«armaniston» tegli maqolalar


Jahon yangiliklari dayjesti
18 avgust 2021, 21:58

Jahon yangiliklari dayjesti

Facebook’ning koronavirus haqida noto‘g‘ri ma’lumotlari bo‘lgan 18 mlnta postni o‘chirib tashlagani, Moskvada kuchli yomg‘irlar tufayli 70 ta reysning bekor qilingani, Afg‘oniston mojarosi bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
5 iyul 2021, 21:42

Jahon yangiliklari dayjesti

Dunyo bo‘ylab sodir bo‘layotgan tabiiy ofatlar, BAAning emlash darajasi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallagani, Indoneziyada chet elliklar uchun kirish qoidalari kuchaytirilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Armanistondagi saylovlarda Nikol Pashinyan partiyasi g‘olib bo‘ldi
21 iyun 2021, 12:28

Armanistondagi saylovlarda Nikol Pashinyan partiyasi g‘olib bo‘ldi

Armaniston bosh vaziri v. b. Nikol Pashinyanning «Grajdanskiy dogovor» partiyasi parlament saylovlarida 53,92% ovoz bilan g‘olib bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinni mamlakatning sobiq prezidenti Robert Kocharyannig bloki egalladi.

Jahon yangiliklari dayjesti
27 may 2021, 20:46

Jahon yangiliklari dayjesti

Ozarbayjonning Armaniston Qurolli Kuchlarining olti nafar askarini asirga olgani, «Belavia»ning sakkizta mamlakatga reyslarni bekor qilgani, Berlinda uch jahon dini ibodatxonasi qurilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
20 may 2021, 22:00

Jahon yangiliklari dayjesti

Ukrainada oligarxiyani yo‘q qilish bo‘yicha qonunning qabul qilinishi, Isroil-Falastin mojarosi paytida G‘azoda 65 bolaning halok bo‘lgani, Yaponiyaning mudofaa xarajatlarini cheklashdan voz kechayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
3 may 2021, 21:01

Jahon yangiliklari dayjesti

Armaniston parlamentining Nikol Pashinyanni bosh vazir lavozimiga saylamagani, Saudiya Arabistonining 17 maydan boshlab chegaralarni ochayotgani, Venesuelada amaldorlarga nafaqalarning kriptovalyutada berilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
29 aprel 2021, 21:40

Jahon yangiliklari dayjesti

Buyuk Britaniya bosh vaziriga qarshi tergov boshlangani, AQSHda ijtimoiy sektorni qo‘llab-quvvatlash uchush 1,8 trln dollarlik dasturning qabul qilingani, Armanistonda turk tovarlarini sotishga qo‘yilgan taqiqning uzaytirilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Armaniston bosh vaziri iste’foga chiqdi
26 aprel 2021, 15:01

Armaniston bosh vaziri iste’foga chiqdi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazish uchun iste’foga chiqdi. Bu vaqt ichida u Vazirlar Mahkamasining rahbari bo‘lib ishlaydi.

AQSH armanlar genotsidini rasman tan oldi
26 aprel 2021, 13:33

AQSH armanlar genotsidini rasman tan oldi

AQSH prezidenti Jo Bayden Usmonli imperiyasida armanlarning ommaviy qirg‘in qilinganini rasman tan oldi. Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li buni «siyosiy opportunizm» deb atadi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bu qaror uchun Baydenga minnatdorchilik bildirdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
14 aprel 2021, 20:20

Jahon yangiliklari dayjesti

AQSH va Buyuk Britaniyaning Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishi, Qorabog‘dagi fojiada Armanistonning 4 mingga yaqin askari halok bo‘lgani, Daniyaning AstraZeneca vaksinasidan butunlay voz kechgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Nikol Pashinyan aprel oyi oxirida iste’foga chiqadi
5 aprel 2021, 15:58

Nikol Pashinyan aprel oyi oxirida iste’foga chiqadi

Ma’lum qilinishicha, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosining «hozircha aniq kuni ma’lum emas, lekin bu aprel oxirida ro‘y beradi». 20 iyun kuni esa Armanistonda navbatdan tashqari parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi.

Jahon yangiliklari dayjesti
24 mart 2021, 21:09

Jahon yangiliklari dayjesti

AQSHda hujum qurollarini sotishga taqiq qo‘yilishi mumkinligi, Slovakiyada hukumat inqirozi sababli bir necha vazirning iste’fosi, Germaniyada Pasxa ta’tillaridagi cheklovlarning bekor qilingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Armaniston qurolli kuchlari Nikol Pashinyandan iste’fo berishini talab qilishdi
25 fevral 2021, 18:23

Armaniston qurolli kuchlari Nikol Pashinyandan iste’fo berishini talab qilishdi

Armaniston qurolli kuchlari bosh shtabi mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan va hukumatning iste’fo berishini talab qilmoqda. Nikol Pashinyan ushbu harakatni «harbiy to‘ntarish qilishga urinish» deb atadi.

Armanistonda karantin cheklovlari 6 oyga uzaytirildi
12 yanvar 2021, 11:05

Armanistonda karantin cheklovlari 6 oyga uzaytirildi

Armaniston hukumati koronavirusning tarqalishi tufayli karantin choralarini yarim yilga uzaytirishni qaror qildi. Ushbu qaror bilan birga ommaviy tadbirlarda 60 nafargacha ishtirokchilarga ruxsat berilgani bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi.

Fransiya TIV Tog‘li Qorabog‘ respublikasini tan olmasligini e’lon qildi
27 noyabr 2020, 12:01

Fransiya TIV Tog‘li Qorabog‘ respublikasini tan olmasligini e’lon qildi

Fransiya o‘zini e’lon qilgan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasini tan olmaydi, deb xabar berdi mamlakat tashqi ishlar vazirligi. Avvalroq, Fransiya Senati hukumatni Tog‘li Qorabog‘ni tan olishga undaydigan rezolyutsiya qabul qilgan edi.

Jahon yangiliklari dayjesti
20 noyabr 2020, 21:19

Jahon yangiliklari dayjesti

Donald Trampning qizi Ivankaga nisbatan tergov ishlari, Armaniston poytaxtida bosh vazirga qarshi namoyishlar, Seulda koronavirusning uchinchi to‘lqini boshlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlar yakunlanishi haqida kelishuv imzolandi
10 noyabr 2020, 11:31

Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlar yakunlanishi haqida kelishuv imzolandi

Armaniston, Rossiya va Ozarbayjon rahbarlari Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarning to‘xtatilishi to‘g‘risida bayonot imzoladi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjonga yon berib, bir nechta tumanlarni, shuningdek tan olinmagan respublikaning bir qismini Bokuga o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Qaror e’lon qilinganidan keyin Yerevanda norozilik namoyishlari va tartibsizliklar boshlandi.

Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha navbatdagi tinchlik sulhi ham kuchga kirishi bilanoq buzildi
26 oktabr 2020, 12:58

Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha navbatdagi tinchlik sulhi ham kuchga kirishi bilanoq buzildi

Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha so‘nggi bir oy ichida tuzilgan ikkinchi tinchlik bitimi ham shu kunning o‘zidayoq buzildi. Soat 9:00 da Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha Vashingtonda imzolangan yangi sulh kuchga kirgan edi. Bitim kuchga kirishi bilan Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston Qurolli kuchlari yana hujum qilganini e’lon qildi. Ikki mamlakat bitimni buzishda bir-birini ayblamoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
14 oktabr 2020, 18:16

Jahon yangiliklari dayjesti

Rossiyada koronavirusga qarshi ikkinchi vaksina ro‘yxatdan o‘tgani, Xitoy iqtisodiyotining yangi rekordi, Nursultonda yangi karantin choralari va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi vaziyat keskinlashmoqda
28 sentabr 2020, 15:30

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi vaziyat keskinlashmoqda

Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar yana kuchaymoqda. Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi vaziyatning keskinlashishi oqibatida bir kun ichida ushbu hududda o‘nlab tinch aholi vakillari, shuningdek, har ikkala tomondan ham ko‘plab harbiylar halok bo‘lgan. BMT, Yevropa Ittifoqi va bir qator mamlakatlarning ikkala tomonni harakatlarni to‘xtatib, muzokaralar yo‘liga o‘tishga chorlashiga qaramasdan, vaziyat haligacha keskinligicha qolmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting