«amudaryo» tegli maqolalar


Prezident: “Suv tekin emas, degan g‘oyani aholiga chuqur singdirish lozim”
17 noyabr 2023, 15:28

Prezident: “Suv tekin emas, degan g‘oyani aholiga chuqur singdirish lozim”

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi chog‘ida O‘zbekistondagi suv muammosi haqida gapirdi. U “suv tekin emas”, degan g‘oyani aholiga chuqur singdirish va buni kundalik turmush qoidasiga aylantirish asosiy vazifa bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

O‘zbekiston suv vaziri Qo‘shtepa kanali orqali Afg‘oniston Amudaryodan qancha suv olishi mumkinligini ma’lum qildi
26 iyun 2023, 18:10

O‘zbekiston suv vaziri Qo‘shtepa kanali orqali Afg‘oniston Amudaryodan qancha suv olishi mumkinligini ma’lum qildi

Afg‘oniston Qo‘shtepa kanali orqali 600 ming gektar yerni sug‘ormoqchi ekani haqidagi gaplar asossiz. O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayevning aytishicha, “Tolibon” taxminan 300 ming gektarni sug‘ormoqchi, bunga 4−5 mlrd kub metr suv yetadi. O‘zbekiston mana shu miqdor saqlanib qolishiga intiladi.

Qoraqalpog‘iston qo‘riqxonasida uch kun davom etgan yong‘in 35 gektar o‘rmonga zarar yetkazdi
30 noyabr 2021, 19:35

Qoraqalpog‘iston qo‘riqxonasida uch kun davom etgan yong‘in 35 gektar o‘rmonga zarar yetkazdi

27 noyabr kuni Qoraqalpog‘istonning quyi Amudaryo biosfera rezervatida boshlangan o‘rmon yong‘inlari 30 noyabrning tongiga kelib to‘liq o‘chirildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rmonning 30−35 gektar maydoni zarar ko‘rgan. Yong‘in boshlangan hududda chodirlar o‘rnatilgani ma’lum qilindi.

Amudaryo orqali o‘tadigan ko‘prikning qiymati — 174 mln dollar
22 sentabr 2021, 15:12

Amudaryo orqali o‘tadigan ko‘prikning qiymati — 174 mln dollar

Amudaryo orqali Xorazm viloyati Qoraqalpog‘iston Respublikasini bog‘lovchi ko‘prik qurilishi loyihasining qiymati 174 million dollar. Prezident mazkur qurilayotgan ko‘prikni ko‘zdan kechirdi.

Xorazm va Qoraqalpog‘istonni bog‘laydigan avto va temir yo‘l ko‘prigi quriladi
14 dekabr 2020, 16:13

Xorazm va Qoraqalpog‘istonni bog‘laydigan avto va temir yo‘l ko‘prigi quriladi

Amudaryo bo‘ylab Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonni bog‘laydigan deyarli 413 m uzunlikdagi avtomobil va temir yo‘l ko‘prigi quriladi. Shuningdek, Shovot tumanidan Korauzoq tumanigacha 79 kilometrlik temir yo‘l quriladi. Qurilishni yanvar oyida boshlash rejalashtirilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting