Abdulla Avloniy nomidagi malaka oshirish institutida prorektorga aloqadorligi aytilgan firmaga 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ortiqcha to‘lab berilgani aniqlandi. Antikorrupsiya agentligi manfaatlar to‘qnashuvi yuz bergani va holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini bildirdi.
Antikorrupsiya agentligi 2022 yil uchun davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik indeksini e’lon qildi. Unda birinchi uchtalikni Statistika agentligi, Bojxona qo‘mitasi va Toshkent viloyati hokimligi egallagan bo‘lsa, so‘nggi o‘rinlarni «Qishloqqurilish invest», «Yo‘lqurilish» va MTRK band qildi.
O‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, 39 foiz yoshlar pora berishni korrupsiya deb hisoblamaydi, dedi Antikorrupsiya agentligi rahbari. Senator Mahmud Parpiyevning aytishicha, bu korrupsiyaga qarshi kurashda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ko‘plab ishlardan dalolat beradi.
Mudofaa vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligining davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun buzilishi haqidagi xabarini rad etdi. Huquqbuzarliklar Mudofaa vazirligi budjet mablag‘lariga aloqasi bo‘lmagan «Xarbiy savdo» korxonalarining 5 yillik faoliyati davomida sodir etilgan, deyiladi xabarda.
Bank tizimi ta’lim sohasidan keyin eng korrupsiyalashgan tarmoq hisoblanadi, dedi Antikorrupsiya agentligi rahbari. Ikki yilda 676 nafar bank xodimi 354,2 mlrd so‘mni talon-toroj qilgan. «Bu raqamlar islohotlarga soya solmoqda va xalq ishonchiga putur yetishiga sabab bo‘lmoqda», — dedi Akmal Burxonov.
Antikorrupsiya agentligi rahbari Toshkent O‘zbekistondagi eng korrupsiyalashgan hududlardan biri ekanini aytdi. Poytaxtda korrupsiyaga oid jinoyatlar soni yil davomida uch barobarga oshgan. Bundan tashqari, internetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqidagi xabarlarning yarmi poytaxt hissasiga to‘g‘ri keladi.
Toshkent shahri va 7 ta hudud hokimiyatlari ochiq ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid ravishda mahalliy budjetlarning ijrosi va birinchi chorakda mablag‘larni yo‘naltirish maqsadlari to‘g‘risidagi axborotlarni joylashtirmagan. Ular Antikorrupsiya agentligi tomonidan ogohlantirildi.
Antikorrupsiya agentligi Shofirkon tumani tibbiyot birlashmasi faoliyatida 1,2 mlrd so‘mdan ko‘proq moliyaviy xato va kamchiliklarni aniqladi. Birlashmada aslida ishlamagan xodimlar uchun oylik ish haqlari to‘langani, tibbiyot texnikalari qimmat narxda sotib olingani, pullik tibbiy xizmatdan tushgan mablag‘lar maqsadsiz sarflangani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Antikorrupsiya agentligi Shaxmat federatsiyasi bilan bog‘liq moliyaviy operatsiyalarni o‘rganib, federatsiyaga 2020−2021 yillarda budjetdan mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratilmaganini aniqladi. 2021 yilda faqat Turizm va sport vazirligi 6 ta tadbir uchun federatsiyaga 2,8 mlrd so‘m mablag‘ bergan. Agentlik Shaxmat federatsiyasi NNT bo‘lgani bois, uning faoliyatini to‘xtatib qo‘yish uchun hujjatlarni Adliya vazirligiga yubordi.
Antikorrupsiya agentligi Mehnat kodeksiga davlat organlariga o‘zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishni taqiqlovchi o‘zgartishlar kiritishni taklif qildi. Qarindoshligi haqida xabar bermagan xodimlarga 5,4 mln so‘mgacha, xodimlarning qarindoshligini bila turib chora ko‘rmagan mansabdorlarga esa 8,1 mln so‘mgacha jarima qo‘llanilishi mumkin.
Antikorrupsiya agentligi rahbari Akmal Burxonov Korrupsion jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning reyestri to‘g‘risidagi qonun ishlab chiqilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasi yaqin kunlarda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.
Adliya vazirligi korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha prezident farmoni loyihasini muhokama uchun e’lon qildi. Unga ko‘ra, korrupsion jinoyatni sodir etganlarning ochiq elektron reyestrini yuritish, ularning davlat xizmatida ishlashi va saylovlarda qatnashishini taqiqlash taklif etilmoqda. Shuningdek, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikning kuchaytirilishi kutilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Coca-Cola korxonasining xususiylashtirilishi bo‘yicha Davaktiv munosabatiga javob berdi va jarayonning davom ettirilishiga e’tirozi yo‘qligini ma’lum qildi.
Davaktiv Antikorrupsiya agentligining «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd»ni xususiylashtirish bo‘yicha tenderni to‘xtatishni so‘rab kiritgan taqdimnomasiga munosabat bildirdi. Davaktiv Antikorrupsion agentlik va jamoatchilik bilan xususiylashtirishni xalqaro amaliyot qoidalariga muvofiq holda sotish jarayoni yuzasidan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting