Sport

Kecha, 01:54

The Best. Robert Levandovski 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski FIFA talqiniga ko‘ra 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Krishtianu Ronaldu xalqaro futbolda barcha vaqtlardagi eng yaxshi to‘purarga aylangani uchun FIFA`ning maxsus sovrini bilan taqdirlandi. Barcha sovrinlar egalari.

7 yanvar 2022, 17:30

O‘zbekiston terma jamoasining Yaponiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi

21 yanvar O‘zbekiston va Yaponiya milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘tishi rejalashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi. Bunga Yaponiyada karantin choralari kuchaytirilgani sabab bo‘lgan. O‘FA ayni shu kuni boshqa raqib bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish borasida ish olib bormoqda.

3 yanvar 2022, 15:30

Nodirbek Abdusattorovga «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti topshirildi

Shahmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Nodirbek Abdusattorovga «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti, ikki xonali uy kaliti va 250 mln so‘m pul mablag‘i topshirildi. Uning murabbiylari Jahongir Vohidov hamda marhum Dmitriy Qayumovning oilasiga 100 mln so‘mdan berildi. Nodirbekning otasi jahon chempionini tadbirma-tadbir ovora qilmaslikni so‘rab, u hali ko‘p mehnat qilishi kerakligini aytdi.

2 yanvar 2022, 22:25

Messi koronavirusga chalindi

«PSJ» ning to‘rt nafar futbolchisi — Lionel Messi, Xuan Bernat, Serxio Riko va Natan Bityumazala koronavirusga chalindi. Ular navbatdagi bir nechta uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.

31 dekabr 2021, 11:37

Javohir Sindarov jahon chempionatini 8-o‘rinda yakunladi

Blits yo‘nalishida shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik Javohir Sindarov 8-o‘rinni egalladi. Fransiyalik shaxmatchi Maksim Vashiyer Lagraf musobaqa chempioni bo‘ldi.

30 dekabr 2021, 15:41

Qariyb 7 oyda 1hls.uz platformasi foydalanuvchilariga 43,4 mlrd so‘m to‘lab berildi

Turizm va sport vazirligining xabar berishicha, «Sog‘lom turmush tarzi» platformasida (1hls.uz) ro‘yxatdan o‘tganlar soni 1,2 mln kishidan oshdi. Shu yilning 10 iyunidan hozirgi kunga qadar platforma foydalanuvchilariga piyoda yurganligi uchun 43,4 mlrd so‘m to‘lab berilgan.

30 dekabr 2021, 10:21

Shaxmatchi Javohir Sindarov top-5 talikka kirdi. Jahon chempionatining birinchi kun natijalari

O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov blits yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatining birinchi kunida top-5 talikka kirdi. 16 yoshli sportchi 12 turning birida dunyoning to‘qqizinchi raqamli shaxmatchisini mag‘lub etdi. Nodirbek Abdusattorov, Jahongir Vohidov, Shamsiddin Vohidovlar hozircha yetakchilardan ortda qolmoqda.

29 dekabr 2021, 19:38

Prezident Nodirbek Abdusattorovni taqdirladi

Prezident shaxmatchi Nodirbek Abdusattorovni «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirladi. Davlat rahbari ko‘rsatmasi bilan unga Toshkent shahrida 2 xonali xonadon beriladi.

29 dekabr 2021, 11:15

Nodirbek Abdusattorov — jahon chempionatidagi g‘alabasi, Karlsenning so‘zlari va Qosimjonov bilan taqqoslashlari haqida

Rapid bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov musobaqadagi ishtiroki, Magnus Karlsenning so‘zlari haqida fikr bildirdi hamda Rustam Qosimjonov bilan taqqoslanishiga javob berdi.

29 dekabr 2021, 01:27

17 yoshli Nodirbek Abdusattorov tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha FIDE jahon chempionatida Nodirbek Abdusattorov yakunda rossiyalik raqibini yengib, jahon chempioni bo‘ldi. Endi u 60 000 dollarga ega bo‘ladi.

28 dekabr 2021, 23:06

Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov jahon chempionini mag‘lub etdi

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov rapid bo‘yicha jahon chempionatining 10-turida jahon chempioni Magnus Karlsenni mag‘lub etdi. Rossiyalik Vladimir Fedoseyev va hindistonlik Gukesh Dommaradjuga qarshi kechgan o‘yinlarda esa durang qayd etdi. Shunga qaramasdan u turnir yetakchiligini saqlab turibdi. Bungacha u reytingning yuqori o‘ntaligidagi ikki nafar shaxmatchidan ustun kelgandi.

25 dekabr 2021, 20:28

Eldor Shomurodov O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

O‘zbek futbolining yil yakuniga bag‘ishlangan «Uz Football Awards-2021» marosimida Eldor Shomurodov «Yilning eng yaxshi futbolchisi», Dilshod Rahmatov «Yilning eng yaxshi futzalchisi» va Dildora Nozimova esa «Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi» deb e’tirof etildi. Taqdirlash marosimi tafsilotlari va sovrindorlar bilan suhbat — «Gazeta.uz» reportajida.

25 dekabr 2021, 15:20

Odil Ahmedov O‘FA vitse-prezidenti lavozimiga saylandi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Odil Ahmedov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti etib saylandi. Shuningdek, u O‘FA Ijroiya qo‘mitasining a’zoligiga ham tasdiqlandi.

23 dekabr 2021, 08:43

Eldor Shomurodov zaxiradan tushib, «Sampdoriya» darvozasiga gol urdi

Italiya chempionatining 19-tur bahslarida «Roma» «Sampdoriya»ni qabul qildi. Mourino o‘zbek hujumchisi Eldor Shomurodovni zaxiradan o‘yinga tushirdi, 5 daqiqadan so‘ng u raqib darvozasiga gol kiritdi.

19 dekabr 2021, 00:15

Boks. Isroil Madrimov raqibi Mishel Soroni mag‘lub etdi

Toshkentda o‘tkazilgan professional boks kechasida Isroil Madrimov fransiyalik raqibi Mishel Soroni texnik nokautga uchratdi, biroq hakamning harakatlari tufayli jang yakuni baxslarga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, kechada Iqboljon Xoldorov, Hasanboy Do‘smatov va Elnur Abduraimov o‘z raqiblarini nokautga uchratgan bo‘lsa, Shahram G‘iyosov, Bektemir Meliqo‘ziyev va Dilshodbek Ro‘zmetov ochkolar hisobiga g‘alabaga erishdi.

18 dekabr 2021, 22:10 1

Odil Ahmedov futboldagi faoliyatini yakunladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasida 108 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan Odil Ahmedov futboldagi faoliyatiga yakun yasadi. «Sizlarning ko‘z oldilaringizda butsilarimni mixga ilib, futbolchilik faoliyatimni tugatganimni e’lon qilaman», — dedi u.

16 dekabr 2021, 22:22

Akbar Jo‘rayev jahon chempioni bo‘ldi

Og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionatida Akbar Jo‘rayev oltin medalni qo‘lga kiritib, jahon chempioni bo‘ldi. Ruslan Nurudinov esa kumush medalga ega chiqdi. Ikki og‘ir atletikachi chempionatda jami 6ta medal sohibiga aylanishdi.

13 dekabr 2021, 16:50

YeCHL nimchorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi

Messi to‘p surayotgan «PSJ» safida Krishtianu Ronaldu bo‘lgan «Manchester Yunayted» bilan o‘ynaydi, «Atletiko» o‘z uyida «Bavariya»ni qabul qiladi. YeCHLning 1/8 final bahslariga qur’a tashlandi.

13 dekabr 2021, 09:10

Boks: Bahodir Jalolov raqibini 46 sonida nokautga uchratdi

O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov raqibi Xulio Kalimenoni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi. U jahon chempionligi uchun jang qilish hamda og‘irvazn toifasida barcha kamarlarni O‘zbekistonga olib kelish niyatida ekanligini ma’lum qildi. «Kim bilan bo‘lsa ham ringga chiqishga tayyorman. Entoni Joshua, Aleksandr Usik, Tayson Fyuri… Menga farqi yo‘q», — dedi Bahodir Jalolov.

2 dekabr 2021, 16:47

Andrey Kanchelskis «Navbahor» to‘lashi kerak bo‘lgan kompensatsiya tufayli unga tahdid bo‘lganini aytmoqda

«Navbahor»ning sobiq murabbiyi Andrey Kanchelskis noma’lum shaxslar unga tahdid qilib, klub to‘lashi kerak bo‘lgan 1,6 mln yevro kompensatsiyani kamaytirishni so‘rashganini ma’lum qildi. Klub bu «uydirma va bo‘hton» bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab, holatni Xalqaro Sport arbitraj sudida «o‘zini oqlash uchun qilinayotgan bo‘lishi mumkin» deya ta’rifladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting