«biznes-ombudsman» tegli maqolalar


Agroinspeksiya 1,5 yilda 1044 ta holatda tadbirkorlarning huquqlarini buzgani aniqlandi
25 avgust 2022, 17:43

Agroinspeksiya 1,5 yilda 1044 ta holatda tadbirkorlarning huquqlarini buzgani aniqlandi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi o‘tgan 1,5 yil mobaynida 1044 ta holatda tadbirkorlarning huquqlarini buzgani aniqlandi. Eng ko‘p holat Jizzaxda — 660 ta. Biznes-ombdusman ofisi kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 142 nafar mansabdorni jarimaga tortdi.

Biznes-ombudsman davlat organlari va hokimiyatlarda tekshiruvlar o‘tkazadi
28 iyul 2022, 11:30

Biznes-ombudsman davlat organlari va hokimiyatlarda tekshiruvlar o‘tkazadi

Biznes-ombudsman tadbirkorlarni tekshirish jarayoni qonuniyligi va hujjatlar ijrosi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy hokimiyatlarda ham tekshiruvlar o‘tkazadi. Qolaversa, hududlarda sayyor qabullar tashkil etilib, tadbirkorlar muammolarini joyida hal qilish choralari ko‘riladi.

Davlat organlaridan tadbirkorlarning qariyb 11,5 mlrd so‘m mablag‘lari sud orqali undirib berildi — biznes-ombudsman
14 mart 2022, 14:37

Davlat organlaridan tadbirkorlarning qariyb 11,5 mlrd so‘m mablag‘lari sud orqali undirib berildi — biznes-ombudsman

Biznes-ombudsmanning ma’lum qilishicha, tadbirkorlar o‘zlariga qonuniy asosda tegishli bo‘lgan mablag‘larni davlat organlaridan sud orqali undirishga majbur bo‘lmoqda. 2021 yilning o‘zida sudlar tomonidan davlat organlari hisobidan tadbirkorlarga qariyb 11,5 mlrd so‘mlik qarzdorlik va 2,2 mlrd so‘mlik davlat boji undirib berilgan.

Tadbirkorlarni tekshirishda eng ko‘p soliq organlari qonun buzgan — Biznes-ombudsman
2 mart 2022, 10:39

Tadbirkorlarni tekshirishda eng ko‘p soliq organlari qonun buzgan — Biznes-ombudsman

Biznes-ombudsman 2021-yilda davlat organlari tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda yo‘l qo‘ygan huquqbuzarliklar tahlilini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 1200 dan ortiq holatda eng ko‘p soliq organlari (238 ta), Agroinspeksiya (167 ta) va Ekologiya qo‘mitasi (166 ta) qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan. Qolaversa, Transport vazirligi idoralarining mansabdorlariga jinoyat ishi ochish bo‘yicha prokuratura organlariga 8 ta taklif kiritilgan.

12 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
12 yanvar 2022, 22:00

12 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Mahallalarda ish boshlagan 9 mingdan ortiq hokim yordamchilari, emlanmagan ishchilarning masofaviy ishlashi, Angrendagi soydan jasadi topilgan 70 yoshli erkak, koronavirusning kunlik holati keskin oshib borayotgani, Qozog‘istonning yangi bosh vazirini tabriklagan Abdulla Aripov, «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida monumentning ko‘chib tushayotgan gipslari va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 12 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Endi yer maydonini noqonuniy olib qo‘yishga oid ishlarni Biznes-ombudsman ko‘rib chiqadi
12 yanvar 2022, 14:37

Endi yer maydonini noqonuniy olib qo‘yishga oid ishlarni Biznes-ombudsman ko‘rib chiqadi

Hozirga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan 9 turdagi ma’muriy ish, shu jumladan yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yish, xususiy mulk huquqini buzish, tadbirkorlar faoliyatini tekshirish endilikda Biznes-ombudsman, uning o‘rinbosarlari va vakil devoni bosh inspektorlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Chigit ishi: Samarqandlik tadbirkorning mahsuloti 10 kunda yetkazib berilishi aytilmoqda
7 yanvar 2022, 14:58

Chigit ishi: Samarqandlik tadbirkorning mahsuloti 10 kunda yetkazib berilishi aytilmoqda

Qashqadaryo viloyati chegarasida 100 tonna chigit to‘xtatib qolinganiga «texnik xatolik tufayli ta’minotchi korxona urug‘lik chigit berib yuborganligi» sabab qilib ko‘rsatildi. Samarqandlik tadbirkorning mahsuloti 10 kunda yetkazib berilishi aytilmoqda. Antimonopoliya qo‘mitasi 2020 yilgi chigit ishidan keyin ushbu holat Qashqadaryoda yana takrorlanganini hamda vaziyat o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

Chigit ishi: Biznes-ombudsman Qashqadaryo hokimligini ogohlantirdi
6 yanvar 2022, 16:27

Chigit ishi: Biznes-ombudsman Qashqadaryo hokimligini ogohlantirdi

Biznes-ombudsman Qashqadaryodan samarqandlik tadbirkorning 100 tonna chigit mahsuloti chiqarilmayotgani holati yuzasidan viloyat hokimligini «tadbirkorlarning huquqlariga rioya etilishiga doir qonun hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda tegishli chora ko‘rish bo‘yicha ogohlantirdi». Kompaniya vakili hujjatlarida muammo yo‘qligiga va chigit og‘zaki topshiriq bilan ushlab turilganiga ishontirmoqda.

«Tadbirkorlarning huquqlari buzilishi davlat budjeti uchun qo‘shimcha xarajat» — Biznes-ombudsman
1 noyabr 2021, 18:36

«Tadbirkorlarning huquqlari buzilishi davlat budjeti uchun qo‘shimcha xarajat» — Biznes-ombudsman

Biznes-ombudsman mutaxassisining ta’kidlashicha, shu yilning 9 oyida 1000 dan ortiq mansabdor ma’muriy javobgarlikka tortilib, 225 tasiga intizomiy jazo qo‘llanilgan. Sudlarga 28 mlrd so‘mlik da’vo arizalar kiritilgan. «Tadbirkorlarning huquqlari buzilishi davlat budjeti uchun qo‘shimcha xarajat» — dedi u.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting