«fotovideofiksatsiya» tegli maqolalar


Qoidabuzarlarni tasvirga olayotganlar sotqinmi yoki yo‘q — Adliya vazirligi Kusherbayevga javob qaytardi
17 mart 2021, 09:28 1

Qoidabuzarlarni tasvirga olayotganlar sotqinmi yoki yo‘q — Adliya vazirligi Kusherbayevga javob qaytardi

Adliya vazirligi mutaxassisi qoidabuzar haydovchilarni tasvirga olib, pul ishlayotganlarni vatanni ham sotishga tayyorlikda ayblagan Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning mulohazalariga javob qaytardi. «Huquqbuzarlikning oldini oluvchilarga „sotqin“ deya tamg‘a bosiladigan bo‘lsa, men ularga qarshi „sotqin“ bo‘lishga tayyorman va bundan g‘ururlanaman», — dedi Adliya vazirligining Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat boshqarmasi boshlig‘i Shoxidaxon Yuldasheva

«Sotqinlarni yetishtirib chiqarayotganga o‘xshab qolayapti» — Rasul Kusherbayev qoidabuzarlikni suratga olish haqida
16 mart 2021, 09:34

«Sotqinlarni yetishtirib chiqarayotganga o‘xshab qolayapti» — Rasul Kusherbayev qoidabuzarlikni suratga olish haqida

Quyi palata deputati ko‘chalarda odamlarning qoidabuzarliklarni telefonga suratga olishi va buning evaziga rag‘batlantirilishi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. «Ularga 10−15 ming so‘m berayaptimi, ertaga 100 ming so‘m berib, vataningni sot, desa ham sotvorishga tayyorlar ko‘p ekan. Bu juda yomon», — dedi u. Kusherbayev qoidabuzarlarni aniqlashdan oldin infratuzilmani yaxshilab qo‘yishga kerakligini qo‘shimcha qildi.

Tadbirkorlarga yo‘llarda foto va video registratorlar o‘rnatishga ruxsat berildi — prezident qarori
9 dekabr 2020, 13:16

Tadbirkorlarga yo‘llarda foto va video registratorlar o‘rnatishga ruxsat berildi — prezident qarori

Tadbirkorlarga 2021 yil 1 martdan boshlab avtomobil yo‘llarida foto va video fiksatsiya vositalarini o‘rnatishga ruxsat beriladi. 2021−2022 yillarda respublika bo‘yicha jami 3356 ta intellektual videokameralar va 763 ta statsionar radarlar, jumladan, Toshkent shahrida jami 2574 ta foto va video registratorlar o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Farg‘onada niqob taqmagan shaxslar kamera orqali aniqlanadi
15 oktabr 2020, 17:00

Farg‘onada niqob taqmagan shaxslar kamera orqali aniqlanadi

Farg‘ona viloyatida 17 oktyabrdan niqob taqmagan shaxslar kamera orqali aniqlanadi. Ushbu shaxslarga nisbatan bayonnoma tuzilib, jarima pochta orqali jo‘natiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting