Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi «himoya orderi» sud tomonidan 1 yil muddatgacha berilishi belgilanmoqda. Amalda order ichki ishlar idoralari tomonidan 30 kunga beriladi.
O‘zbekistonda xotin-qizlar, bolalar va keksa yoshdagi ota-onalar huquqlarini himoya qiluvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, 18 yoshga to‘lmaganlarning nomusiga tegish, zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni qondirish uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda. Xususan, ularga nisbatan amnistiya qo‘llanmaydi.
Samarqanddagi «Rahmdillik» shelterida zo‘ravonlikka uchragan ayollar bir yilgacha yashashi mumkin. «Ammo bir yildan ko‘p vaqt yashaydiganlar ham bor. Ularning muammosi juda chigal. Shu sababli chiqarib yubora olmayman», — deydi jamiyat rahbari Bibisora Oripova.
Surxondaryodagi to‘yda kelinni urgan kuyov jazodan qutulib qoldi. Sud kelinning da’vo va arizasi yo‘qligi sababli ma’muriy jazo qo‘llamadi.
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Afg‘oniston muvaqqat hukumati tomonidan ayollar huquqlarining cheklanishini «ayollarga nisbatan institutsional tizimli zulm» deb atadi. Shu bilan birga, mamlakatdagi gumanitar inqiroz fonida aholining 93 foizi to‘yib ovqatlanmaydi, deya ma’lum qildi BMT.
«Tolibon» o‘rta ta’limdagi qizlarning maktabga borishini chekladi. Kobulda davlat xizmatida ishlovchi ayollarga ishga chiqish taqiqlanib, faqat ayrim kasb egalariga ishlashga ruxsat berildi. «Tolibon» rasmiylari bu holatlarni «xavfsizlik nuqtai nazaridan» deya izohlamoqda. «Kasbim bo‘lmasa, o‘qishimga ruxsat berishmasa, xavfsizlikning men uchun hech qanday ahamiyati yo‘q. Bu xavfsizlik faqat «Tolibon»ga kerak», — deydi tibbiyot sohasida ta’lim oluvchi afg‘on qizi. «Tolibon» matbuot xizmati vakili hukumatda ayollarga zarurat yo‘qligini, ularning vazifasi bolalarni dunyoga keltirish va tarbiyalash ekanligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting