«boks» tegli maqolalar


Boks. Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov terma jamoaga qaytishdi
11 oktabr 2021, 19:09

Boks. Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov terma jamoaga qaytishdi

Serbiyada bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha jahon chempionatida qatnashadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi e’lon qilindi. Yakuniy ro‘yxatda professional bokschilar Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov ham bor.

«Hech qachon bunday adolatsiz hakamlikni ko‘rmaganman» — bosh vazir Olimpiada o‘yinlari haqida
9 avgust 2021, 23:32

«Hech qachon bunday adolatsiz hakamlikni ko‘rmaganman» — bosh vazir Olimpiada o‘yinlari haqida

Bosh vazir Abdulla Aripov Tokiodagi Olimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik bokschilarga nisbatan adolatsizlik bo‘lganligini ta’kidladi. «Shu yoshga kirib, hech qachon bunaqangi adolatsiz hakamlikni ko‘rmaganman… Ularning maqsadi bokschilarimizning irodasini sindirish edi», — dedi u.

Tokio-2020. Bokschi Bahodir Jalolov finalda Richard Torres bilan jang qiladi
8 avgust 2021, 07:55

Tokio-2020. Bokschi Bahodir Jalolov finalda Richard Torres bilan jang qiladi

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining so‘nggi kunida bokschi Bahodir Jalolov «oltin» uchun jangda AQSh vakili Richard Torresga qarshi ringga ko‘tariladi. U bilan 2019 yilgi jahon chempionati chorak finalida ham uchrashgan.

Bektemir Meliqo‘ziyev 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi
4 may 2021, 15:32

Bektemir Meliqo‘ziyev 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi

O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev 4 yilga barcha milliy va xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etish huquqidan mahrum etildi.

Boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik qizga Nexia-3 avtomobili sovg‘a qilindi
26 aprel 2021, 15:12

Boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik qizga Nexia-3 avtomobili sovg‘a qilindi

O‘zbek bokschi qizlari orasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan ilk sportchi Nigina O‘ktamovaga Nexia-3 avtomobili sovg‘a qilindi.

Nigina O‘ktamova boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
23 aprel 2021, 12:11

Nigina O‘ktamova boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Nigina O‘ktamova Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik birinchi ayol bokschi bo‘ldi. Polshadagi musobaqada O‘zbekistonni taqdim etgan sportchilar oltita medal bilan taqdirlandilar.

Toshkentda boks kechasi: sakkiz nafar o‘zbekistonlikning barchasi g‘alaba qozondi
4 aprel 2021, 17:44

Toshkentda boks kechasi: sakkiz nafar o‘zbekistonlikning barchasi g‘alaba qozondi

Toshkentda bo‘lib o‘tgan professional boks kechasida ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik sakkiz nafar bokschining barchasi g‘alaba qozondi. Murodjon Ahmadaliyev Ryosuke Ivasani muddatidan oldin mag‘lub etib, WBA Super va IBF yo‘nalishlari chempionligini munosib himoya qildi. Shuningdek, Shahrom G‘iyosov meksikalik Patrisio Morenoni nokautga uchratdi, Hasanboy Do‘smatov esa Muxsin Kizot ustidan g‘alaba qozondi. Yakkaliklar natijalari — «Gazeta.uz» sharhida.

O‘zbekistonlik bokschilar yana 4 ta Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
3 aprel 2021, 20:27

O‘zbekistonlik bokschilar yana 4 ta Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Yana 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi Tokio Olimpiadasida qatnashish huquqiga ega bo‘ldi. Endi 2021 yilgi yozgi olimpiada o‘yinlarida O‘zbekistondan 11 nafar bokschi ishtirok etadi.

O‘zbekiston boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
2 aprel 2021, 13:49

O‘zbekiston boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

2023 yilgi boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionati O‘zbekistonda o‘tkaziladi.

Bektemir Meliqo‘ziyev Alan Kampni muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratdi
31 oktabr 2020, 15:54

Bektemir Meliqo‘ziyev Alan Kampni muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratdi

O‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev meksikalik Alan Kamp ustidan muddatidan avval g‘alaba qozonib, WBO Inter-Continental unvoniga sazovor bo‘ldi.

Shahram G‘iyosovning raqibida COVID-19 aniqlandi
14 avgust 2020, 12:23

Shahram G‘iyosovning raqibida COVID-19 aniqlandi

Shahram G‘iyosovning raqibi jangdan bir necha kun oldin almashtirildi. Fransisko Roxoda COVID-19 aniqlanganligi uchun uning o‘rniga nikaragualik Uinston Kampos ringga chiqadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting