Sport

5 avgust 2021, 01:18

Tokio-2020. 5 avgust uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining 13-kunida to‘rtta sport turi bo‘yicha 8 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.

4 avgust 2021, 20:08

Tokio-2020: O‘zbekiston Olimpiadaning o‘n ikkinchi kunini medalsiz yakunladi

Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining o‘n ikkinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar yengil atletika, kanoeda eshkak eshish, boks hamda erkin kurash bellashuvlarida qatnashishdi. Musobaqaning navbatdagi kunini O‘zbekiston medalsiz yakunladi. Shunday bo‘lsa-da, bokschi Bahodir Jalolov Olimpiada finaliga chiqdi va oltin medal uchun kurashni davom ettiradi.

4 avgust 2021, 11:31

Tokio-2020. Bahodir Jalolov finalga yo‘l oldi

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining final bosqichiga yo‘l oldi. Unga finalda AQSh vakili Richard Torres raqiblik qiladi.

4 avgust 2021, 01:41

Tokio-2020. 4 avgust uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining 12-kunida to‘rtta sport turi bo‘yicha 6 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.

3 avgust 2021, 20:31

Tokio-2020: O‘zbekiston Olimpiadaning o‘n birinchi kunida bitta oltin medalni qo‘lga kiritdi

Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining o‘n birinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar yengil atletika, yunon-rum kurashi, boks hamda og‘ir atletika bellashuvlarida qatnashishdi. Musobaqaning navbatdagi kunida O‘zbekiston bitta oltin medalga ega bo‘ldi.

3 avgust 2021, 17:50 1

Tokio-2020. Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev O‘zbekistonga oltin medal olib keldi

Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarining og‘ir atletika sportida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Akbar Jo‘rayev oltin medalni qo‘lga kiritdi va ikkita yo‘nalish bo‘yicha Olimpiada rekordini o‘rnatdi.

3 avgust 2021, 15:08

“Roma"ga o‘tish Eldorning o‘z mehnati va harakati samarasi”. Shomurodov haqida bildirilgan fikrlar

Italiyaning “Roma” klubiga o‘tgan o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov haqida uning agenti hamda “Roma” klubi bosh direktori fikr bildirdi. Shuningdek, Shomurodov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi. “Vatanimni tanitishdan faxrlanaman”, — deydi u. Bundan tashqari Eldor Shomurodov klubdagi fotogalereyasini ham o‘tkazdi (foto, video).

3 avgust 2021, 09:53

Rasman: Eldor Shomurodov Roma klubiga o‘tdi

Italiyaning «Roma» klubi «Jenoa» safida to‘p surgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov transferi uchun 17,5 mln yevro to‘ladi. Futbolchi rimliklar bilan 2026 iyunining oxirigacha shartnoma imzoladi. Shomurodov «bo‘rilar» safida 14 raqam ostida harakat qiladi.

2 avgust 2021, 16:04

Tokio-2020: Olimpiadaning o‘ninchi kunida ham O‘zbekiston medallarsiz qoldi

Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining o‘ninchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar yengil atletika hamda yunon-rum kurashi bellashuvlarda qatnashishdi. Ammo musobaqaning navbatdagi kuni ham O‘zbekiston uchun medallarsiz yakunlandi.

1 avgust 2021, 18:27

Tokio-2020: O‘zbekiston boks bo‘yicha kamida bitta Olimpiada medalini naqd qildi

Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining to‘qqizinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar yengil atletika, yunon-rum kurashi, boks va og‘ir atletika bo‘yicha bellashuvlarda qatnashishdi. Bokschi Bahodir Jalolov yarim finalga yo‘l olib, Olimpiada medalini naqd qilgan bo‘lsa, qolgan sportchilar musobaqada o‘z ishtiroklarini yakunlashdi.

31 iyul 2021, 11:18

Tokio-2020: Olimpiadaning sakkizinchi kunida ham O‘zbekiston medallarsiz qoldi

Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining sakkizinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar dzyudo, boks va o‘q otish bo‘yicha bellashuvlarda qatnashishdi. Bokschilar Elnur Abduraimov va Shahobiddin Zoirov chorak finalga yo‘l olgan bo‘lsa, qolgan sportchilar musobaqada o‘z ishtiroklarini yakunlashdi.

31 iyul 2021, 01:52

Tokio-2020. 31 iyul uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining sakkizinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar dzyudo bo‘yicha jamoaviy musobaqalarda hamda boks va o‘q otish bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etadi.

30 iyul 2021, 18:31

Tokio-2020: O‘zbekiston Olimpiadaning yettinchi kunini ham medallarsiz yakunladi

Tokioda o‘tkazilayotgan Olimpiya o‘yinlarining yettinchi kunida 5 nafar o‘zbekistonlik sportchilar bellashuvlarda qatnashishdi. Ular orasida bokschi Rayhona Qodirova keyingi bosqichga yo‘llanma olgan bo‘lsa, qolgan barcha sportchilar musobaqadagi ishtiroklarini tugatishdi.

30 iyul 2021, 02:01

Tokio-2020. 30 iyul uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining yettinchi kunida to‘rtta sport turi bo‘yicha 5 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.

29 iyul 2021, 21:25

O‘zbekiston ikki boks jangi natijalaridan norozilik bildirib Olimpiada komissiyasiga murojaat qildi

O‘zbekiston o‘zbek sportchilari ishtirokidagi ikki boks jangi natijalaridan norozi bo‘lib, Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari komissiyasiga murojaat qildi. Komissiya besh nafar hakam faoliyatini ekspertlar kuzatayotgani, biroq janglar natijalari qayta ko‘rib chiqilmasligini ma’lum qildi.

29 iyul 2021, 14:09

Tokio-2020: Olimpiadaning oltinchi kunini O‘zbekiston medallarsiz yakunladi

Tokioda o‘tkazilayotgan Olimpiya o‘yinlarining oltinchi kunida 6 nafar o‘zbekistonlik sportchilar bellashuvlarda qatnashishdi. Ular orasida bokschi Bahodir Jalolov keyingi bosqichga yo‘llanma olgan bo‘lsa, qolgan barcha sportchilar musobaqadagi ishtiroklarini tugatishdi.

29 iyul 2021, 10:51

Eldor Shomurodov “Roma"ga o‘tmoqda

Sport jurnalistlari Nikolo Skira hamda Fabritsio Romano o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodovni Italiyaning “Roma” klubi bilan kelishuvga erishgani haqida ma’lum qilishdi. Rimliklar hujumchini 16 mln yevro evaziga sotib olish huquqi bilan ijaraga oldilar. Shomurodov endi 2026 yilgacha “Roma” manfaatlarini himoya qiladi.

29 iyul 2021, 00:46

Tokio-2020. 29 iyul uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining oltinchi kunida uchta sport turi bo‘yicha 6 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.

28 iyul 2021, 17:31

Tokio-2020: O‘zbekiston Olimpiadaning beshinchi kunini bronza medali bilan yakunladi

Tokiodagi Olimpiadaning beshinchi kunida dzyudochi Davlat Bobonov bronza medali sohibiga aylanib, O‘zbekiston terma jamoasiga musobaqadigi ikkinchi medalni keltirdi. Bokschilar Mirazizbek Mirzahalilov va Dilshod Ro‘zmetovlar Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroklarini tugatishdi. Dzyudochi Gulnoza Matniyazova ham yakka bahslardagi ishtirokini muvaffaqiyatsiz yakunlab, aralash jamoaviy yo‘nalishdagi ishtirokiga tayyorlanadi.

28 iyul 2021, 17:30

«Roma» Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda — OAV

Italiyaning «Roma» klubi o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda. Xabarlarga ko‘ra, rimliklar futbolchi uchun 15 mln yevro taklif qilgan, ammo «Jenoa» jamoasi forvard uchun 20 mln yevro talab qilishmoqda. Insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, Shomurodov faoliyatini «Roma»da davom ettirishga yaqin.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting