«fvv» tegli maqolalar


13 aprel 2021, 11:43

O‘zbekistonning bir nechta hududlarida zilzila qayd etildi

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning bir nechta hududlarida 2 balldan sezildi. Magnituda M=5,4, chuqurligi 191 kmni tashkil etdi.

19 mart 2021, 13:10

FVV O‘zbekistonda uch kun kuchli shamol bo‘lishidan ogohlantirdi

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 18−20-mart kunlari kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda. Fuqarolardan kuchli shamol vaqtida zaruratsiz tashqariga chiqmaslik va mashinalarini daraxtlardan uzoqroqqa qo‘yish so‘raldi.

9 fevral 2021, 14:24

Ravshan Xaydarov Toshkent shahar FVBga boshliq etib tayinlandi

Toshkent shahar Faqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Ravshan Xaydarov tayinlandi. U bundan avval FVV Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti boshlig‘i bo‘lgan.

15 yanvar 2021, 09:58

Qayroqqum suv omborining yorilishi haqidagi yolg‘on mish-mishlar rad etildi

Sirdaryo aholisi orasida Tojikistonda Qayroqqum suv omborining yorilgani haqidagi mish-mishlar tarqaldi. Natijada odamlar uylarini tark etishga harakat qilgan. FVV ushbu yolg‘on mish-mishlarni rad etdi. Aholini tinchlantirish uchun viloyat hokimi bir qator tumanlarga tashrif buyurdi.

8 yanvar 2021, 09:22

Xorazmda gaz portlashi oqibatida voyaga yetmagan qiz vafot etdi

Xorazm viloyatida uyning devorlari va tomining qulashiga olib kelgan gaz portlashi yuz berdi. Hodisa oqibatida voyaga yetmagan qiz vafot etgan, otasi kuyish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.

14 dekabr 2020, 15:54

Muzlagan yo‘llar sabab Qamchiq dovonida 13 ta avtomashina YTHga uchradi

Qamchiq dovonida muzlagan yo‘llar sababli 13 ta avtotransport vositalari YTHga uchradi. Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

30 noyabr 2020, 11:01

Yangiyo‘lda gaz portlashi oqibatida yong‘in kelib chiqdi, ikki kishi vafot etdi (to‘ldirildi)

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi uylarning birida gaz portlari oqibatida yong‘in kelib chiqdi. Uyning bir qismiga zarar yetdi, ikki kishi vafot etdi, yana ikki kishi jarohatlandi.

27 noyabr 2020, 15:49

Toshkentdagi Techno Continental korxonasida yong‘in yuz berdi

Toshkent shahri Yashnaobod tumanida joylashgan «Texnokontinental» MCHJ korxonasidagi ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan siqilgan gazning sizib chiqishi natijasida yong‘in yuzaga keldi. Korxona xodimlaridan bir guruhi termik jarohat olgan. Hodisa ro‘y bergan joyda vaziyatni o‘rganish uchun respublika ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda.

24 noyabr 2020, 12:33

Toshkent shahrida avtobus yonib ketdi

Toshkent kichik halqa yo‘lida avtobus yonib ketdi. Voqea joyiga 4 daqiqadan so‘ng Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib kelishdi va yong‘in bartaraf etildi. Jabrlanganlar yo‘q.

4 noyabr 2020, 17:28

Tashkent City hududida qurilayotgan binolarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Tashkent City hududida qurilayotgan binolarning birida qurilish jihozlari saqlanayotgan maydonda yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisadan jarohat olgan yoki vafot etganlar yo‘q.

17 sentabr 2020, 13:10

Toshkentdagi ikkita kafeda deyarli bir vaqtda yong‘in sodir bo‘ldi

17 sentyabr kuni ertalab Toshkentning Mirobod va Chilonzor tumanlaridagi ikkita kafeda deyarli bir vaqtda yong‘in chiqdi.

14 sentabr 2020, 14:45

FVVning ikki xodimi koronavirus asoratlaridan vafot etdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi ikki nafar xodim koronavirus asoratlaridan vafot etdi. Qo‘shko‘pir tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i mayor D.Jabbarov 12 sentyabr kuni, Qo‘ng‘irot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik K.Akimov 14 sentyabr kuni olamdan o‘tgan.

10 sentabr 2020, 12:00

Qozog‘istonda FVV va ikkita yangi agentlik tashkil etildi

Qozog‘istonda Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda davlat rahbariga bo‘ysunuvchi ikkita yangi agentlik (Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi hamda Raqobatni himoya qilish va rivojlantirish agentligi) tashkil etildi.

25 avgust 2020, 13:29

FVV aholini sel kelishi xavfidan ogohlantirdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi 26−27- avgust kunlari tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfidan ogohlantirdi.

22 iyul 2020, 18:13

Toshkentdagi Jomiy bozori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi — video

Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan Jomiy bozori yaqinidagi bir nechta qurilish do‘konlarida yong‘in kelib chiqdi. Alanga 200 kv m maydondagi inshoot va mulklarga zarar yetkazdi.

21 iyul 2020, 11:44

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston hududida kuchsiz zilzila qayd etildi. Yer osti silkinishlari o‘chog‘i Qirg‘izistonda joylashgan bo‘lib, zilzila Farg‘onada 4 ball bilan sezildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting