«davlat test markazi» tegli maqolalar


Kecha, 20:29

Abituriyentlarning qariyb 36 foizi o‘tish bahosini to‘play olmagan

2021 yilda qariyb 893 ming abituriyent OTMlarga imtihon topshirdi, ulardan 319 ming nafari (36% ga yaqini) 56,7 ball to‘play olmadi. Eng yomon ko‘rsatkichlar Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida qayd etildi.

6 avgust 2021, 18:31

Test materiallari surati internetda tarqalgan abituriyentlar imtihondan chetlatilmoqda — DTM

Davlat test markazi ijtimoiy tarmoqlarda suratlari tarqalgan test materiallariga taalluqli bo‘lgan abituriyentlarni test sinovidan chetlashtirmoqda. 6 avgust kuni bunday holatlar Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatlarida aniqlandi. Shuningdek, DTM surati tarqalgan ayrim test topshiriqlari kitobi joriy imtihonlarga tegishli emasligini qayd etdi.

5 avgust 2021, 17:09

DTM internetda tarqalgan test materiallari bo‘yicha izoh berdi

Davlat test markazi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan test materiallaridan faqatgina biologiya faniga oid topshiriqlar Namangan viloyatida abituriyent tomonidan suratga olingani va u dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirilganini ma’lum qildi.

4 avgust 2021, 20:38

OTMlarga 950 mingga yaqin abituriyent hujjat topshirdi

O‘zbekistonda qariyb 950 ming nafar abituriyent oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirdi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 535 ming kishi yoki 36,1 foizga kam. Hujjat topshirganlarning 46 foizi sirtqi ta’limga hujjat topshirgan.

29 iyul 2021, 18:43

Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish 1 avgustdan boshlanadi

OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish onlayn ro‘yxatdan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi"ni berish 1 avgust sanasidan boshlanadi.

27 iyul 2021, 17:25

OTMlarga kirish imtihonlari 5 avgustdan boshlanadi. Savollar soni qisqartirildi

OTMlarga kirish test sinovlari 5-avgustdan boshlanadi. Test sinovlari qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi. Shuningdek, test savollari qisqartirilib, majburiy fanlardan ular 10 tadan bo‘ladi.

25 iyun 2021, 11:35

Kirish imtihonlariga 30 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanadi

Davlat test markazi rahbari Majid Karimov kirish imtihonlari xarajatlari 30 mlrd so‘mdan oshishini ma’lum qildi. Moddiy-texnik baza uchun sarflanadigan xarajatlar bunga kirmasligi aytildi. Karimovning so‘zlariga ko‘ra, DTMga o‘tgan yilgi qabul jarayonlarida 90 mlrd so‘m atrofida pul tushgan.

1 iyun 2021, 13:53

O‘zbekistonda kelgusida OTMlarga kirish imtihonlari bekor qilinishi mumkin

DTM bosh boshqarmasi boshlig‘i Farhod Mirzayev O‘zbekistonda kelgusida OTMlarga kirish imtihonlari bekor qilinishi mumkinligini ma’lum qildi. Kirish imtihonlaridan voz kechilsa, abituriyenlar maktab imtihonlari natijalariga asosan OTMga qabul qilinadi. Shuningdek, 2021−22 o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlarini 2 ta ssenariy — yopiq va ochiq maydonlarda o‘tkazish kelishib olingan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting