Jamiyat

24 fevral 2020, 10:02

Hafta o‘rtasida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

26−27 fevral kunlari O‘zbekistonda yomg‘ir va qor yog‘ib, ayrim joylarda yog‘inlar kuchli bo‘lishi kutilmoqda. Shamol tezligi soniyasiga 23−28 metrgacha kuchayadi.

23 fevral 2020, 18:57

Human agentligi faoliyatidan aziyat chekkanlarga pullari qaytarilmoqda

Human xususiy bandlik agentligi faliyatidan aziyat chekkan fuqarolarning katta qismi o‘z pullarini qaytarib oldi. Bosh vazir zararni Mehnat vazirligining byudjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan qoplashga topshiriq bergan edi.

23 fevral 2020, 17:52

81 tup daraxtni kesganlar qariyb 2 mlrd so‘m jarima to‘ladi

81 tup daraxt kesib tashlangani sababli Yakkasaroy tuman hokimi o‘rinbosari va Building And Supplies ta’sischisiga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Aybdorlardan qariyb 2 mlrd so‘mlik zarar undirildi. IIB boshlig‘i va tuman prokurori xayfsan oldi. Daraxtlar kesilgan joyda 150 tup daraxt ekilib, bolalar maydonchasi va sayr hududi barpo etilmoqda.

23 fevral 2020, 12:04

Qadrlanmagan boylik: jamoat kutubxonalari

Jamoat kutubxonalari ham ish, ta’lim va ijod uchun jamoat joyi, ham ijtimoiy infratuzilma sifatida zarur. Iqtisodchi Botir Qobilov jamoat kutubxonalarining fuqarolik jamiyati qurilishi, ta’lim darajasining yaxshilanishi va har kimga imkoniyat taqdim etishdagi o‘rni haqida.

22 fevral 2020, 13:23

Prezident Toshkentda amalga oshiriladigan yangi ijtimoiy loyihalar bilan tanishdi

Joriy yilda Toshkentda qariyb 700 ta liftni ta’mirlash, 100 ta bolalar maydonchalarini qurish, shuningdek, bolalar bog‘chalari, maktablar, shifoxonalar va madaniyat markazlarini barpo etish rejalashtirilmoqda. Shavkat Mirziyoyev yangi loyihalar bilan tanishdi.

22 fevral 2020, 10:47

Toshkentda quruvchi tomonidan 81 tup daraxt kesib tashlandi

Toshkentning Yakkasaroy tumanida 81 tup daraxt kesib tashlandi. Quruvchida 70 tup daraxtni kesishga hokimiyat ruxsatnomasi bo‘lgan. Moratoriy munosabati bilan hujjat noqonuniy deb topilsa, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar 630,4 mln so‘mni tashkil etishi mumkin.

22 fevral 2020, 10:15

Italiya fuqarosi Toshkentdagi kvartirasida jonsiz holatda topildi

Italiyalik boshlovchi aktyor va model Jorjo Geno Toshkentdagi kvartirasida jonsiz holatda topildi. O‘lim sabablari aniqlanmoqda.

21 fevral 2020, 20:14 1

Parlament IMEI bo‘yicha pulli ro‘yxatga olishni bekor qilish to‘g‘risidagi petitsiyani o‘rganmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitasida mobil qurilmalarni IMEI bo‘yicha pulli ro‘yxatga olish jarayonini bekor qilish to‘g‘risidagi petitsiyani ko‘rib chiqish boshlandi.

21 fevral 2020, 16:15

Jurnalist Davlat Nazarni mashinada urib ketgan haydovchiga hukm o‘qildi

Jurnalist Davlat Nazar vafot etgan YTHda aybli deb topilgan haydovchiga uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi. Marhumning turmush o‘rtog‘i sudlanuvchining voyaga yetmagan farzandini yakka boquvchisiz qoldirmaslikni so‘ragan.

21 fevral 2020, 15:59

Imtiyozli order olish uchun navbatlar masalasini deputatlar muhokama qildi

Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari uchun belgilangan foizda order berishga mablag‘ ajratilmayapti. Ayni paytda order olish uchun katta navbatlar paydo bo‘lishiga ham shu omil sabab bo‘lmoqda, dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bahrom Mo‘minov.

21 fevral 2020, 14:12

Dam olish kunlari ob-havoning iliq bo‘lishi kutilmoqda

Juma va shanba kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ib, haroratning bir oz pastlashi kutilmoqda. Yakshanba kuni esa iliq va nam ob-havo hukmronlik qiladi.

20 fevral 2020, 13:54

Toshkentdan Nurafshonga qadar metro qurish rejalashtirilmoqda

Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov yaqin istiqbolda Toshkent va Nurafshon o‘rtasida metro harakati yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

20 fevral 2020, 11:31

Xorazm viloyatida 10 nafar IIO xodimi vazifasidan ozod qilindi

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Xorazm viloyatida 10 nafar ichki ishlar xodimini lavozimidan chetlashtirdi.

19 fevral 2020, 19:56

Bloger Nuritdinovning kaltaklanishi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda

Asaka tuman IIB bloger Otabek Nuritdinovning kaltaklanishi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda. U masjid yaqinidagi spirtli ichimliklar do‘koni fotosuratlarini e’lon qilganidan so‘ng hujumga uchradi.

19 fevral 2020, 16:45

Farg‘ona va Samarqanddagi dahshatli avariyalarda besh kishi o‘ldi, sakkiz kishi jarohatlandi

Farg‘ona viloyatida Nexia, Tico va Gentra to‘qnashuvi natijasida uch kishi vafot etdi, olti kishi shifoxonaga yotqizildi. Samarqand viloyatidagi YTHda esa ikki kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohatlandi.

19 fevral 2020, 16:00

Vazir o‘rinbosari tarixiy obidalarga zarar yetkazayotgan omillarni sanab o‘tdi

Madaniyat vaziri o‘rinbosari, san’atshunoslik fanlari doktori Kamola Oqilova madaniy meros ob’ektlariga zarar yetishi va ularning yo‘q bo‘lishiga sabab bo‘layotgan omillarni ma’lum qildi. Uning aytishicha, eng katta zarar mahalliy hokimiyatning qurilish ishlaridagi siyosatidan kelib chiqmoqda.

19 fevral 2020, 14:09

Uxandan evakuatsiya qilingan fuqarolarda koronavirus alomatlari aniqlanmadi

Xitoyning Uxan shahridan evakuatsiya qilingan 84 kishi ikki haftalik karantindan so‘ng uylariga kuzatildi. Ularda koronavirus alomatlari aniqlanmadi.

19 fevral 2020, 11:02

Toshkentda xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlari va a’zolari qo‘lga olindi

Toshkentda «Tavhid va jihod katibasi» xalqaro terroristik tashkiloti tarafdordari va a’zolari aniqlanib, 21 kishi qo‘lga olindi.

18 fevral 2020, 19:57

Jinoyat sudida ilk bor bolalarga do‘stona muhitli tergov xonasi ochildi

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudida ilk bolalarga do‘stona muhitli tergov xonasi tashkil etildi. U sudlarda jinoyat ishlarini ko‘rib chiqish vaqtida bolalarga ruhiy shikast yetkazish ehtimolini imkon qadar kamaytirishga yordam beradi.

18 fevral 2020, 17:17

O‘zbekiston aholisi 34 million kishiga yetdi

Yil boshidan beri O‘zbekistonning doimiy aholisi qariyb 100 ming kishiga ko‘payib, 34 millionga yetdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting