«bahrom abduhalimov» tegli maqolalar


24 oktabr 2021, 11:25

Bahrom Abduhalimov saylovda oilasi bilan ovoz berdi

Adolat partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov Toshkent shahridagi saylov uchastkasida ovoz berdi.

7 oktabr 2021, 13:21 1

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda “Guliston siti” qurilishini taklif qildi

O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrining eski dehqon bozori o‘rnidagi 42 gektar maydonda “Guliston siti” barpo etilishini taklif qildi. Avvalroq, “Adolat” partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov shaharlarda “siti” qurishga ruju qo‘yilganligini tanqid qilgan edi.

14 sentabr 2021, 11:47

Maqsuda Vorisova, Bahrom Abduhalimov va Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka nomzodlar sifatida ro‘yxatga olindi

Markaziy saylov komissiyasi XDPdan Maqsuda Vorisova, «Adolat»dan Bahrom Abduhalimov va O‘zLiDePdan Shavkat Mirziyoyevni prezidentlikka nomzodlar sifatida ro‘yxatga oldi.

8 sentabr 2021, 22:44

“Afg‘oniston xalqi qaysi hokimiyatni ma’qul topsa, O‘zbekiston o‘sha bilan muloqotni yo‘lga qo‘yishi kerak” — Bahrom Abduhalimov

Prezidentlik saylovlarida “Adolat” partiyasidan nomzod Bahrom Abduxalimov Afg‘onistonda tuzilgan vaqtinchalik hukumat haqidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. “Afg‘oniston xalqi qaysi hukumatni tavsiya qilsa, qaysi hukumat bilan aloqa qilishni munosib deb topadigan bo‘lsa, O‘zbekiston yaqin qo‘shni sifatida ular bilan muloqotga kirishishi kerak”, — dedi u.

8 sentabr 2021, 16:42

«Debatlar qiziq bo‘ladi» — prezidentlikka nomzod Bahrom Abduxalimov debatlar bo‘lishiga ishonishini aytdi

Prezidentlik saylovlarida «Adolat» partiyasidan nomzod Bahrom Abduxalimov saylovoldi jarayonlarda debatlar albatta o‘tkazilishini ma’lum qildi. U o‘z raqiblari «yetarli kompetensiyaga ega ekanliklarini» va ular bilan o‘tkaziladigan debatlar «shubhasiz qiziq bo‘lishini» ta’kidladi.

8 sentabr 2021, 13:04

Bahrom Abduxalimov «Adolat» partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi

«Adolat» Bahrom Abduhalimovni prezidentlik saylovlari uchun nomzod sifatida tasdiqladi. Abduhalimovning «Adolat — hayotimizning bosh mezoni» shiori ostidagi saylovoldi dasturidan korrupsiya va har qanday ko‘rinishdagi «samosud» uchun qat’iy jazo belgilash, Tergov qo‘mitasini tashkil etish, oliy ta’lim kvotalarini butunlay yo‘q qilish, Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirliklarini yagona — Ta’lim vazirligiga aylantirish, «Jamiyatda yurish-turish, odob-ahloq qoidalari» kodeksini yaratish kabilar o‘rin olgan.

7 sentabr 2021, 14:18

«Adolat» partiyasi Alisher Qodirovni ko‘chirmakashlikda aybladi. Milliy tiklanish javob qaytardi

«Adolat» partiyasi prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovni saylovoldi g‘oyalarni ko‘chirganlikda aybladi. Milliy tiklanish partiyasi yetakchisi sudlarni birlashtirish, jazoni ijro etish muassasalarini Adliya vazirligiga o‘tkazish hamda Tergov qo‘mitasini tuzish g‘oyalarini o‘g‘irlagani iddao qilinmoqda. Milliy tiklanish esa bunga munosabat bildirib, «Adolat» partiyasining siyosiy saviyasiga shubha bilan qaradi.

5 avgust 2021, 11:42

«Adolat» partiyasi prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini e’lon qildi

2021 yilgi prezidentlik saylovlariga «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi tomonidan partiya rahbari Bahrom Abduhalimov nomzodi e’lon qilindi.

23 oktabr 2020, 12:11

«Adolat» sotsial-demokratik partiyasiga yangi rais saylandi

Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi siyosiy Kengashi raisi etib saylandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting