Samarqandda akvaparkdagi raqqosalardan OITS va OIV uchun qon tahlillari olinib, ular bilan suhbat uyushtirilgani aytilgandi. IIV holatni rad etib, buni “shoshma-shosharlik bilan tayyorlangan ma’lumot” deb atadi va viloyat IIB xodimlarining harakatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlanganini bildirdi.
Samarqand viloyatidagi akvaparkda suzish kiyimida raqs tushayotgan qizlar aks etgan video tarqaldi. IIB tashkilotchi ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzgani, unga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilganini ma’lum qildi. Raqqosalar OIV infeksiyasiga tekshirilib, suhbatdan o‘tkazildi.
Toshkentdagi akvaparklardan birining kiyim almashtirish xonasidan kameralar aniqlandi. IIBB murojaatni o‘rganib, kameralar tashrif buyuruvchilarning buyumlari saqlanadigan qismda joylashgani va o‘g‘rilikning oldini olish maqsadida o‘rnatilganini ma’lum qildi. Xodimlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Prezident «Texnopark» (sobiq TAPOiCh aviatsiya zavodi) hududida qurilayotgan akvapark va Astronomiya parkidagi gullar bog‘i loyihasi bilan tanishdi. Toshkent shahar hokimi o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, poytaxtdagi yopiq akvapark Markaziy Osiyoda eng yirigi bo‘ladi.
Prezident Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi «Texnopark» hududida quriladigan yangi akvapark, Astronomiya parkida barpo etiladigan gullar bog‘i, davlat muzeylarini rekonstruksiya qilishga qaratilgan loyiha hamda «Yangi O‘zbekiston» universiteti qurilishiga oid taqdimot bilan tanishdi (foto).
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting