Shavkat Mirziyoyev kambag‘allikni qisqartirish ishlarini yangidan tashkil etishni buyurdi. Bunda «Temir daftar», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari» bir tizimga birlashtiriladi, har bir oilaning yagona raqamli pasporti ishlab chiqiladi. 2023 yilda yana 1 mln aholini kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilmoqda.
Poytaxtning Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa, Chilonzor, Yakkasaroy va Yashnobod tuman hokimliklari qoshidagi «Ayollar daftari» jamg‘armasi hisobidan 29 ta xonadon sotib olindi. Xonadonlar boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitidagi xotin-qizlarga ijtimoiy uy sifatida beriladi.
Yaponiya hukumati O‘zbekistonning uzoq qishloqlarida ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga 2,7 mln dollardan ko‘proq miqdorda grant ajratmoqda. Loyiha Jahon banki ko‘magida Mahalla vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Prezident farmoni bilan, avgust oyida «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan har bir farzandlari uchun 500 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, farmon bilan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshqa qator choralar e’lon qilindi.
Respublika chekka hududlarida istiqomat qiluvchi ayollar uchun go‘zallik salonlari konteynerlari yetkazib berildi. Ma’lumotga ko‘ra, har bir konteynerda 7 nafardan ayol ishlaydi va bu orqali «Ayollar daftari» dagi fuqarolarning 350 nafari ish bilan ta’minlanadi.
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosimda 2021 yilda ham ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning biznes yuritishi va boshqa kasblar bo‘yicha o‘qishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish ishlari davom etishini aytdi. Prezident «bironta ham ayol davlat va jamiyat e’tiborisiz qolmaydi» deb ta’kidladi.
Hukumat qarori bilan Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartib joriy qilinmoqda. Unga ko‘ra, “Ayollar daftari” kiritiladigan xotin-qizlar toifalari hamda ularga yordam ko‘rsatish tartibi va muddatlari belgilanmoqda.
Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda «temir daftar"lar singari, ishsiz yoshlar bo‘yicha alohida («Yoshlar daftari»), ishsiz va boquvchisiz xotin-qizlar bo‘yicha alohida («Ayollar daftari») ro‘yxatlar shakllantirish topshirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting