«adliya vazirligi» tegli maqolalar


19 may 2021, 16:49

Adliya vazirligi: O‘zbekiston shubhasiz fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida olg‘a qadam tashlamoqda

Adliya vazirligi «Bir qadam oldingami? O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishini qanday baholash mumkin» maqolasiga o‘z izohlarini e’lon qildi.

22 aprel 2021, 15:51

Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish tartibini murakkablashtirish taklif etilmoqda

Adliya vazirligi «Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida"gi qonun loyihasini taqdim etdi. «Davlat ehtiyojlari» tushunchasidan voz kechish, yer uchastkalari olib qo‘yilishi mumkin bo‘lgan aniq holatlarning tugal ro‘yxati keltirilib, jarayonlarni murakkablashtirish va «misli ko‘rilmagan shaffoflik standartlari» ni o‘rnatish taklif etilmoqda.

24 mart 2021, 14:27

Elektr ta’minotiga ulanish uchun yig‘im joriy qilish taklifi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishilmagan

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Energetika vazirligining tadbirkorlarning elektr tarmog‘iga ulanishi uchun bir martalik 14,7 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lovni joriy etish to‘g‘risidagi hujjat loyihasini kelishilmaganini ma’lum qildi. Loyihaning dastlabki versiyasida to‘lovlar kamroq miqdorda bo‘lgan, qolaversa, unda maishiy iste’molchilarning ham to‘lov qilishi nazar tutilgan edi.

17 mart 2021, 09:28 1

Qoidabuzarlarni tasvirga olayotganlar sotqinmi yoki yo‘q — Adliya vazirligi Kusherbayevga javob qaytardi

Adliya vazirligi mutaxassisi qoidabuzar haydovchilarni tasvirga olib, pul ishlayotganlarni vatanni ham sotishga tayyorlikda ayblagan Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning mulohazalariga javob qaytardi. «Huquqbuzarlikning oldini oluvchilarga „sotqin“ deya tamg‘a bosiladigan bo‘lsa, men ularga qarshi „sotqin“ bo‘lishga tayyorman va bundan g‘ururlanaman», — dedi Adliya vazirligining Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat boshqarmasi boshlig‘i Shoxidaxon Yuldasheva

16 mart 2021, 15:55

Niqobsiz yurganlik uchun jarima bekor qilingani yo‘q — Adliya vazirligi

O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi munosabati bilan joriy etilgan niqobli tartib bekor qilinmagan. Karantinli sharoitda niqobsiz bo‘lganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha (1 mln 225 ming so‘m) miqdorda jarima solinadi, deb ogohlantirdi Adliya vazirligi matbuot kotibi.

18 fevral 2021, 23:17

Adliya vazirligi «Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolaga javob berdi

Adliya vazirligi NNTlar sohasidagi byurokratik muammolar to‘g‘risida «Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolaga javob berdi. Vazirlikning fikriga ko‘ra, NNTni ro‘yxatdan o‘tkazishni «rad etish uchun ko‘plab sabablar bo‘lishi mumkin» va «ularning barchasi qonunchilikda qayd etilgan».

17 fevral 2021, 15:29

Majburiy yoki qasddan byurokratiya? O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining tartibga solinishi

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov OAV bilan suhbatda NNTlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va tartibga solish bo‘yicha savollarga javob berdi. Kolumnist Dilmurod Yusupov bu sohada amalga oshirilgan ishlar va bajarilmagan vazifalarni tahlil qiladi.

9 dekabr 2020, 15:55

Aliment to‘lamaganlar avtotransport boshqarish huquqidan vaqtincha mahrum qilinishi taklif etildi

9 dekabr kuni Adliya vazirligida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva rahbarligida oila qonunchiligini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxslarga nisbatan majburiy jamoat ishlari hamda transport vositasini boshqarish huquqini vaqtincha cheklash kabi choralar qo‘llash taklif etildi.

5 dekabr 2020, 13:31

O‘zbekiston volontyorlari assotsiyatsiyasi tashkil etildi

4 dekabr kuni Adliya vazirligi tomonidan «O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi» davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Assotsiatsiyaning asosiy maqsadi volontyorlik faoliyatini tashkil etish tashabbuslarini rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash hamda volontyorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

5 noyabr 2020, 18:33

«Adolat» milliy huquqiy axborot markaziga direktor tayinlandi

Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Furqat Tojiyev «Adolat» milliy huquqiy axborot markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

15 oktabr 2020, 16:10

Qaysi ma’lumotnomalar ko‘p so‘ralayotgani va qaysi idoralari ularni talab qilayotgani aniqlandi

DXM qaysi ma’lumotnomalar ko‘p so‘ralayotgani va qaysi davlat idoralari ularni talab etayotganini o‘rgandi. Monitoring natijasida ushbu hujjatlar asosan sog‘liqni saqlash, ichki ishlar organlariga ishga kirish hamda kredit olish uchun uchun so‘ralayotgani ma’lum bo‘ldi.

28 avgust 2020, 18:05

1 oktyabrdan «Mobil qullik» bekor qilinishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 1 oktyabrdan mobil telefon raqamini o‘zgartirmasdan turib boshqa kompaniyaga o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ladi. Buning uchun mobil aloqa operatori bilan tegishli shartnoma tuzish kerak bo‘ladi.

11 avgust 2020, 17:33

Qonunchilikda ilk bor audiobuk shaklidagi normativ hujjat tayyorlandi

O‘zbekistonda birinchi marta audiobuk shakliga ega normativ hujjat tayyorlandi. Adliya vazirining buyrug‘i hisoblangan ushbu hujjat notariuslar faoliyatiga tegishli bo‘lib, uni respublika hududlaridagi notariuslarga tarqatilishi ma’lum qilindi.

5 avgust 2020, 13:51

FHDYO organlarining qog‘oz shaklidagi arxivlari raqamlashtiriladi

Yil yakuniga qadar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organlari arxivlarida qog‘oz tashuvchilarda saqlanayotgan hujjatlarning elektron bazasi shakllantiriladi. Buning uchun respublika byudjetidan 30 mlrd so‘m ajratilishi belgilangan.

16 iyul 2020, 12:53

Vafot etgan DXA xodimida ham koronavirus aniqlangan

Adliya vazirligi matbuot kotibi Davlat xizmatlari agentligining Navoiy viloyati boshqarmasi bosh yuriskonsulti Adhamjon Dexkanov vafot etganini, hamda unda COVID-19 infeksiyasi aniqlanganini ma’lum qildi.

13 iyul 2020, 19:29

Respublika maxsus komissiyasining qarorlari nima sababdan to‘liq e’lon qilinmayapti?

Respublika maxsus komissiyasining qarorlari nima sababdan to‘liq e’lon qilinmayotganiga izoh berildi. Xususan, ayrim bandlar davlat manfaatlari va xavfsizligiga aloqador bo‘lgani uchun oshkor qilinmasligi aytildi.

13 iyul 2020, 17:02

Respublika maxsus komissiyasi qarorlar chiqarishga qanchalik vakolatli?

“Maxsus komissiyaning tuzilishi va uning vakolatliligi borasida ikkilanishga o‘rin yo‘q”, — adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov maxsus komissiyaning tuzilishi va pandemiya sharoitida cheklovlar kiritish bo‘yicha qarorlarni qabul qilish vakolati mamlakat Konstitutsiyasi va qonunchiligiga to‘la mos kelishini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting