«bmt» tegli maqolalar


30 iyul 2021, 21:50

Jahon yangiliklari dayjesti

Afg‘onistonda BMT missiyasiga hujum qilingani, Belarusda namoyishlardan so‘ng deyarli 4,7 ming jinoiy ish ochilgani, Tokio yaqinidagi uchta prefekturada favqulodda holat rejimi joriy etilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

16 iyul 2021, 21:30

Jahon yangiliklari dayjesti

BAAda komendantlik soati va mamlakatga kirish tartibining yangilangani, JARdagi tartibsizliklarda 100 dan ortiq kishining vafot etgani, BMT bosh kotibining Olimpiya sulhiga rioya qilishga chaqirayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

13 iyul 2021, 23:57

Jahon yangiliklari dayjesti

Dunyoda to‘yib ovqatlanmaydiganlar sonining ko‘paygani, Google’ning 593 mln dollar miqdorida jarimaga tortilgani, Fransiyada majburiy emlash va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

2 iyul 2021, 11:38

Pandemiya tufayli turizm $4 trln yo‘qotishi mumkin — BMT

COVID-19 pandemiyasi tufayli xalqaro turizm to‘rt trln dollar zarar ko‘rishi mumkin. Turizm sohasining tiklanishi ko‘p jihatdan vaksinalardan foydalanish imkoniyatining mavjudligiga bog‘liq, deya hisoblaydi BMT ekspertlari.

29 iyun 2021, 22:07

Jahon yangiliklari dayjesti

Estoniya prezidentining BMTda ayollar va bolalar huquqlari jahon himoyachisi bo‘lgani, Pokistonda TikTok’ning bloklangani, Belarusning «Sharqiy sheriklik» tashabbusidagi ishtirokini to‘xtatayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

19 iyun 2021, 10:40

Antoniu Guterrish BMT rahbari lavozimiga qayta tasdiqlandi

BMT Bosh assambleyasi Antoniu Guterrishni tashkilot rahbari lavozimiga ikkinchi muddatga tasdiqladi. U «yangi davr boshlanishida» BMTda o‘zgarishlarga erishishga va’da berdi.

18 iyun 2021, 22:18

Jahon yangiliklari dayjesti

Kaliforniyada issiq ob-havo tufayli favqulodda holat joriy etilgani, Antoniu Guterrishning qayta BMT bosh kotibi etib tayinlangani, Eronda prezident saylovlarida ovoz berish jarayonining boshlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.

7 iyun 2021, 15:55

BMT Ekotizimni qayta tiklash o‘nyilligiga start berdi

BMT 2021−2030 yillarga mo‘ljallangan Ekotizimni tiklash o‘nyilligi boshlanganligini e’lon qildi. Favqulodda tiklash talab qilinadigan ekotizimlarga o‘rmonlar, tog‘lar, chuchuk suv havzalari, okeanlar va boshqalar kiradi, deya xabar berdi BMT.

28 may 2021, 21:22

Jahon yangiliklari dayjesti

Germaniyaning Namibiyadagi genotsidni rasman tan olgani, Rossiyaning Belarus hududini chetlab o‘tayotgan Yevropaning samolyotlariga Moskvaga qo‘nishni ruxsat bermayotgani, 34 mingdan ziyod gonkonglikning Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tishga murojaat qilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

27 may 2021, 14:14

XMT kelgusi besh yil ichida rekord darajada issiq yil bo‘lishini taxmin qilmoqda

BMT meteorologlarining taxmin qilishicha, yaqin besh yil ichida rekord darajada issiq yil bo‘lishi kutilmoqda. Kelgusi besh yillikning har bir yilidagi o‘rtacha harorat sanoatgacha bo‘lgan davrdagi harorat qiymatlaridan kamida bir daraja yuqori bo‘ladi.

24 may 2021, 12:10

«Mobillik — bu faqatgina avtomobillarga xos xususiyat emas» — Xelena Freyzer

BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer «Gazeta.uz»ga Global yo‘l harakati xavfsizligi haftaligining maqsadlari va piyodalar avtomobillar oqimi bilan kesishadigan ko‘chalarda tezlikni 30 km/soatgacha pasaytirishning ahamiyati haqida gapirib berdi.

19 may 2021, 08:49

BMT Bosh assambleyasi Orolbo‘yi mintaqasi bo‘yicha maxsus rezolyutsiya qabul qildi

BMT Bosh assambleyasi Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiyani qabul qildi. Bu tashabbus bilan O‘zbekiston prezidenti chiqqan edi.

17 may 2021, 14:19

«Vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li — Quddusni ikki davlatning ham poytaxti deb tan olish» — BMT bosh kotibi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Isroil va Falastin tomonlarini jangovar harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, mavjud vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li — BMT rezolyutsiyalari va oldingi kelishuvlar bo‘yicha muzokaralarga qaytish va Quddusni ikki davlatning ham poytaxti deb tan olishdan iborat.

27 aprel 2021, 21:14

Jahon yangiliklari dayjesti

Belarusda “do‘stona bo‘lmagan mamlakatlar” tovarlarini sotadiganlarga ma’muriy javobgarlikning e’lon qilingani, JSSTning Hindistonga 2,6 ming xodimini yuborgani, Rossiya va Tojikistonning birlashgan havo hujumidan mudofaa tizimini yaratayotgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

22 aprel 2021, 20:42

Jahon yangiliklari dayjesti

Yevropa Komissiyasining AstraZeneca’ga qarshi sudga murojaati, ilk bor Mars atmosferasidan kislorod ajratib olingani, Indoneziyaning suvosti kemasi g‘oyib bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

13 aprel 2021, 20:23

Jahon yangiliklari dayjesti

Xitoy va Janubiy Koreya Yaponiyaning radioaktiv suvni okeanga oqizish to‘g‘risidagi qarorini tanqid qilgani, Navalniyning unga Qur’on kitobi berilmagani sababli sudga murojaat qilgani, JSSTning COVID xavfi tufayli bozorlarda hayvonlar savdosini cheklashga chaqirgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

31 mart 2021, 12:57

BMT sodir bo‘lgan «xavotirli voqealar»ni xolis tergov qilishga chaqirdi

BMTning O‘zbekistondagi jamoasi O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish idoralarini o‘tgan hafta oxirida sodir bo‘lgan xavotirli voqealar yuzasidan xolis tekshiruv o‘tkazishga chaqiradi.

29 mart 2021, 18:12

BMT agentliklari Qoraqalpog‘istonda yoshlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi dasturni boshlashdi

BMTning uchta agentligi Qoraqalpog‘istonda 14dan 30yoshgacha bo‘lgan yoshlar va ayollar, hamda nogironligi borlar, ayollar boshchiligidagi oilalar, mehnat muhojirlari va aholining boshqa zaif qatlamlarining huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga oid dasturni yo‘lga qo‘yishdi.

23 mart 2021, 21:04

Jahon yangiliklari dayjesti

Avstraliyada toshqinlar oqibatida 18 kishining evakuatsiya qilingani, Janubiy Koreya prezidentining AstraZeneca vaksinasi bilan emlangani, Myanmada to‘qnashuvlar natijasida 164 nafar namoyishchining halok bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

12 mart 2021, 12:38

BMT bosh kotibi millionlab insonlarning och qolishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshning ma’lum qilishicha, 150 ming kishi ochlik sabab o‘lim xavfi ostida, yana 16 million kishi oziq-ovqat tanqisligi muammosiga duch kelishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting