AQSH prezidentligiga nomzod Jo Bayden senator Kamala Xarrisni vitse-prezident qilib tanladi. Agar Bayden g‘alaba qozonsa, Xarris lavozimdagi birinchi ayol va birinchi qora tanli siyosatchi bo‘ladi.
Massachusets texnologiya instituti muhandislari qayta ishlatish mumkin bo‘lgan, arzon va N95 respiratori bilan bir xil himoya qiladigan silikon niqob ishlab chiqishdi.
Donald Tramp Gonkongda milliy xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqish va qabul qilishda qatnashgan kompaniyalar va shaxslarga nisbatan cheklovlar joriy etish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Shundan so‘ng Xitoy AQSHga qarshi javob sanksiyalarini qo‘llashi mumkinligi bilan ogohlantirdi.
AQSH hukumati pandemiya sababli onlayn ta’limga o‘tgan chet ellik talabalar uchun vizalarni bekor qilish rejalaridan voz kechdi. Oldinroq, Garvard universiteti va Massachusets texnologiya instituti, shuningdek 17 shtat va Kolumbiya okrugi rasmiylari Tramp ma’muriyatining ushbu qarori bo‘yicha sudga murojaat qilishgan edi.
AQSHda so‘nggi 17 yil ichida ilk bor federal darajadagi jinoyatda ayblangan mahkum qatl etildi. Uch kishilik oilani o‘ldirganlikda ayblangan 47 yoshli mahkumning tanasiga o‘lim in’eksiyasi yuborildi. Mamlakatda iyul-avgust oylarida yana uch kishi qatl etiladi.
JSST koronavirus infeksiyasining kunlik tasdiqlanish holati yana rekord darajada oshganini ma’lum qildi — kuniga 230 mingdan ortiqroq. Dunyo bo‘yicha umumiy qayd etilgan kasallik holatlari 12,93 mln, vafot etganlar soni esa 570 mingdan oshdi.
2001−2004 yillar mobaynida Qarshi-Xonobod bazasida bo‘lgan Amerikalik harbiylar zaharli moddalar va radiatsiya ta’siriga uchragan bo‘lishi mumkinligi haqidagi maxfiy hujjatlar oshkor etildi. Ma’lumotga ko‘ra, harbiylarning bazaga joylashtirilishidan oldin ushbu hududda Sobiq Ittifoq raketalari yo‘q qilingan.
USAID O‘zbekistonda agrobiznesni rivojlantirish loyihasini ishga tushirmoqda, bu qo‘shimcha qiymat ishlab chiqaradigan tarmoqlar sonini ko‘paytirish hamda mazkur jarayonga yoshlar va ayollarni jalb qilishga yordam beradi. Loyiha 18,9 million dollarga baholanmoqda.
AQSH hukumati 2020 yil kuzgi semestrda to‘liq onlayn bo‘lgan o‘quv muassasalari va dasturlarga qabul qilingan F-1 va M-1 vizasiga nomzod talabalarga viza berishni vaqtinchalik to‘xtatdi. Hozirda AQSHda bunday dasturlarda ta’lim olayotgan talabalar mamlakatni tark etishlari yoki qonuniy maqomda qolish uchun yuzma-yuz o‘qitiladigan o‘quv muassasasiga o‘tish kabi boshqa choralarni ko‘rishlari kerak bo‘ladi.
Project Hope ijtimoiy yordam tashkiloti O‘zbekistonga shaxsiy himoya vositalari, koronavirusni aniqlash testlari va 600 ming dollarlik miqdorda tibbiyot jihozlari yubordi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting