Fitch Ratings O‘zbekiston kredit reytingini oshirishning asosiy omili sifatida boshqaruv standartlarini takomillashtirish va tuzilmaviy islohotlarni qayd etdi. Agentlik institutlar mustaqilligi va byurokratik apparatni qisqartirish muhimligini ta’kidladi.
Fitch Ratings 2022-yilda O‘zbekistonning real iqtisodiy o‘sish sur’ati kutilmasini 5,1 foizga oshirdi. Prognozlarga ko‘ra, joriy yilda inflyatsiya darajasi o‘rtacha 11,7% ni tashkil qiladi va 2024 yilga kelib 9,2% ga pasayadi. O‘zbekiston suveren kredit reytingi esa VV- (barqaror kutilma) darajada baholandi.
Fitch Ratings agentligi 2022-yilda O‘zbekistonning real iqtisodiy o‘sish sur’ati prognozini 3,1% gacha pasaytirdi. Prognozlarga ko‘ra, mamlakatda inflyatsiya darajasi 2022-yilda o‘rtacha 12,7% ni, 2023-yilda o‘rtacha 11,6% ni tashkil qilishi kutilmoqda. Agentlik O‘zbekiston suveren kredit reytingini BB- (barqaror kutilma) darajada baholagan.
Kreditlash hisobiga O‘zbekiston iqtisodiyotining yuqori o‘sish sur’atlari aktivlar sifatining yomonlashuvi va banklarning tashqi moliyalashtirish manbalariga qaramligining kuchayishi kabi risklarni keltirib chiqarishi mumkin, deyiladi Fitch Ratings agentligi hisobotida.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting