24 fevraldan Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatovning vazifasini bajarish vaqtincha hokim o‘rinbosari Jur’atbek Raxmonov zimmasiga yuklatildi. Bunga hokimning sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Nurafshonda yodgorlik majmuasi va yangi zamonaviy kutubxona qurilishi to‘g‘risidagi farmoyish bekor qilinmagani, aksincha, kreditor qarzdorlikni yopish maqsadida kechiktirilgani ma’lum qilindi. Biroq, viloyatning yangi hokimi Zoyir Mirzayev imzolagan farmoyishda sobiq hokimning qarorini bekor qilish haqida so‘z borgan edi.
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining oldingi xokimi imzolagan Nurafshon shahrida umumiy qiymati 34,4 mlrd so‘m bo‘lgan yodgorlik majmui va kutubxona qurish to‘g‘risidagi qarorni bekor qildi. Ushbu mablag‘lar muhtojlarga yordam berish va boshqa maqsadlarga sarflanadi.
Toshkent viloyati sobiq hokimi Davron Xidoyatov Chirchiq shahri hokimi etib tayinlandi.
Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Zoyir Mirzayev viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov prezidentga taqdim etilgan, biroq IKEA tomonidan rad etilgan mebel fabrikasi qurilishi loyihasi tadbirkorlar tomonidan taklif sifatida aytilganini ma’lum qildi. IKEA kompaniyasining Turkiyadagi vakolatxonasi bilan muzokaralar olib borilgan va tomonlar dastlabki kelishuvga erishgani bois taqdimotga kiritilgan.
Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov mutloq ko‘pchilik ovoz bilan Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi. Avvalroq Adliya vaziri Ruslanbek Davletov nima uchun hokimlar Senat a’zosi etib saylanishi mumkinligini tushuntirgan edi.
Prezident raisligida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda davlat rahbari viloyatning sobiq hokimi Rustam Xolmatovning ishdan ketish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. «Rustam Xolmatov o‘zi ariza yozdi, hech kim unga ket degani yo‘q», — dedi u. Bundan tashqari, prezident hozirga qadar hech kim shahar yoki tuman hokimi o‘zi ariza yozmaganini qayd etdi.
Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov bir hafta ichida viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari elektron hujjat aylanish tizimiga to‘liq o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, ikki yil ichida viloyatda bog‘cha yoshidagi bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 100 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan. Hokimlikdagi yig‘ilish davomida Davron Hidoyatov viloyatdagi muammolar va ularni yechish bo‘yicha vazifalarga batafsil to‘xtaldi.
Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov prezident farmoni bilan ishdan olindi. Uning o‘rniga Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan Davron Hidoyatov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Oldinroq prezident bitta hokim va vazir ishdan olinishini e’lon qilgandi. «Sadoqatli odam, lekin ishni bajara olmayapti. Aravani tortmayapti», — degandi prezident ishdan ketadigan hokim haqida gapirib.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting