«bahrom abduxalimov» tegli maqolalar


27 sentabr 2021, 17:16

«Adolat — hayotimiz bosh mezoni». Bahrom Abduhalimovning saylovoldi dasturi

«Adolat» partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduxalimov erkin jamiyat va adolatli davlat qurilishi, YAIMning adolatli taqsimlanishi, iqtisodiyotda raqobatning kuchayishi, jazoni ijro etish muassasalarini adliya organlariga topshirish, yagona Tergov qo‘mitasini tuzish, barcha qishloqlarni gaz va energiya bilan ta’minlash masalalarini o‘z saylovoldi dasturida ilgari surdi.

21 sentabr 2021, 17:47

«Bizda sitilarga ruju qo‘yilib, sog‘liq uchun foydali manbalardan voz kechilmoqda» — «Adolat» nomzodi

«Adolat» partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov shaharlarda «siti» qurishga ruju qo‘yilganligini tanqid qildi. Partiya rahbari havodagi changga qarshi kurashishda foyda berishi mumkin bo‘lgan sun’iy ko‘llar respublikada birin-ketin yo‘q qilinayotganligini taassuf bilan qayd etgan.

13 sentabr 2021, 17:04

Alisher Qodirov «Adolat» nomzodi bilan debatga tayyor — «Milliy tiklanish»

«Milliy tiklanish» partiyasi vakolatli vakili partiya debatlar va saylovoldi dasturini ekspertizadan o‘tkazishga tayyor ekanini ma’lum qildi. «Alisher Qodirov o‘zining joyini bo‘shatib berishga emas, kurashishga tayyor. Biz hech qachon orqaga chekinmaymiz», — dedi Bahodir Mamatxonov.

8 sentabr 2021, 18:15

«Maqolamizda yozgan faktlardan ortga qaytmaymiz». «Adolat» nomzodi «Milliy tiklanish» bilan nizo haqida

«Adolat» partiyasidan prezidentlikka nomzod Milliy tiklanish partiyasi bilan mojarolarga izoh berdi. Bahrom Abduxalimov partiya «maqolasida yozgan faktlardan orqaga qaytmasligini» aytib, Alisher Qodirovni ko‘chirmakashlikda ayblayotganini yana bir bor tasdiqladi. Qolaversa, u partiya bu to‘g‘risidagi xabarni tarqatish uchun blogerlarga pul to‘laganini inkor etdi. «Debatni Alisher Qodirov bilan ham kutish mumkin», — dedi Bahrom Abduxalimov.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting