«ayollar va qizlar» tegli maqolalar


27 iyul 2022, 17:10

Uy-joyga muhtoj 12 ming xotin-qizlarning 500 nafardan ortiqrog‘iga uy berilgan, xolos — Senat raisi

Tanzila Narbayeva prezident topshirig‘iga ko‘ra bu yil 12 ming xotin-qizlar uy-joy bilan ta’minlanishi kerakligi, biroq ularning 500 nafardan sal ortiqrog‘iga uy berilganini aytdi. U joylardagi mas’ul tuzilmalar topshiriqni bajarish o‘rniga tadbirbozlik qilib yurganini tanqid ostiga oldi.

28 yanvar 2022, 17:16

O‘zbekistonda har to‘rtinchi ayol ba’zi hollarda zo‘ravonlikka duch kelgan, 7 foiz ayol uchun esa bu odatiy hol

«Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti 6 ta hududda yashovchi 800 nafar xotin-qiz o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Uning natijalariga ko‘ra, ayollarning 60 foizga yaqini turmush hayotida zo‘ravonlikka duch kelmaganini qayd etgan bo‘lsa, qolgan 40 foizi kamsitish va zug‘um o‘tkazilayotganini bayon qilgan. Har to‘rtinchi ayol ba’zi hollarda zo‘ravonlikka duch kelishini, 7 foiz ayol esa bu odatiy hol ekanligini ta’kidlagan.

11 dekabr 2021, 20:43

Xotin-qizlarni ta’qib qilganlik uchun javobgarlik joriy etish taklif qilindi

Adliya vazirligi xotin-qizlarni himoya qilishni kuchaytirish, jumladan ularni ta’qib qilish, gap otish, shaxsiy hayotiga daxl qiluvchi turli foto-videolarni tarqatish holatlari uchun javobgarlik joriy etish, shuningdek, xususiy sektor hisobiga ayollarni qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlar sonini oshirishni taklif qildi.

27 sentabr 2021, 17:00

“Ayollarga qo‘lidan hech narsa kelmaydigan odamdek qarashlari yoqmaydi”. Viloyatdan poytaxtga kelgan qizlar bilan suhbat (2-qism)

“Gazeta.uz” O‘zbekistonning turli hududlaridan Toshkentga kelib o‘qiyotgan va turli sohalarda faoliyat olib borayotgan hamda jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan qizlar bilan suhbatning 2-qismini havola qiladi. Qizlar poytaxtdagi qiyinchiliklar, o‘z yo‘llarini topishdagi ikkilanishlar va jamiyatda xotin-qizlarga bo‘lgan munosabatlar haqida so‘zlab berishdi.

22 sentabr 2021, 15:22

«Tolibon» Afg‘onistonda ayollar va erkaklar ta’limiga teng yondashuvni va’da qildi

«Tolibon» harakati vakili Zabihulla Mujohid Afg‘onistonda ayollarning ta’lim olishi uchun «sharoit tayyorlanayotgani» va ayollar erkaklar bilan bir xil fanlarni o‘qishini ma’lum qildi. «Jinsiga qarab alohida dasturlar bo‘lmaydi va diplomlar dunyoda tan olinadi», — dedi u.

14 sentabr 2021, 13:30

«Bizniki kabi jamiyatlarda juda g‘alati qarash bor: ayol kishi yo oilada, yo karerada muvafaqqiyatli bo‘la oladi». Viloyatlardan poytaxtga kelgan qizlar bilan suhbat (1-qism)

«Gazeta.uz» O‘zbekistonning turli hududlaridan Toshkentga kelib o‘qiyotgan va turli sohalarda faoliyat olib borayotgan hamda jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan qizlar bilan suhbat uyushtirdi. Ular qanday maqsad bilan poytaxtga kelganligi, jamiyatda ayollar va qizlarga bo‘lgan munosabat, atrofdagi stereotiplar hamda tengdoshlari va yosh qizlarga qanday maslahatlar berishlari haqida so‘zlab berishdi.

6 iyul 2021, 08:00

«Himoya orderini hech kim olmasa kerak, deb o‘ylagandim». Tanzila Narbayeva — tazyiqqa uchragan ayollar haqida

Senat raisi tazyiq va zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollar haqida gapirar ekan, himoya orderini hech kim olmasada kerak, degan fikrda bo‘lganini aytdi. «Ayniqsa O‘zbekistonda, uzoq qishloqlarda yashayotgan ayollar uyimdagi gap-so‘zlar ko‘chaga chiqmasin deydi. Bu tizim qanday ishlar ekan deb o‘ylasam, 1 yil ichida 15 ming ayol himoya orderini olibdi», — dedi u. Shuningdek, himoya orderini erkaklar ham olishi mumkinligi, qolaversa uning muddatini bir oydan uzoqroqqa cho‘zish hamda bu boradagi qonunchilikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqilayotgani ma’lum qilindi.

2 iyun 2021, 13:26

«Qizlarimiz bilmaydi, tushunmaydi, o‘qimaydi, deymiz. Chunki ularni o‘zimiz o‘qitmaymiz-da» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev anorchilik bo‘yicha ilmiy ishlar qilib kelayotgan bog‘bon ayol bilan suhbatdan so‘ng, mazkur yo‘nalishda tahsil olayotgan yosh olimalarni ilg‘or xorijiy mamlakatlarga o‘qishga yuborish bo‘yicha topshiriq berdi. «Qizlarimiz bilmaydi, tushunmaydi o‘qimaydi, deymiz. Chunki, ularni o‘zimiz o‘qitmaymiz-da. Ayollarimizning bilimi, malakasi kuchli. Yuzaga chiqarish kerak», — dedi prezident.

9 sentabr 2020, 13:18

Hech bir mamlakat gender tengligi tamoyillarini joriy eta olmadi — BMT

Chorak asrda dunyoning birorta ham mamlakati xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha Pekin deklaratsiyasini to‘liq bajarishga yaqinlashmadi, deya ta’kidladi BMT. Dunyoda hukumat vakillari va rahbarlarining faqatgina 25 foizini ayollar, qolgan 75 foizini erkaklar tashkil etmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting