«bmt» tegli maqolalar


7 mart 2022, 10:51

10 kun ichida Ukrainani 1,5 mln qochqin tark etdi — BMT

Rossiyaning Ukrainadagi 10 kunlik harbiy harakatlari davomida mamlakatni 1,5 mln qochqin tark etdi. BMTning Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari bu ikkinchi Jahon urushidan beri Yevropada eng tez o‘sayotgan migratsiya inqirozi ekanligini ma’lum qildi.

4 mart 2022, 20:06

Ukrainadagi harbiy harakatlarda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganish uchun xalqaro komissiya tuzildi

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi Ukrainadagi harbiy harakatlarda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni tekshirish uchun mustaqil xalqaro komissiya tuzishga qaror qildi. Ushbu qarorni 32 davlat yoqladi, Rossiya hamda Eritreya qarshi, 13 davlat esa betaraf bo‘lib ovoz berdi.

25 fevral 2022, 17:34

BMTning O‘zbekistondagi yangi doimiy koordinatori ish boshladi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori lavozimiga tayinlangan Roli Astxanani qabul qildi.

24 fevral 2022, 12:59

BMT shoshilinch yig‘ilishida Rossiyaning Ukrainaga bosqini dunyo hamjamiyati tomonidan keskin qoralandi

BMT Ukrainadagi vaziyat fonida shoshilinch yig‘ilish chaqirdi. Tashkilotga a’zo mamlakatlarning doimiy vakillari tomonidan «Rossiya tomonidan bo‘layotgan tajovuz to‘xtatilishi kerak» degan bayonotlar yangradi. Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya esa o‘z chiqishida G‘arb mamlakatlari tomonidan Rossiya agressiya haqida bildirilgan fikrlarni rad etdi. Nebenzyaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya agressiyasi Ukraina xalqiga emas, Kiyevda hukumatni qo‘lga olgan xuntaga qarshi qaratilgan.

24 fevral 2022, 10:21

BMT bosh kotibi Vladimir Putinga murojaat qilib, Rossiya qo‘shinlarini Ukraina chegarasidan olib ketishni so‘radi

24 fevralga o‘tar kechasi BMT xavfsizlik kengashi Ukraina atrofidagi mojarolarga bag‘ishlangan yig‘ilishni chaqirdi. BMT bosh kotibi o‘z chiqishida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainaga bostirib kirishni to‘xtatishni, «tinchlikka imkon berishini» so‘ragan va tinchlik o‘rnatishga chaqirgan.

23 fevral 2022, 14:08

BMT Nizomi tamoyillarini tanlab qo‘llash mumkin emas — BMT bosh kotibi

«Bir davlat qo‘shinlari boshqa davlat hududiga uning roziligisiz kirsa, ularni tinchlikparvarlar deb hisoblab bo‘lmaydi», — dedi BMT bosh kotibi Ukraina sharqidagi voqealar haqida. U Rossiya tomonidan ko‘rilayotgan bir tomonlama choralarni BMT Nizomi tamoyillariga zid deb atadi.

14 yanvar 2022, 22:23

Jahon yangiliklari dayjesti

Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmining 2021 yilda 146,8 mlrd dollargacha o‘sgani, Yevroparlamentning Ukraina bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazishi, Yaponiya sobiq bosh vaziri Tosiki Kayfuning vafot etgani, BMTning 11 milliondan ortiq afg‘on xotin-qizlari insonparvarlik yordamiga muhtoj ekanini bildirgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

30 noyabr 2021, 18:12

Toshkentda BMT Ayollar qo‘mitasining vakolatxonasi ochilishi mumkin

Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva BMT Ayollar qo‘mitasining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Aliya Al-Yosir bilan uchrashdi. Unda Toshkentda BMT Ayollar qo‘mitasining vakolatxonasi ochish taklifi ilgari surildi.

21 noyabr 2021, 21:14

O‘zbekistonning Jenevadagi vakili BMTning Inson huquqlari bo‘yicha raisi o‘rinbosari etib saylandi

O‘zbekistonning Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov 2022 yil uchun BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi raisining o‘rinbosari lavozimiga saylandi. Nomzodni Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy guruhiga a’zo davlatlar bir ovozdan ma’qullagan.

6 noyabr 2021, 15:21

«Biz — dunyoga, dunyo — bizga ochiq bo‘lishi kerak» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident kelgusi besh yilda tinchlik va xavfsizlik masalalari hamda xalqaro hamkorlar bilan aloqalar yanada mustahkamlanishigi ma’lum qildi. «Biz — dunyoga, dunyo — bizga ochiq bo‘lishi kerak. Bugungi hayot, bugungi taraqqiyotning talabi ham aslida shu», — dedi u.

3 noyabr 2021, 10:03

So‘nggi 14 yil ichida dunyo bo‘ylab 1200 dan ortiq jurnalist o‘ldirilgan

2006 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrda dunyo bo‘ylab 1200 dan ortiq jurnalist o‘ldirilgan. Bu qotilliklarning har 10 tasidan deyarli 9 tasi sudda ochilmagan. Tashkilot so‘rovida ishtirok etgan jurnalist ayollarning 73 foizi o‘z ishi bilan bog‘liq holda internet orqali tahdid, qo‘rqitish va ta’qibga uchrab kelayotganini aytgan.

18 oktabr 2021, 11:03

Uch kunda Termizga Afg‘oniston uchun 100 tonna gumanitar yuk olib kelindi

BMT Qochqinlar masalalari bo‘yicha boshqarmasi tomonidan uch kunda Termiz xalqaro aeroportiga Afg‘oniston uchun 100 tonna gumanitar yuk olib kelindi. Yuklar Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahriga «Termiz — Hayraton» chegara punkti orqali yetkaziladi. Unga qadar esa Termez Cargo Centre logistika markazida saqlanadi.

13 oktabr 2021, 11:50

BMT O‘zbekiston orqali afg‘on xalqiga gumanitar yordam yuboradi

BMTning Qochqinlar masalalari bo‘yicha boshqarmasi O‘zbekistonga afg‘on xalqi uchun gumanitar yordam ortilgan uchta samolyot yuborishni rejalashtirmoqda. Gumanitar yuk Termizdan Hayraton chegara punkti orqali Mozori-Sharifga yetkaziladi. Bunday samolyotlarning birinchisi oktabr o‘rtasida O‘zbekistonga yetib keladi. Shuningdek, agentlik Afg‘oniston bilan chegaradosh hududlarda logistik markazlarni tashkil etishni ko‘zlagan.

11 oktabr 2021, 12:56

BMT IHK yoshlar huquqlari bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi O‘zbekiston tashabbusi bilan ilgari surilgan COVID-19 pandemiyasining yoshlar huquqlariga ta’siri to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi.

22 sentabr 2021, 20:26

Jahon yangiliklari dayjesti

BMT bosh kotibining dunyo rivojlanishga xalaqit berayotgan muammolarni sanagani, Ukrainada prezident yordamchisining mashinasi o‘qqa tutilgani, Namibiyada namoyishchilarning Germaniyadan genotsid uchun 9 mlrd dollar to‘lashni talab qilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

21 sentabr 2021, 14:56

BMT Afg‘onistondagi gumanitar inqirozni bartaraf etish sa’y-harakatlari mas’uliyatini olishi mumkin — Abdulaziz Kamilov

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Afg‘onistondagi gumanitar inqirozni bartaraf etish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi mumkin, deb hisoblaydi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov.

10 sentabr 2021, 10:22

BMT bosh kotibi xalqaro hamjamiyatni «Tolibon» bilan muloqot qilishga chaqirmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish xalqaro hamjamiyatni toliblar bilan muloqot qilishga va ularni munozaraga jalb qilishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Afg‘onistonda «ko‘p azob chekayotgan odamlar bilan birdamlikni ko‘rsatish uchun kerak».

13 avgust 2021, 20:59

Jahon yangiliklari dayjesti

Isroil va Marokashning o‘z elchixonalarini ochishga kelishib olishgani, Litvaning 1,5 mingga yaqin noqonuniy muhojirning boshpana so‘rovlarini rad etgani, Afg‘oniston mojarosi bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

10 avgust 2021, 20:55

Jahon yangiliklari dayjesti

BMTning afg‘on tomonlarini o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirayotgani, AQShning 11 sentyabr voqealariga oid bir qator maxfiy hujjatlar oshkor qilinishi mumkinligi, Eronning Buyuk Britaniyani sudga berishni rejalashtirayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

5 avgust 2021, 15:11

BMTning din va e’tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining din va e’tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid sentyabr oyida hamkorlik dasturini yo‘lga qo‘yish uchun O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Dastur doirasida davlat organlari, fuqarolik jamiyati va diniy tashkilotlar vakillari uchun qator seminarlar va treninglar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting