Toshkentda Hastimom-mahallaning Zarqaynar ko‘chasi va unga yondosh berk ko‘chalarda kommunikatsiya tarmoqlari yer ostiga o‘tkazilmoqda. Olmazor tumani hokimi mahalla ahli bilan uchrashuvda “bu ko‘chadagi uylar endi buzilmasligi"ni aytgan. Aholi bu ishlar “ko‘zga ko‘rinarli joy"lar bilan cheklanib qolishidan xavotirda.
Eski shaharning “Xast Imom” mahallasi poytaxtdagi eng ko‘hna uylar joylashgan hududlardan. Bu yerda somon-suvoq uylarni, ba’zi xonadonlarda cho‘yan pechlarni uchratish mumkin. Sovuqlar boshlangach, “Xast Imom"da gaz bosimi pasaydi. Aholi qahratonni qanday o‘tkazyapti — Madina A’zamning fotoreportaji shu haqda.
Toshkentdagi eski shaharda joylangan «Matkarimboy» madrasasi va «Hast Imom» mahallasidagi sobiq bolalar bog‘chasi binosida art-rezidensiyalar tashkil etiladi. Loyihani Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Alisher Usmonov nomidagi jamg‘arma ko‘magida amalga oshirmoqda.
Prezidentga Toshkentning Eski shahar hududidagi Zarqaynar ko‘chasini ta’mirlash loyihasi taqdimot qilindi. U yerda «Eski shahar ruhini saqlab qolgan holda» turistik markaz tashkil etish rejalashtirilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting