«chilonzor tumani» tegli maqolalar


26 oktabr 2022, 16:58

G‘afur G‘ulom bog‘i nomi o‘zgarmaydi — Chilonzor tumani hokimligi

Chilonzor tumanida joylashgan G‘afur G‘ulom bog‘i «Dream Park» nomi bilan qayta ochilganidan so‘ng, uning nomlanishi muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tuman hokimi maslahatchisi Botir Rasulov bu borada jamoatchilik fikri ham e’tiborga olinishi va G‘afur G‘ulom nomidagi bog‘ bo‘lib qolishini ma’lum qildi.

22 avgust 2022, 21:19

Toshkentning Chilonzor tumaniga yangi hokim tayinlandi

Iqtisodiy taraqqiyot vazirining birinchi o‘rinbosari va Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan Saidqahhor Xolxo‘jayev poytaxtning Chilonzor tumani hokimi bo‘ldi. Shuningdek, yangi prokuror va tuman IIB boshlig‘i ham tayinlandi.

7 avgust 2022, 10:39

Chilonzor ko‘chasini toraytirishga qaror qilindi. «Gazeta.uz» loyihani aholi bilan muhokama qilishni taklif etadi

Toshkent hokimligi Chilonzor ko‘chasi loyihasini qayta ko‘rib chiqib, yo‘laklar sonini 6 tadan 4 taga qisqartirish, ortib qolgan joyni yashil hududga aylantirishga qaror qildi. «Gazeta.uz» shoshmaslik, mutaxassislarni jalb qilish va aholini tinglashni taklif qiladi.

6 avgust 2022, 22:51

Chilonzorda ko‘chani kengaytirish bahonasida 100 ga yaqin daraxtga shikast yetkazildi

Toshkentda ko‘chani kengaytirish va «obodonlashtirish» bo‘yicha qabul qilingan navbatdagi qaror natijasida 100 ga yaqin ko‘p yillik daraxtga zarar yetkazildi. Jamoatchilik noroziligidan so‘ng loyiha qayta ko‘rib chiqildi, ammo ba’zi daraxtlar qurib qolishi mumkin.

18 fevral 2022, 11:08

Poytaxtdagi Gagarin ko‘chasi va maydonini rekonstruksiya qilish boshlandi

Toshkentning Gagarin ko‘chasida ham rekonstruksiya ishlari boshlandi. Bu yerda allaqachon yo‘lak plitalari olib tashlangan, uylarning fasadlari yangilanadi, o‘rindiqlar o‘rnatilib, yangi yashil maydonlar barpo etiladi. Gagarin maydoni Madaniy meros agentligidan ruxsat olinganidan keyin ta’mirlanadi.

21 dekabr 2021, 18:02

Chilonzordagi «Shovotlandiya» kafesini yoqib yuborgan ikki fuqaro umrbod ozodlikdan mahrum etildi

Fevral oxirida Chilonzordagi «Shovotlandiya» kafesida yong‘in chiqib, buning oqibatida 5 kishi vafot etgandi. JIB Olmazor tuman sudi ushbu jinoyatni sodir etgan 36 va 26 yoshli shaxslarga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. «Gazeta.uz» jinoyat nima sababdan va qanday sodir etilganini ham aniqlashtirdi.

11 noyabr 2021, 10:13

Chilonzorda 10 noyabrgacha yopilgan yo‘l yana 5 kundan so‘ng ochiladi

Toshkent shahar hokimligi Chilonzor tumanidagi Mahmudjon G‘afurov ko‘chasida transport vositalarining harakatlanishi 10 noyabrgacha cheklangani haqida xabar bergandi. Hokimlikning ma’lum qilishicha, yo‘lda ta’mirlash ishlari yana 5 kun davom etadi.

4 oktabr 2021, 14:36

Chilonzorda yangi qurilayotgan uyda gaz portlashi tafsilotlari ma’lum qilindi

Toshkentning Chilonzor tumanidagi yangi qurilayotgan uyda gaz portlashi kvartiraning gaz ta’minoti tizimiga ruxsatsiz ulanishi oqibatida yuz berdi, deya ma’lum qildi «Hududgazta’minot». Aniqlik kiritilishicha, bino hali foydalanishga topshirilmagan.

4 oktabr 2021, 02:05

Chilonzordagi ko‘p qavatli uyda gaz portlashi sodir bo‘ldi

Toshkentning Chilonzor tumanidagi yetti qavatli yangi uyda gaz portlashi sodir bo‘ldi. Uyda yashovchilar jabrlanmadi, bir nechta kvartiraga zarar yetgan, deb xabar berdi FVV.

31 avgust 2021, 13:04

Farhod Jabborov Chilonzor tumani IIO FMBga boshliq etib tayinlandi

Farhod Jabborov Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

13 avgust 2021, 11:57

“Bek to‘pi” savdo markazi ro‘parasida avtokran hamda “VOLVO” yuk avtomobili to‘qnashdi

Toshkentdagi “Bek to‘pi” savdo markazi ro‘parasida avtokran hamda “VOLVO” yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Natijada avtokran haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

19 iyul 2021, 16:27

Toshkentda 20 yoshli qiz 9-qavatdan tushib ketib, vafot etdi. Uning ota-onasi qaynonasi va kuyovini ayblamoqda

Toshkentning Chilonzor tumanida 20 yoshli qiz 9-qavatdan tushib ketib, vafot etdi. Bosh prokuratura ayol ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketganini ma’lum qildi. Biroq qizning ota-onasi uning o‘limida qaynonasi va kuyovini ayblamoqda. Holat yuzasidan surishtiruv xarakatlari olib borilmoqda.

16 iyun 2021, 22:45

Chilonzor tumaniga yangi hokim tasdiqlandi

Sirdaryo viloyat IIB boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Shavkat Mavlyanov Chilonzor hokimi lavozimiga tasdiqlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting