«davlat aktivlarini boshqarish agentligi» tegli maqolalar


Toshkent shahridagi harbiy shaharcha auksion orqali 266,4 mlrd so‘mga sotildi
13 dekabr 2021, 16:10

Toshkent shahridagi harbiy shaharcha auksion orqali 266,4 mlrd so‘mga sotildi

Chilonzor tumanidagi boshlang‘ich narxi 204 mlrd so‘mga baholangan harbiy shaharcha onlayn savdo orqali 266,4 mlrd so‘mga sotildi. Auksionda 2 dekabr kuni tashkil etilgan «Do'mbrobod city group» kompaniyasi g‘olib bo‘lgan.

Respublika bo‘ylab 60 dan ortiq bozor va majmualarning xususiylashtirilishi kutilmoqda
2 noyabr 2021, 17:21

Respublika bo‘ylab 60 dan ortiq bozor va majmualarning xususiylashtirilishi kutilmoqda

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 60 dan ortiq bozor va savdo majmualarida davlat ulushlarini sotish bo‘yicha hukumat qarori loyihasini e’lon qildi. Ular orasida Toshkentdagi Mirobod, Farhod, O‘rikzor va Oloy dehqon bozorlari, «Ippodrom» va «Bek to‘pi» savdo komplekslari mavjud. Qarorga ko‘ra, hokimlar boshchiligida hududiy komissiyalar tashkil etilib, bozorlardagi davlat ulushi hokimliklarga o‘tkazilishi kutilmoqda. Iqtisodchi Otabek Bakirov ushbu qaror loyihasini tanqid qildi.

Tashkent city bog‘ini xususiylashtirish rejalashtirilmoqda
16 oktabr 2021, 12:51 1

Tashkent city bog‘ini xususiylashtirish rejalashtirilmoqda

Davaktiv Tashkent city bog‘ini xususiylashtirishni rejalashtirmoqda. Bog‘ni xususiylashtirish va foydalanishga topshirish uchun «master reja»ni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan kompaniyani tanlab olish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi.

«Chorvoq oromgohi» yaxlit mulk sifatida sotuvga qo‘yildi
7 oktabr 2021, 12:59

«Chorvoq oromgohi» yaxlit mulk sifatida sotuvga qo‘yildi

«Chorvoq oromgohi» maskanining 8 ta alohida lotlar bo‘yicha savdo jarayonlari to‘xtatildi va oromgoh yaxlit mulkiy majmua sifatida auksionga qo‘yildi. Xaridorga hududdagi mehmonxona va turizm infratuzilmasini saqlab qolish hamda Chorvoq oromgohining Germaniya kompaniyasi oldidagi 573 ming 568 yevro qarzini to‘lash talabi qo‘yilmoqda.

«Trest-12» davlat ulushini sotib olish uchun arizalar qabuli boshlandi
20 sentabr 2021, 18:22

«Trest-12» davlat ulushini sotib olish uchun arizalar qabuli boshlandi

«Trest-12» qurilish kompaniyasini xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. UzAssets investitsiya kompaniyasi «raqobatga asoslangan sotuv jarayoni orqali» «Trest-12» ustav kapitalidagi 51,12 foizlik aksiyalar paketi sotilishi haqida e’lon berdi.

Coca-Cola Uzbekistan davlat ulushini Coca-Cola İçecek sotib oladi
6 avgust 2021, 22:56

Coca-Cola Uzbekistan davlat ulushini Coca-Cola İçecek sotib oladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd ustav kapitalidagi 57,118% ulushini Turkiyaning Coca-Cola İçyecyek A.Ş. kompaniyalar guruhiga sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Hyatt Regency Tashkent, Premier Hall va boshqa davlat aktivlari sentyabrda savdoga qo‘yiladi
2 avgust 2021, 17:24

Hyatt Regency Tashkent, Premier Hall va boshqa davlat aktivlari sentyabrda savdoga qo‘yiladi

Sentyabrdan yana 12 ta davlat aktivi, jumladan «Toshkent» va Hyatt Regency Tashkent mehmonxonalari, Premier Hall kinozali, Matbuot uyi, «Chotqol» dam olish zonasi, ikkita kichik sanoat zonasi va boshqalarni savdoga chiqarish rejalashtirilmoqda.

Toshkent markazidagi Geologiya muzeyi binosi auksionga qo‘yildi
8 iyul 2021, 20:41

Toshkent markazidagi Geologiya muzeyi binosi auksionga qo‘yildi

Toshkent markazidagi Geologiya muzeyi binosi auksionga qo‘yildi. Obyektning boshlang‘ich narxi — 27,6 mlrd so‘m.

DXXning sobiq binosini TIV rahbari o‘g‘lining kompaniyasi sotib oldi
17 iyun 2021, 09:50

DXXning sobiq binosini TIV rahbari o‘g‘lining kompaniyasi sotib oldi

Tashqi ishlar vaziri o‘g‘li Doniyor Kamilov asoschisi sifatida ko‘rsatilgan Metropol Group kompaniyasi 210 mlrd so‘mga «Sayilgoh»da joylashgan Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq binosini xususiylashtirmoqda.

Coca-cola ichimligi Uzbekiston davlat ulushi sotilishining uchinchi bosqichi yakunlandi
7 iyun 2021, 10:38

Coca-cola ichimligi Uzbekiston davlat ulushi sotilishining uchinchi bosqichi yakunlandi

Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd MCHJ ustav kapitalidagi davlat ulushini sotish to‘g‘risidagi e’longa muvofiq, sotish jarayonining uchinchi bosqichi yakunlandi. Bugungi kunda, talabgorlardan Kompaniyani sotib olish bo‘yicha qat’iy narx takliflari va oldi-sotdi shartnomasi loyihasiga qo‘shimcha taklif hamda izohlari olindi.

«Poytaxt Bank» va «O‘zagroeksportbank» xususiylashtiriladi
21 may 2021, 12:51

«Poytaxt Bank» va «O‘zagroeksportbank» xususiylashtiriladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Poytaxt Bank» va «O‘zagroeksportbank» ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari sotilayotganini e’lon qildi. Xalqaro Deloitte va Grant Thornton konsalting kompaniyalari xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida tanlandi.

“Paxtakor”dan tashqari yana 12 ta futbol klubining ulushlari hokimliklar va davlat kompaniyalariga o‘tkazildi
20 may 2021, 17:28

“Paxtakor"dan tashqari yana 12 ta futbol klubining ulushlari hokimliklar va davlat kompaniyalariga o‘tkazildi

“Paxtakor” dan tashqari yana 8 ta Superliga va 4 ta Pro liga jamoalarining aksiyalari hokimliklar va davlat kompaniyalari ma’muriyatiga ularni keyinchalik sotish sharti bilan topshirildi. Toshkent shahar hokimligi endi “Bunyodkor"ning egasi va bosh homiysiga aylandi.

«Paxtakor» endi to‘liq Toshkent shahar hokimligiga tegishli. Klubga yangi homiylar kelishi aytilmoqda
10 may 2021, 18:30

«Paxtakor» endi to‘liq Toshkent shahar hokimligiga tegishli. Klubga yangi homiylar kelishi aytilmoqda

«Paxtakor» futbol klubi 2020 yilda eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat ishtirokidagi korxonalar o‘ntaligida 8-o‘rinni egalladi. Ijtimoiy tarmoqlarda jamoaning davlat byudjetidan pul olishi so‘raldi. Klub bergan bayonotda buni rad etib, «SFI Management Group» tomonidan moliylashtirilishini qayd etdi. 30 apreldagi hukumat qaroriga asosan jamoaning ulushlari to‘liq Toshkent shahar hokimligiga tegishli. Bu haqida batafsil Og‘abek Samisov maqolasida.

DXXning sobiq binosi, “Malika”, “Sijjak” va boshqa obyektlar sotuvga qo‘yildi
11 aprel 2021, 20:45

DXXning sobiq binosi, “Malika”, “Sijjak” va boshqa obyektlar sotuvga qo‘yildi

“Brodvey"dagi DXXning sobiq binosi, “Malika” bozori va boshqa obyektlar, shu jumladan birinchi prezidentning qizi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan “Sijjak” dam olish zonasini sotib olishga arizalar qabuli boshlandi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi taqdimnomalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilandi
15 yanvar 2021, 17:44

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi taqdimnomalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilandi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi taqdimnomalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Mazkur huquqbuzarlikni sodir etganlar BHMning 5 baravarigacha jarima to‘laydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting