«farhod arziyev» tegli maqolalar


21 sentabr 2021, 13:49

Farhod Arziyev: Rossiya bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirish — O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri

Rossiya bilan yaqin sheriklik va do‘stlik aloqalarini rivojlantirish O‘zbekiston xalqaro hamkorligining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir, dedi mamlakat tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev Toshkentda o‘tkazilgan «Valday» klubi konferensiyasida.

26 avgust 2021, 16:52

O‘zbekiston orqali o‘tayotgan Afg‘oniston qochqinlari orasida terrorchilar borligi haqidagi xabarlarga izoh berildi

Senat yalpi majlisida O‘zbekiston orqali Yevropa va boshqa davlatlarga o‘tib ketayotgan Afg‘oniston qochqinlari orasida terrorchilar borligi haqidagi xabarlarga TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari munosabat bildirildi. «O‘zbekiston hududidan tranzit orqali o‘tib ketayotgan shaxslarning oldindan ro‘yxati bo‘ladi, ular tegishli filtrdan o‘tkaziladi. Bizning tegishli vakolatli organlarimiz tomonidan mamlakatimiz hududida qandaydir terrorchilar kirib kelishiga yo‘l qo‘yilmaydi», — dedi Farhod Arziyev.

26 avgust 2021, 12:49

«Afg‘onistonda barcha siyosiy kuchlarning manfaatini e’tiborga oladigan koalitsion hukumat shakllanishi tarafdorimiz» — TIV

Senatning yalpi majlisida Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev Afg‘oniston borasida O‘zbekistonning pozitsiyasini ma’lum qildi. «Eng avvalo biz Afg‘onistonda barcha siyosiy kuchlarni manfaatini e’tiborga oladigan, ularning o‘zaro tinchlik muzokaralari natijasida erishiladigan koalitsion hukumat shakllanishi tarafdorimiz», — dedi u.

25 avgust 2021, 15:59

Afg‘onistonda saylov uchastkalarini ochish ko‘zda tutilgan — TIV

Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyevning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston o‘zining Afg‘onistondagi diplomatik vakolatxonalarida prezident saylovi davrida saylov uchastkalarini ochishni rejalashtirilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting