«face id» tegli maqolalar


O‘zbekistonda yil oxirigacha Face ID orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi
27 may 2024, 11:25

O‘zbekistonda yil oxirigacha Face ID orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi

2024-yil yakuniga qadar fuqarolar shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face ID) orqali davlat xizmatlarini olishi mumkin bo‘ladi. Bunda foydalanuvchilar shaxsni tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatishi shart emas.

Toshkent metrosida Face ID orqali to‘lash tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda
22 sentabr 2023, 11:36

Toshkent metrosida Face ID orqali to‘lash tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda

Toshkent metropolitenining Buyuk ipak yo‘li bekatida yuzni skaner qilish (Face ID) orqali yo‘lkirani to‘lash tizimi ishga tushdi. Undan foydalanish uchun ATTO ilovasida yuzni skanerlab, ro‘yxatdan o‘tish kerak. Sinov muvaffaqiyatli o‘tsa, boshqa bekatlarda ham bu tizim paydo bo‘ladi.

«Tashabbusli budjet»da Face ID va koeffitsiyentlarni joriy etish nazarda tutilmagan — Sherzod Kudbiyev
27 mart 2023, 12:48

«Tashabbusli budjet»da Face ID va koeffitsiyentlarni joriy etish nazarda tutilmagan — Sherzod Kudbiyev

Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati «Tashabbusli budjet»da Face ID tizimi va ko‘paytirish koeffitsiyentlarini joriy etish rejasi haqida xabar bergandi. Vazir Sherzod Kudbiyev o‘z xodimlarini «salgina noprofessional sharh berganlikda» ayblab, hozircha bunday o‘zgarishlar nazarda tutilmaganini bildirdi.

«Tashabbusli budjet» loyihasiga Face ID orqali ovoz berish tizimi joriy etiladi
25 mart 2023, 15:42

«Tashabbusli budjet» loyihasiga Face ID orqali ovoz berish tizimi joriy etiladi

«Tashabbusli budjet» loyihasida barcha mahallalar uchun teng imkoniyat yaratish maqsadida Face ID orqali ovoz berish tizimi joriy etiladi. U SMS orqali berilgan 5−10 ovozga tenglashtiriladi. Qolaversa, kam aholili mahalla loyihalari uchun ko‘paytirish koeffitsiyenti qo‘llash amaliyoti ko‘rib chiqiladi.

O‘quvchilarni maktabda bo‘lish vaqti Face ID tizimi orqali nazorat qilinadi
6 may 2021, 10:16

O‘quvchilarni maktabda bo‘lish vaqti Face ID tizimi orqali nazorat qilinadi

Respublika bo‘ylab barcha maktablarda o‘quvchilarning muassasada bo‘lish vaqti Face ID tizimi orqali nazorat qilinishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, sinf xonalariga ovozli kameralar o‘rnatish va ularni ichki ishlar organlari tomonidan nazorat qilinishini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovning fikriga ko‘ra, o‘quvchilar kameralar ostida fikrlashga majburlansa, bu mamlakatni to‘laqonli totalitar davlatga aylanishi uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting