24» jonli efirida xaridor ayol go‘shtga ko‘p miqdorda suyak qo‘shib sotilayotganidan norozi bo‘ldi
22 oktabr 2020, 17:27

«O‘zbekiston 24» jonli efirida xaridor ayol go‘shtga ko‘p miqdorda suyak qo‘shib sotilayotganidan norozi bo‘ldi

«O‘zbekiston 24» telekanalining Toshkentdagi bozorlardan birida go‘sht narxining pasayishi haqidagi jonli efir reportajida mol go‘shtiga ko‘p suyak qo‘shib sotilayotganini aytib, noroziligini bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting