«erkinjon turdimov» tegli maqolalar


Erkinjon Turdimovga Sog‘liqni saqlash a’lochisi ko‘krak nishoni topshirildi
12 noyabr 2022, 10:55

Erkinjon Turdimovga Sog‘liqni saqlash a’lochisi ko‘krak nishoni topshirildi

Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovni «O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.

Foto: Prezident Imom Buxoriy va Islom Karimov qabrini ziyorat qildi
10 fevral 2022, 15:52

Foto: Prezident Imom Buxoriy va Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Samarqandga tashrifi chog‘ida Shavkat Mirziyoyev an’anaga ko‘ra, Imom Buxoriy va Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Unga muftiy Nuriddin Xoliqnazarov hamda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov hamrohlik qildi. Qolaversa, davlat rahbari Imom Buxoriy majmuasi qurilishi bilan ham tanishdi. Bu yerda qariyb 10 ming kishilik masjid, 4ta minora, ayvonlar, yerostida galereyasi barpo etilmoqda.

“Hokim buva, meni xijolat qilyapsiz”. Samarqand viloyati hokimi ishtixonlik fuqaroga yordam berdi
13 sentabr 2021, 10:12

“Hokim buva, meni xijolat qilyapsiz”. Samarqand viloyati hokimi ishtixonlik fuqaroga yordam berdi

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Ishtixon tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda fuqaro Oybek Madatovning murojaatini eshitdi. Hokim unga nogironlik aravachasi va sigir berdi, shuningdek, poyabzal ustaxonasi qurib berishga va uyini ta’mirlash bo‘yicha topshiriq berdi. Viloyat hokimi Oybek Madatovni uylantirish bo‘yicha ham ko‘rsatma berdi. Oradan 5 kun o‘tib bularning barchasi amalga oshdi.

Samarqandni bir millionli shahar qilib, uning tarkibida beshta tuman qilmoqchimiz — Erkinjon Turdimov
2 aprel 2021, 14:35

Samarqandni bir millionli shahar qilib, uning tarkibida beshta tuman qilmoqchimiz — Erkinjon Turdimov

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand 2021 yil oxiriga qadar aholisi bir milliondan oshadigan shaharga aylanishini ma’lum qildi. Hokim «millioner shahar"larning o‘z statusi borligini, buning ahamiyatiga ham to‘xtalib, O‘zbekistondan aholisi ikki barobar kam bo‘lgan Qozog‘istonda uchta «millionli» shahar borligini misol qilib keltirdi.

Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov sog‘ligini tiklash uchun qisqa muddatli ta’tilga chiqdi
12 yanvar 2021, 11:05 2

Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov sog‘ligini tiklash uchun qisqa muddatli ta’tilga chiqdi

Qon bosimi ko‘tarilganligi bois, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov o‘z sog‘ligini tiklash maqsadida qisqa muddatli davolanish ta’tiliga chiqdi.

Samarqand viloyati hokimi «Avtomashinasiz 10 kun» aksiyasini o‘tkazishni taklif qildi
9 noyabr 2020, 21:56

Samarqand viloyati hokimi «Avtomashinasiz 10 kun» aksiyasini o‘tkazishni taklif qildi

Samarqand viloyatida «Avtomashinasiz 10 kun» aksiyasini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov taklifiga binoan 11 noyabrdan 21 noyabrgacha hokimlardan tortib, byudjet tashkilotlari rahbar va xodimlari ishga piyoda borib keladi. Velosiped yoki jamoat transportidan ham foydalanish mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting