Sport

23 dekabr 2020, 14:06

O‘zbekistonlik tennischi kelishilgan uchrashuvlar uchun 7 yilga diskvalifikatsiya qilindi

O‘zbekistonlik tennischi Temur Ismoilov kelishilgan uchrashuvlarda qatnashganligi uchun 12 ming dollarga jarimaga tortildi va 7 yilga diskvalifikatsiya qilindi.

22 dekabr 2020, 11:12

Shota Arveladze «Paxtakor»dan ketdi

«Paxtakor» bosh murabbiyi Shota Arveladze klubni tark etganini e’lon qildi.

18 dekabr 2020, 05:01

FIFA Robert Levandovskini yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’lon qildi

FIFA tomonidan o‘tkazilgan The Best 2020 marosimida «Bavariya» klubi hujumchisi Robert Levandovski yilning eng yaxshi futbolchisi va «Liverpul» klubi bosh murabbiysi Yurgen Klopp yilning eng yaxshi murabbiysi sovrinlarini qo‘lga kiritishdi.

16 dekabr 2020, 16:15

O‘zbekistonda ilk bor VAR tizimidan foydalaniladi

20 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston kubogining final uchrashuvida VAR tizimi qo‘llaniladi. O‘zbekiston kubogi finali Namangan shahridagi «Navbahor» markaziy stadionida o‘tkaziladi.

15 dekabr 2020, 21:25

Otabek Umarov Osiyo Olimpiya Kengashining vitse-prezidenti etib saylandi

O‘zbekiston 2025-yil IV yoshlar Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilishi munosabati bilan Otabek Umarov Osiyo Olimpiya Kengashining vitse-prezidenti etib saylandi. “Toshkentda o‘tadigan 2025-yilgi yoshlar Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish Yangi O‘zbekiston uchun jahon hamjamiyati oldidagi jiddiy sinovlardan biri”, — deya ta’kidladi Otabek Umarov.

14 dekabr 2020, 16:49

UEFA Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga qur’a tashlandi

14 dekabr kuni futbol bo‘yicha UEFA Chempionlar ligasining 2020/2021 yil 1/8 final uchrashuvlari uchun qur’a tashlandi. 1/8 finalning dastlabki bahslari 16, 17, 23 va 24 fevral kunlari o‘tkaziladi.

10 dekabr 2020, 12:04

Otabek Umarov Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatiladi

2025 yil Toshkent ilk bor yirik kompleks musobaqa — IV yoshlar Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Otabek Umarov nomzodini Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidentligiga ilgari suradi. “OOK vitse-prezidentligiga ko‘rsatilayotgan nomzod ayni paytda eng munosib vakil deb aytishim mumkin”, — dedi MOQ prezidenti.

9 dekabr 2020, 11:29

Chempionlar ligasidagi o‘yin rasizm mojarosi sababli qoldirildi

8 dekabr kuni Yevropa Chempionlar Ligasi doirasidagi «Pari Sen-Jermen» — «Istanbul Bashakshexir» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 14-daqiqada to‘xtatib qo‘yildi. Bunga sabab, ruminiyalik to‘rtinchi hakam Sebastyan Kolteskuning turk jamoasi bosh murabbiysi assistenti Per Veboni «qora yigit» deb atagani bo‘ldi.

7 dekabr 2020, 21:51

Toshkentda piyodalar va vilosipedchilar uchun 50 kilometrlik yo‘laklar quriladi

Toshkentning barcha tumanlarida piyodalar va velosipedchilar uchun uzunligi 50 kilometr bo‘lgan «Salomatlik yo‘laklari» tashkil etiladi.

25 noyabr 2020, 22:15

Diyego Maradona vafot etdi

Argentinalik futbol afsonasi Diyego Maradona 60 yoshida olamdan o‘tdi.

25 noyabr 2020, 17:58

FIFA 2020 yilning eng yaxshi futbolchisi, darvozaboni va murabbiysi sovrinlariga nomzodlarni e’lon qildi

FIFA 2020 yilning eng yaxshi futbolchisi, darvozaboni va murabbiysi sovrinlariga nomzodlarni e’lon qildi. FIFA.com sayti orqali ommaviy ovoz berish 9 dekabr 23:59 gacha qabul qilinadi. Sovrindorlar 17 dekabr kuni taqdirlanadi.

1 noyabr 2020, 14:03

Samarkand Half Marathon’da Sitora Hamidova O‘zbekiston rekordini yangiladi

Samarkand Half Marathon’da erkaklar orasida Toshkent viloyatidan Andrey Petrov finishga birinchi bo‘lib yetib keldi. Ayollar o‘rtasida esa surxondaryolik Sitora Hamidova yarim marafon bo‘yicha O‘zbekiston rekordini yangiladi, bundan avvalgi rekordni ham o‘zi o‘rnatgan edi.

31 oktabr 2020, 15:54

Bektemir Meliqo‘ziyev Alan Kampni muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratdi

O‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev meksikalik Alan Kamp ustidan muddatidan avval g‘alaba qozonib, WBO Inter-Continental unvoniga sazovor bo‘ldi.

31 oktabr 2020, 15:07 18

O‘zbekistonliklarga yurgani uchun pul to‘lanadi

Fuqarolarga bir kun davomida 10 ming va undan ortiq qadam yurganlari uchun 3 ming so‘m, bir oy davomida bosib o‘tilgan eng ko‘p qadamlar uchun esa 1 mln so‘m to‘lanishi belgilandi. Buning uchun har bir tuman markazi va shaharlarda piyoda va velosipedda yurish uchun «Salomatlik yo‘laklari» tashkil etiladi.

31 oktabr 2020, 10:58

Davlat organlari rahbarlari sport bilan shug‘ullanishadi

2021 yildan boshlab davlat organlari rahbarlari va barcha xodimlari ish vaqtidan so‘ng haftada kamida bir marta jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishadi. Rahbarlar shaxsiy na’munalari orqali semizlik darajasini kamaytirish, vazn ko‘rsatkichlarini yaxshilash, salomatlikni mustahkamlash uchun qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Davlat organlari jamoa shartnomalarida ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari joriy qilinadi.

27 oktabr 2020, 09:58

O‘zbek kibersportining o‘g‘loni. O‘zbekiston kibersportida birinchi medal va birinchi doping-test tarixi

2007 yilda o‘zbekistonlik Doniyor Shamuzafarov milliy kibersport tarixidagi birinchi medalni qo‘lga kiritdi va doping testidan o‘tdi. Bugun u Toshkentda kichik pitseriyaga egalik qiladi, deyarli kompyuter o‘yinlarini o‘ynamaydi. Doniyor Shamuzafarovning hikoyasi — beparvo yoshlik go‘zalligi va ulg‘ayish jasorati haqida. Kibersport nimani o‘rgatadi, yaqin-qadrdonlar qo‘llab-quvvatlashining ahamiyati va g‘alaba shukuhi — Sabina Bakayeva reportajida.

26 oktabr 2020, 18:22

Regbi bo‘yicha «Oltin Oval» kubogi noyabr-dekabr oylarida o‘tkaziladi

Regbi federatsiyasi raisi Sodiq Safoyev yil yakuniga qadar Toshkentda «Talabalar ligasi», Regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston chempionati hamda 3 ta yosh toifasida «Oltin Oval» kubogi o‘tkazilishini ma’lum qildi.

25 oktabr 2020, 14:09

Habib Nurmagomedov UFC chempionlik unvonini himoya qildi va karerasini tugatishini e’lon qildi (video)

Rossiyalik sportchi Habib Nurmagomedov amerikalik Jastin Geyji ustidan muddatidan oldin g‘alaba qozondi. Jangdan keyin u yig‘lab yubordi va bu uning MMAdagi so‘nggi jangi ekanligini aytdi.

25 oktabr 2020, 14:01

Liliya Shakirova UFCdagi debyut jangida muddatidan oldin mag‘lub bo‘ldi (video)

O‘zbekistonlik sportchi Liliya Shakirovaning UFC aralash yakkakurash bo‘yicha eng yirik musobaqasidagi debyuti muvaffaqiyatsiz yakunlandi. U muddatidan oldin amerikalik Loren Myorfiga yutqazdi.

21 oktabr 2020, 22:43

Nurxon Nafasov O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi raisligiga tiklandi

Sud Nurxon Nafasovni O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi rahbarligidan noqonuniy bo‘shatilgan deb topdi va uni lavozimga tiklash haqida hal qiluv qarori chiqardi. Avvalgi rahbarlar tergov qilinmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting