«energoresurslar» tegli maqolalar


1-maydan elektr va gaz uchun tariflar oshiriladi, ijtimoiy norma joriy etiladi
16 aprel 2024, 16:11

1-maydan elektr va gaz uchun tariflar oshiriladi, ijtimoiy norma joriy etiladi

O‘zbekistonda 1-maydan elektr energiyasi va gaz uchun to‘lovlar miqdori oshiriladi (2019-yil avgustidan buyon ilk marta). Shuningdek, energoresurslar iste’moli bo‘yicha ijtimoiy norma joriy etiladi.

“Buni bajarolmasak, ishlashga noloyiqmiz”. Energetika vaziri — 2024-yildan energoresurslarga bo‘lgan ichki talabni 100 foiz qondirish vazifasi haqida
21 dekabr 2023, 11:06

“Buni bajarolmasak, ishlashga noloyiqmiz”. Energetika vaziri — 2024-yildan energoresurslarga bo‘lgan ichki talabni 100 foiz qondirish vazifasi haqida

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov YouTube`dagi “O‘zi nima gap?” loyihasiga bergan intervyusida 2024-yildan energoresurslarga bo‘lgan ichki ehtiyojni 100 foiz qoplash vazifasi qo‘yilganini bildirdi. “Agar buni bajarolmasak, nafaqat men, balki tizimdagi barcha mas’ullar ishlashga noloyiqmiz”, — dedi u.

Gaz qazib olish o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan pastligicha qolmoqda, oy davomida elektr ishlab chiqarish kamaygan
21 iyul 2023, 15:01

Gaz qazib olish o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan pastligicha qolmoqda, oy davomida elektr ishlab chiqarish kamaygan

Yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,6 foizga yoki 2,51 mlrd kub metrga qisqardi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish esa o‘sdi, lekin iyun oyida pasayish qayd etildi. Neft ishlab chiqarish pasayishda davom etmoqda, benzin ishlab chiqarish keskin oshgan.

O‘zbekistonda gaz qazib olish pasayishda davom etmoqda, elektr ishlab chiqarish esa rekord darajada o‘sdi
21 iyun 2023, 17:58

O‘zbekistonda gaz qazib olish pasayishda davom etmoqda, elektr ishlab chiqarish esa rekord darajada o‘sdi

O‘zbekistonda 5 oy davomida gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,8 foizga kamaydi. Ko‘rsatkich ketma-ket ikkinchi oy pasaymoqda — may oyida u 11,2 foizga kamaygandi. May oyidagi elektr energiyasi ishlab chiqarish rekord darajadagi o‘sishni qayd etdi.

Yanvardagi “blekaut” sababli iste’molchilarga 5,7 mlrd so‘m qaytarildi
24 may 2022, 12:27

Yanvardagi “blekaut” sababli iste’molchilarga 5,7 mlrd so‘m qaytarildi

25−27 yanvar kunlari butun O‘zbekistonda kuzatilgan energotizimdagi uzilishlar oqibatida “Toshissiqquvvati” korxonasi aholiga belgilangan normada issiqlik energiyasi yetkazib bermaganligi aniqlandi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi Toshkent bo‘yicha 4,5 mlrd so‘m, 9 ta hudud bo‘yicha esa 1,222 mlrd so‘m mablag‘ni iste’molchilarga qaytarishga erishdi.

O‘zbekistonda gaz va elektr energiya uchun «ijtimoiy norma» joriy etiladi
18 may 2022, 19:03

O‘zbekistonda gaz va elektr energiya uchun «ijtimoiy norma» joriy etiladi

Yaqin kunlarda energetika sohasini isloh qilish bo‘yicha hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi, deyiladi Iqtisodiy taraqqiyot, Moliya va Energetika vazirliklari qo‘shma bayonotida. 2021 yilni O‘ztransgaz — 2,5 trln so‘m, Milliy elektr tarmoqlari — 2,1 trln so‘m zarar bilan yakunlagan, subsidiyalash siyosati esa yetarli samarani bermayapti. Energoresurslar bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlarni yaratish uchun esa 25 mlrd dollar zarur. Shundan kelib chiqib, energoresurslar narxini erkinlashtirish hamda «ijtimoiy norma» tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

«Eng katta qo‘rqqanim Sirdaryo IES yonib ketmasin dedim». Shavkat Mirziyoyev — energotizimdagi muammo haqida
29 yanvar 2022, 22:06

«Eng katta qo‘rqqanim Sirdaryo IES yonib ketmasin dedim». Shavkat Mirziyoyev — energotizimdagi muammo haqida

Prezident seshanba kuni kuzatilgan energotizimdagi nosozlik haqida fikr bildirar ekan, aynan nimadan ko‘proq qo‘rqqanini ma’lum qildi. «Eng katta qo‘rqqanim Sirdaryo IES yonib ketmasin dedim. 1982 yo 1983 yil Sirdaryoda oltita stansiya ham yonib ketgan», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Qolaversa, u tizimdagi rahbarlarga har daqiqada aholini vaziyatdan xabardor qilish bo‘yicha topshiriq berganini ta’kidladi.

«Odamlar svet bo‘yicha, ayniqsa gaz bo‘yicha bizdan juda norozi» — prezident
10 avgust 2021, 00:09

«Odamlar svet bo‘yicha, ayniqsa gaz bo‘yicha bizdan juda norozi» — prezident

Shavkat Mirziyoyev joriy yilda O‘zbekiston 917 million kub metr gaz import qilganligini ma’lum qildi. «Bu juda katta raqam. Ikkinchidan, biz valyutaga import qilyapmiz. Kelajakda nima bo‘ladi?», — dedi u. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, neft va gaz sohasi uchun so‘nggi uch yilda ajratilgan 1,4 mlrd dollar o‘z natijasini bermayapti.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting