«eksport» tegli maqolalar


23 noyabr 2020, 13:34

O‘zbekiston eksportining 43 foizini oltin tashkil qildi

Yanvar-oktyabr oylari davomida O‘zbekiston 5,8 mlrd dollarlik hajmda oltin eksport qilgan. Bu 10 oy davomida amalga oshirilgan tashqi savdo aylanmasining 43,5 foizini tashkil qiladi. So‘nggi ikki oy davomida O‘zbekiston oltin eksport qilmagan.

11 noyabr 2020, 16:24

10 oy davomida O‘zbekistondan 119,4 mingta televizor eksport qilindi

Joriy yilning 10 oy davomida 13,8 mln dollarlik 119,4 mingta televizor va 5,2 million dollarlik 32,4 mingta muzlatkich eksport qilindi. Bu yildan Gruziya va Turkiyaga ham ushbu mahsulotlar eksporti yo‘lga qo‘yildi.

30 oktabr 2020, 14:19

O‘zbekiston oltin sotish bo‘yicha yana yetakchiga aylandi

O‘zbekiston iyul-sentyabr oylarida 35 tonna oltin sotib, bu borada dunyoda yetakchiga aylandi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Turkiya egallab turibdi.

22 oktabr 2020, 10:50

Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi

Prezident farmoni bilan Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi. Ijobiy kredit tarixiga ega eksportchilarga kredit bo‘yicha qarzdorligi bo‘lsa ham kompensatsiya va kafilliklar taqdim etiladi. Buning uchun Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga $100 mln ajratiladi.

15 oktabr 2020, 12:07

«Eksport kerak. Qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham mahsulotlarni jo‘natishimiz kerak» — prezident

Prezident eksport bo‘yicha tashabbus va takliflar yetishmayotgani uchun viloyatlar va tarmoqlar rahbarlarini tanqid qildi. «Uch oy vaqt qoldi yil yakunigacha. Eksport kerak. Qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham mahsulotlarni jo‘natishimiz kerak», — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

21 sentabr 2020, 12:00

O‘zbekiston avgust oyida rekord darajada oltin sotdi

O‘zbekiston yanvar-avgust davri davomida 5,8 mlrd dollarga, avgust oyining o‘zida esa 2,5 mlrd dollardan ziyod summaga teng bo‘lgan miqdorda oltin eksport qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 147,2% ni tashkil etib, 1,8 mlrd dollarga ko‘proq. Oltin eksporti jami eksport ulushining 50% ni tashkil etoqda.

7 sentabr 2020, 17:33

O‘zbekiston iyul oyida oltin sotish bo‘yicha yetakchiga aylandi

O‘zbekiston iyul oyida 11,6 tonna oltin eksport qilib, dunyo mamlakatlari orasida oltin sotish bo‘yicha mutlaq yetakchiga aylandi.

16 iyul 2020, 22:53

Rossiyaga gaz eksporti to‘xtatildi, Xitoyga eksport uch baravar qisqardi

Koronavirus pandemiyasining tashqi bozorlarga ta’siri sababli, O‘zbekistonda olinadigan tabiiy gazning Xitoyga eksporti 3 baravarga qisqardi, Rossiyaga eksport to‘xtatildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting