«bmt» tegli maqolalar


29 sentabr 2022, 12:59

O‘zbekiston va BMT Pokistonga gumanitar yordam jo‘natadi

Pokistondagi kuchli suv toshqini jabrlanuvchilarga vaqtincha yashash uchun mo‘ljallangan turar-joy modullari bo‘lgan samolyot Termizdan Karachiga uchdi. Yordam O‘zbekiston hukumati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi tomonidan yuborildi.

28 sentabr 2022, 17:41

Rossiya egallab olgan hududlarda o‘tkazilgan referendumlar natijalari e’lon qilindi. Munosabatlar

Mahalliy Markaziy saylov komissiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk va Donetsk xalq respublikalari, shuningdek, Zaporoje va Xerson viloyatlarida o‘tkazilgan referendumlarda aholi Rossiyaga qo‘shilish uchun ovoz bergan. Bunga xalqaro hamjamiyat qanday munosabat bildirmoqda?

20 sentabr 2022, 17:44

«O‘zbekiston BMTning ko‘p tomonlama kun tartibini ilgari surishda yetakchi o‘rinni egallaydi» — Antoniu Guterrish

Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov BMTning Nyu-Yorkda tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. Bosh kotib O‘zbekiston va BMT o‘rtasida kengayib borayotgan hamkorlikni olqishladi. Guterrish O‘zbekiston tinchlik, xavfsizlik, inson huquqlari va iqlim kabi sohalarda ishonchli hamkor ekanini qayd etdi.

14 sentabr 2022, 14:28

Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibi o‘rinbosari Rozmari DiKarloni qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti BMT bosh kotibining siyosiy masalalar va tinchlikni barpo etish bo‘yicha o‘rinbosari Rozmari DiKarloni qabul qildi. Tomonlar Orol dengizi halokatining oqibatlarini yumshatish, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va afg‘on xalqiga ko‘maklashish borasidagi hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi.

22 iyul 2022, 23:24

Ukraina, Turkiya, Rossiya va BMT don bo‘yicha bitimni imzoladi

Istanbulda Ukraina, Turkiya, Rossiya va BMT o‘rtasida ukrain donini dengiz orqali eksport qilish bo‘yicha bitim imzolandi. «Bu butun dunyodagi millionlab odamlar uchun oziq-ovqat tanqisligi falokatining oldini olishga yordam beradi. Bu umid mayog‘idir», — dedi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish.

17 iyun 2022, 23:47

Qasim-Jomart Toqayev DXR va LXR «kvazi-davlatlari» tan olinmasligini ma’lum qildi

Qozog‘iston Lugansk va Donetsk xalq respublikalaridan bo‘lgan «kvazi-davlat hududlari»ni tan olmaydi, dedi prezident Qasim-Jomart Toqayev. «Xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi amalga oshaversa, yer yuzida hozirgi 193 taning o‘rniga 500−600 dan ortiq davlat bo‘ladi. Bu tartibsizlik degani», — dedi u.

16 iyun 2022, 18:27

BMT Afg‘oniston hukumatini ayollarga nisbatan zulm o‘tkazish siyosatidan voz kechishga chaqirmoqda

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Afg‘oniston muvaqqat hukumati tomonidan ayollar huquqlarining cheklanishini «ayollarga nisbatan institutsional tizimli zulm» deb atadi. Shu bilan birga, mamlakatdagi gumanitar inqiroz fonida aholining 93 foizi to‘yib ovqatlanmaydi, deya ma’lum qildi BMT.

10 iyun 2022, 10:33

BMT Xavfsizlik kengashiga doimiy bo‘lmagan besh a’zo davlat saylandi

BMT Bosh assambleyasi delegatlari Malta, Mozambik, Shveysariya, Ekvador va Yaponiya mamlakatlarini Xavfsizlik kengashining yangi vaqtinchalik a’zolari etib sayladi. Ushbu davlatlar vakillari 2023−2024 yillar davomida Kengash ishida ishtirok etadi.

9 iyun 2022, 11:18

Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibi birinchi o‘rinbosarini qabul qildi

Chorshanba kuni prezident BMT bosh kotibi birinchi o‘rinbosari Amina Muhammadni qabul qildi. Suhbat davomida O‘zbekistonning Afg‘onistonda bardavom tinchlikni ta’minlashdagi sa’y-harakatlari e’tirof etildi. BMT vakili Tanzila Narbayeva hamda Saida Mirziyoyeva bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.

7 iyun 2022, 12:54

BMT bosh kotibining birinchi o‘rinbosari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Markaziy Osiyoga tashrifi doirasida BMT bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Muhammad O‘zbekistonga ham keladi. Senat va Yoshlar ishlari agentligida muzokaralar, shuningdek, O‘zbekistonning lider ayollari bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

3 iyun 2022, 19:34

Ukrainadagi urushning 100-kuni: 14 mln ukrainalik uyini tashlab ketdi, 15,7 mln kishi gumanitar yordamga muhtoj

Ukrainada urush boshlanganining 100-kunida qariyb 16 mln kishi gumanitar yordamga muhtoj va ularning soni muttasil ortib bormoqda. Xalqaro sud Insoniyatga qarshi jinoyatlarning oldini olish to‘g‘risidagi konvensiyani ishlab chiqishga chaqirdi.

23 may 2022, 09:38

Qochqinlarning soni ilk bor 100 mlndan oshdi — BMT

Dunyoda qochqinlar va ko‘chishga majbur bo‘lganlar soni rekord darajani qayd etib, 100 mln kishiga yetdi. Bunga sabab — Efiopiya, Burkina-Faso, Myanma, Nigeriya, Afg‘oniston va Kongoda uzoq davom etgan harbiy mojarolardir. 2022 yilda ularning qatoriga Ukrainadagi urush ham qo‘shildi, buning oqibatida 6 mln kishi mamlakatni tark etdi, ichki ko‘chishlar soni esa 8 mlnga yetdi.

20 may 2022, 09:36

«O‘z uyimizni yoqib yubormasdan turib, qayta tiklanuvchi energiyaga o‘tishimiz kerak» — Antoniu Guterrish

Ekstremal ob-havo holati — Yerdagi iqlim o‘zgarishining kundalik «yuzidir», deyiladi Jahon meteorologiya tashkilotining yangi hisobotida. Global energiya ishlab chiqarishni zudlik bilan o‘zgartirish orqaligina iqlim halokatining oldini olish mumkin. BMT qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish rejasini taklif qildi.

19 may 2022, 16:11

BMT Rossiyani Ukrainaning dengiz portlaridan don olib chiqishiga ruxsat berishga chaqirdi

Ukraina 20 mln tonnadan ortiq donni sotishi mumkin edi, biroq urush boshlanganidan beri mamlakat dengiz portlari to‘sib qo‘yilgan, deya qayd etdi BMT. Tashkilotning bildirishicha, yetkazib berish qayta tiklanmasa, Janubiy Osiyo va Afrikada oziq-ovqat inqirozini yengish qiyinlashadi, oziq-ovqat narxlari ko‘tarilishda davom etadi.

13 may 2022, 15:01

BMT Inson huquqlari kengashi RFning Ukrainadagi taxminiy jinoyatlarini tergov qilish uchun ovoz berdi

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi Rossiya tomonidan Ukrainada inson huquqlari buzilgani haqidagi taxminlarni tekshirish bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi. 33 ta mamlakat tergov uchun ovoz berdi, Xitoy va Eritriya qarshi chiqdi, 12 mamlakat, shu jumladan O‘zbekiston betaraf qoldi. BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet «Kiyevning shimolidagi hududlarida suddan tashqari qotilliklar ko‘lami dahshatli» ekanligini ta’kidladi.

30 aprel 2022, 14:14

Afg‘onistonda portlashlar davom etmoqda. Kobulda 50 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Afg‘onistonda tinch aholiga qarshi qator terrorchilik hujumlari davom etmoqda. 29 aprel kuni Kobuldagi so‘fiy masjidida sodir bo‘lgan portlashda turli hisob-kitoblarga ko‘ra 10 dan 50 nafargacha odam halok bo‘lgan.

27 aprel 2022, 12:28

Antoniu Guterrish va Vladimir Putin nimalarni muhokama qildi?

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Moskvada Rossiya prezidenti va tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvlar yakuniga ko‘ra, BMT Rossiyaning Mariupoldan tinch aholini evakuatsiya qilishda BMT va Qizil Xoch tashkilotining ishtirokiga «prinsipial» roziligini bildirdi. Payshanba kuni Guterrish Kiyevda Ukraina prezidenti bilan uchrashadi.

14 aprel 2022, 12:03

O‘zbekiston BMT komissiyasi a’zosi etib saylandi

O‘zbekiston BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashining Rivojlanish maqsadlarida fan va texnologiyalar masalalari bo‘yicha komissiyasi a’zosi etib saylandi. Komissiya dolzarb ilmiy, texnik, innovatsion va muhandislik masalalari bo‘yicha malakali maslahat yordamini ko‘rsatish uchun tashkil etilgan.

8 aprel 2022, 15:09

Nega O‘zbekiston Rossiyani Inson huquqlari kengashidan chiqarish bo‘yicha qarorga qarshi ovoz berdi?

O‘zbekiston Rossiyaning BMT Inson huquqlari kengashidagi a’zoligini to‘xtatib turish bo‘yicha rezolyutsiyaga qarshi ovoz berdi. Mamlakatning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov bunday qarorlar «gumonlanayotgan inson huquqlari buzilishining puxta tergovi natijasiga» asoslangan bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Qozog‘iston va Qirg‘iziston delegatsiyalari vakillari ham shunga o‘xshash bayonotlar bilan chiqishdi. CNN Rossiya tashkilot a’zo-davlatlariga rezolyutsiyaga ovoz berish «oqibatlari» haqida ogohlantirib, nota jo‘natganligini ta’kidladi.

2 aprel 2022, 14:43

Ukrainada 1276 nafar tinch aholi halok bo‘ldi — BMT

24 fevraldan 1 aprelga qadar Ukrainadagi urush oqibatida 1276 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, yana 1981 kishi yaralandi. Bu BMT tomonidan tasdiqlangan raqamlar, asl holat bundanda ko‘proq bo‘lishi mumkin. Ukraina bosh prokurori juma kuni soat 8:00 holatiga jami 153 nafar bola halok bo‘lgani va 245 nafar bola jarohat olganini qayd etdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting