«adliya vazirligi» tegli maqolalar


19 yanvar 2022, 09:53

Qariyb 10% fermerlar bilan uzoq muddatli ijara shartnomasi tuzilmagan — Adliya vazirligi

Adliya vazirligi «Fermerga madad» huquqiy aksiyasi doirasida qariyb 10 foiz fermer xo‘jaliklari bilan yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomasi tuzilmaganini aniqlandi. Shundan kelib chiqib, Qoraqalpog‘iston adliya vaziri hamda viloyatlar adliya boshqarmalari boshliqlariga fermerlar va tuman hokimlari o‘rtasida ijara shartnomasini tuzilishini ta’minlash vazifasi topshirildi.

30 dekabr 2021, 10:45

Aktam Muxammadiyev Adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi

Prezident qarori bilan Aktam Muxammadiyev adliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

27 dekabr 2021, 14:46

Ilk bor notarial harakat to‘liq onlayn tarzda amalga oshirildi

O‘zbekistonda ilk bor notarial harakat to‘liq onlayn ravishda amalga oshirildi. Videokonferensaloqa orqali voyaga yetmagan bolani xorijga olib chiqishga rozilik arizasi rasmiylashtirildi.

23 dekabr 2021, 16:45

Adliya vazirligi chet el valyutasida qarz berishni notarial tasdiqlash bo‘yicha mexanizmni ishlab chiqdi

Adliya vazirligi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilgan qonun loyihasiga ko‘ra, qarz summasi chet el valyutasida belgilanganda shartnoma yozma shaklda tuzilishi va notarial tartibda tasdiqlanishi shart bo‘ladi. Vazirlik bu fuqarolar «o‘zining qonuniy manfaatlarini sudda to‘liq himoya qilishiga huquqiy asos bo‘ladi» deb hisoblamoqda.

11 dekabr 2021, 20:43

Xotin-qizlarni ta’qib qilganlik uchun javobgarlik joriy etish taklif qilindi

Adliya vazirligi xotin-qizlarni himoya qilishni kuchaytirish, jumladan ularni ta’qib qilish, gap otish, shaxsiy hayotiga daxl qiluvchi turli foto-videolarni tarqatish holatlari uchun javobgarlik joriy etish, shuningdek, xususiy sektor hisobiga ayollarni qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlar sonini oshirishni taklif qildi.

9 dekabr 2021, 17:19

Adliya vaziri o‘rinbosari Akbar Tashkulov lavozimidan ozod etildi

2017 yildan beri adliya vazirining o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Akbar Tashkulov lavozimidan ozod etildi. U Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimiga tayinlanishi kutilmoqda.

1 dekabr 2021, 20:57

Avtomobilda quloqchin va garnituralarsiz telefonda gaplasha olmaysiz — Adliya vazirligi

Adliya vazirligi bugun e’lon qilingan qonunga tushuntirish berdi. Unda aytilishicha, haydovchilar telefonda faqat bluetooth, quloqchin va boshqa garnituralar orqali gaplasha oladi, lekin telefonning o‘zidan foydalana olmaydi.

30 noyabr 2021, 13:46

Adliya vazirligi Rasul Kusherbayevni «qora bozor»dan valyuta ayirboshlaganini qoraladi

Adliya vazirligi deputat Rasul Kusherbayevning valyutani bila turib «qora bozor»dan ayirboshlaganini amaldagi qonunlarni buzishga qaratilgan namoyishkorona harakat deb baholadi. «Rasul Kusherbayevning shaxsiy o‘rnak sifatida qonunlarni buzish orqali muammoni hal etish usulini tanlagani, shu orqali huquqiy nigilizmni targ‘ib qilishga olib kelayotganini oqlab bo‘lmaydi», — deyiladi xabarda. Vazirlik ushbu muammo mavjudligini tan olgan, biroq uni birgalikda hal qilishga chorlagan.

4 noyabr 2021, 12:48

IIVning «Topilmalar stoli» ni bekor qilish rejalashtirilmoqda

Adliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi «Topilmalar stoli» ni bekor qilib, topilgan narsalarni qabul qilish, saqlash va qaytarish funksiyalarini Davlat xizmatlari agentligiga o‘tkazishni taklif qilmoqda. Kelgusi yilning mart oyidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yo‘qotkan ashyolar haqida xabar berish mumkin bo‘ladi.

22 oktabr 2021, 14:42

Endi uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni sodir etganlar ham farzand asrab olishi mumkin

Prezident farzand asrab olish tartiblarini soddalashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, hayotga, sog‘liqqa qarshi, giyohvandlik va boshqa jinoyatlarni qasddan sodir etganlar bola asrab olishi mumkin emas deb belgilanmoqda. Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni sodir etgan va jazo muddatini o‘taganlarga esa farzand asrab olishga ruxsat beriladi. Qolaversa, farzandlikka oluvchi va olinuvchi yoshidagi farq 15 yoshdan kam bo‘lmasligi shart.

18 oktabr 2021, 11:31

Prezidentning o‘z belgisi va shtandarti bo‘ladi

Deputatlar davlat rahbarining o‘z belgisi va shtandartini (bayrog‘i) joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Ular saylangan prezidentga uning qasamyodidan keyin topshiriladi.

13 oktabr 2021, 10:18

Andijon tibbiyot institutida shanbalik uchun xodimlardan ushlab qolingan 150 mln so‘m qaytarildi

Andijon tibbiyot instituti xodimlari shanbalik uchun maoshidan pul ushlab qolinishiga o‘z ixtiyori bilan rozi bo‘lgani haqidagi xabarlar institut tomonidan “feyk xabar” deya aytilgan edi. Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan holat o‘rganish natijasida 150 mln so‘m pul mablag‘lari institut xodimlariga to‘liq qaytarildi.

11 oktabr 2021, 11:54

Aholidan ortiqcha hujjat talab qilgan 9 ta vazirlik va idora rahbar xodimlari javobgarlikka tortildi

Adliya vazirligi davlat xizmatlarini ko‘rsatishda aholidan ortiqcha hujjat talab qilgan — Bandlik va mehnat munosabatlari, Innovatsion rivojlanish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Davlat ekologiya qo‘mitasi, 3 ta agentlik va 2 ta inspeksiyaning rahbar xodimlarini jarimaga tortdi. Qolaversa, davlat idoralarning 38 nafar ma’sul xodimiga intizomiy jazo qo‘llanildi.

18 sentabr 2021, 10:17

Transparency Uzbekistan tahliliy markazi tashkil etildi

Adliya vazirligi korrupsiya va ochiqlikni o‘rganuvchi birinchi nodavlat notijorat tashkilot — “O‘zbekistonda ochiqlik va shaffoflik” tahlil markazini ro‘yxatdan o‘tkazdi.

7 sentabr 2021, 16:50

«O‘zbekistonda diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi» — Adliya vazirligi

Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, diniy mavzuda chiqishlar qiladigan ayrim shaxslar tomonidan ayollarning huquqlarini cheklash, hech qaysi dinga e’tiqod qilmaydiganlarga nisbatan nafrat uyg‘otish, dunyoviylik prinsipidagi qonunlarni shubha ostiga olish holatlari aniqlangan. «Insonlar xulq-atvoriga alohida shaxslarning axloqiy-diniy qarashlari bilan emas, balki amaldagi qonunchilik nuqtai nazaridan baho berilishi lozim», — deya ta’kidladi vazirlik.

26 avgust 2021, 09:10

Fermerlarni qanday muammolar qiynamoqda — Adliya vazirligi monitoringi

Fermer va sotib oluvchi tashkilotlar, klasterlar va yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi shartnomalarda yo‘l qo‘yilayotgan xatolar, fermer xo‘jaliklarining 180 mlrd so‘mdan ko‘proq qarzga botgani va boshqalar — Adliya vazirligi «Fermerga madad» aksiyasi doirasida fermerlar manfaatlariga eng ko‘p zarar yetkazayotgan holatlarni o‘rganmoqda. Vazirlik ushbu sohadagi muammolarni bartaraf etish uchun bir qancha choralarni taklif qilmoqda.

12 avgust 2021, 13:23

Yo‘llarga sarflanayotgan mablag‘lar ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish taklif etilmoqda

Adliya vazirligi avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash borasidagi barcha ma’lumotlar joylashtiriladigan ochiq platformani ishga tushirishni taklif qildi. Uning yordamida yo‘l infratuzilmasiga yo‘naltirilgan mablag‘larning sarflanishini nazorat qilish va yo‘llardagi nosozliklar haqida xabar berish mumkin bo‘ladi.

11 avgust 2021, 10:38

Adliya vazirligi bir qator huquqbuzarliklar bo‘yicha jarimalar miqdorini kamaytirishni taklif etdi

Yangi qonun loyihasida Adliya vazirligi pasport tizimi qoidalarini buzish, noqonuniy valyuta operatsiyalari va yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashish uchun jarimalarni sezilarli darajada kamaytirishni taklif qilmoqda.

10 avgust 2021, 02:41

Mashina boshqarayotganda telefondan foydalanishga ruxsat berish taklif qilinmoqda

Adliya vazirligi haydovchilarga quloqchin va boshqa uskunalar orqali telefondan foydalanishga ruxsat berishni taklif qilmoqda. Salonga monitor o‘rnatganlik uchun jarimani bekor qilish ham taklif etilmoqda. Bundan tashqari, haydovchilik guvohnomasi, sug‘urta polisi va texpasport olib yurmasdan avtomobildan foydalanishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.

29 iyul 2021, 21:34

Adliya vazirligi O‘zbekiston gerbi va bayrog‘i tasvirlangan oyoq kiyimini «davlat ramzlariga hurmatsizlik» deb baholadi

Italiyalik dizayner Stefano Richchi O‘zbekiston gerbi va bayrog‘i aks etgan 18 mln so‘mlik poyabzallar taqdim etdi. Adliya vazirligi buni «davlat ramzlariga hurmatsizlik» deb baholadi. Shuningdek, Toshkent adliya boshqarmasi poytaxtdagi davlat organlarida davlat ramzlaridan foydalanishda 363 ta qonunbuzilish holatlarini aniqlagan. Natijada, 55 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting