«evakuatsiya» tegli maqolalar


26 fevral 2022, 23:02

Ukrainadagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish boshlandi (video)

Ukrainada 90 nafardan ziyod O‘zbekiston fuqarolaridan iborat birinchi evakuatsiya guruhi Polsha chegarasiga qarab yo‘lga chiqdi.

25 yanvar 2022, 17:55

Metrodan 415 nafar yo‘lovchi evakuatsiya qilindi

FVV qutqaruvchilari poytaxt metropolitenidan 415 nafar yo‘lovchini evakuatsiya qildi. Pop tumanidagi temiryo‘lda yuk poyezdi to‘xtab qolganligi qolganligi uchun undan 40 km uzoqlikda yo‘lovchi poyezd ham to‘xtab qolgan.

25 yanvar 2022, 14:14

Qutqaruvchilar osma yo‘llardan 80 kishini olib tushdi

Qutqaruvchilar Chimyon va Bildirsoyda elektr energiyasi uzilgan vaqtda osma yo‘llarda qolib ketgan 80 kishini evakuatsiya qildi. Amirsoy kurortida esa elektr tezda qayta tiklangani uchun FVV yordamiga ehtiyoj qolmagan.

7 sentabr 2021, 17:35

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya TIV rahbarlari Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishdi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishdi. Britaniya vaziri Dominik Raab o‘tgan hafta evakuatsiya bo‘yicha strategiya yo‘qligi uchun tanqid qilingandi, unga o‘rnak sifatida Germaniya fuqarolarini evakuatsiya qilish vaqtida Toshkentga shaxsan tashrif buyurgan TIV rahbari ko‘rsatilgan edi.

27 avgust 2021, 15:07

Germaniya Afg‘onistondan evakuatsiyani yakunladi

Germaniya Mudofaa vazirligi Afg‘onistondan evakuatsiya jarayonlarini yakunladi. 26 avgustda bundesverning oxirgi samolyotlari Kobuldan Toshkentga uchdi, u yerga mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer ham keldi. U «juda keskin vaziyatda» O‘zbekiston yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.

22 avgust 2021, 13:31

Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi noma’lum muddatga viza bo‘limini yopdi

Tashqi siyosiy vaziyat tufayli Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi viza bo‘limi noma’lum muddatgacha yopiq bo‘ladi.

21 avgust 2021, 14:33

Afg‘onistonlik ayol O‘zbekiston orqali evakuatsiya vaqtida o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi

Afg‘onistonlik homilador ayol O‘zbekiston orqali evakuatsiya vaqtida Toshkentdagi tug‘ruqxonada o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi.

20 avgust 2021, 21:46

O‘zbekiston orqali Afg‘onistondan qariyb 2000 chet el fuqarosi evakuatsiya qilindi

Oxirgi bir necha kunda O‘zbekiston hududi orqali Afg‘onistondan qariyb 2000 nafar chet davlatlar fuqarolari evakuatsiya qilindi, deya xabar berdi TIV.

19 avgust 2021, 20:32

Polsha Kobuldan 50 kishini Navoiy orqali evakuatsiya qildi

Polsha harbiy samolyoti Afg‘onistondan 50 kishini Navoiy aeroportiga evakuatsiya qildi. Ular shu yerdan Polshaga jo‘natildi.

19 avgust 2021, 14:19

Uzbekistan Airways Afg‘onistondan evakuatsiya qilinganlarni Germaniyaga yetkazdi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyoti avvalroq Afg‘onistondan evakuatsiya qilingan kishilarni Toshkentdan Frankfurt-Maynga yetkazib qo‘ydi. Samolyot O‘zbekiston hukumati tomonidan Germaniyaning mamlakatdagi elchixonasi so‘roviga ko‘ra taqdim etildi.

18 avgust 2021, 00:37

O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari Afg‘onistondan fuqarolar evakuatsiyasini muhokama qildilar

Shavkat Mirziyoyev va Frank-Valter Shtaynmayer fuqarolarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishdagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar. Seshanba kuni 125 yo‘lovchisi bo‘lgan evakuatsiya samolyoti Kobuldan Toshkentga uchib keldi. Ular shu yerdan Germaniyaga jo‘natiladi. GFR mudofaa vaziri ko‘proq odamni evakuatsiya qilish uchun Toshkent va Kobul o‘rtasida havo ko‘prigini qurish rejalari haqida ma’lum qildi.

17 avgust 2021, 16:51

Amerika samolyoti bir reysda 640ga yaqin afg‘onistonlikni evakuatsiya qildi

Yakshanba kuni kechqurun Amerika harbiy-havo kuchlarining Boeing C-17 Globemaster III rusumli harbiy-transport samolyoti Kobuldan 640 nafarga yaqin afg‘onlarni evakuatsiya qildi. Barcha qochqinlar samolyot poliga joylashtirilgan hamda ular sog‘-salomat Qatardagi aviabazaga yetib borishgan.

9 may 2021, 09:00

Foto: Urush yillarida bolalarning O‘zbekistonga evakuatsiya qilinishi

Ikkinchi jahon urushi vaqtida O‘zbekistonga 1,5 milliondan ortiq kishi evakuatsiya qilindi. Ulardan 250 ming nafari bolalar edi. Toshkentdagi Shon-Sharaf muzeyining Ikkinchi jahon urushi bo‘limi va O‘zbekiston kinofotofonohujjatlar Milliy arxivi “Gazeta.uz” so‘roviga binoan urush yillarida bolalarning evakuatsiyasi aks etgan fotosuratlarni taqdim etishdi.

28 avgust 2020, 23:07

O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun Rossiyaga har hafta poyezd jo‘natiladi

Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun 28 avgustdan har hafta temir yo‘l reyslari tashkil etiladi. Poyezdlar Yekaterinburg, Rostov-Don, Novosibirsk va Samaradan qatnovlarni amalga oshiradi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting