8 avgust, shanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Jamiyat

11 sentabr 2019, 16:23

Kinologiya xodimlari uchun qabul kvotasi ajratiladi

Hukumat qarori bilan ichki ishlar organlarining xizmat itlari naslchilik pitomnigi, kinologiya xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limlari tashkil etildi.

11 sentabr 2019, 16:07

3,2 milliard so‘mlik maishiy texnika buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Zangiota tumanida maxsus identifikatsion markalar bilan qadoqlanmagan televizorlar, kir yuvish mashinalari, muzlatgich va sovutgichlar bojxonachilar tomonidan to‘xtatildi.

11 sentabr 2019, 15:54

Ko‘chma va qatnash tusidagi ishlar bilan bog‘liq ustamalar to‘lash tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Ko‘chma va qatnash tusidagi ishlar bilan bog‘liq ustamalar to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

11 sentabr 2019, 12:24

MIBning Samarqand boshqarmasi xodimlarining majburlab ishlatilayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

«MIB xodimlari: bayram kunlari, hatto mehnat ta’tilida ham ishlamoqdamiz» mazmunidagi xabar yuzasidan MIBning Samarqand boshqarmasi bayonot berdi.

11 sentabr 2019, 12:15

Atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risida qonun qabul qilindi

Prezident tomonidan imzolangan qonunga ko‘ra, atom energiyasidan foydalanish ob’ektlari davlat mulki yoki prezident tomonidan belgilanadigan yuridik shaxslar mulki hisoblanadi.

11 sentabr 2019, 11:53

Deputatlar bir qator huquqlaridan mahrum bo‘ldi — Rasul Kusherbayev

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev «O‘zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to‘g‘risida"gi qonuni o‘z kuchini yo‘qotganiga munosabat bildirdi.

11 sentabr 2019, 11:42

Mehnat sharoitlari noqulay bo‘lgan hududlar ro‘yxati belgilandi

Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari og‘ir va noqulay bo‘lgan joylarda ishlovchi xodimlar mehnatiga haq to‘lashga tuman koeffitsiyentlarini belgilash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

11 sentabr 2019, 11:21

Andijondan Mo‘ynoqqa piyoda yo‘lga chiqqan kishi 70 kundan so‘ng Buxoro shahriga yetib keldi

Xonoboddan Mo‘ynoq sari yayov yo‘lga chiqqan Sohib Rajabov 70 kun deganda Buxoro shahriga yetib keldi. U yo‘l-yo‘lakay ko‘pchilik iliq qarshi olayotganini bildirdi.

11 sentabr 2019, 11:04

Xodimlari Toshkent shahri va viloyatiga propiska qilinishi mumkin bo‘lgan tashkilot yana bittaga ko‘paydi

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘ldi.

10 sentabr 2019, 18:48

Toshkentda litsenziyalanmagan, kontrafakt disklar savdosiga chek qo‘yildi

Toshkentdagi «Qo‘yliq», «Aviasozlar» va «Chorsu» bozorlarida litsenziyalanmagan, kontrafakt disklar savdosiga chek qo‘yildi.

10 sentabr 2019, 18:08

Sirdaryoda paxta terimchilari uchun chodirlar shaharchasi qurildi

Sirdaryoda sinov tariqasida paxta terimchilari uchun chodirlar shaharchasi qurildi. Viloyatda jami 90 ta shunday shaharcha ochiladi.

10 sentabr 2019, 16:05

Turk ishbilarmonlari Xorazmda uchta yirik loyihani amalga oshirmoqchi

Turkiyaning Adana viloyati savdo palatasi boshqaruv kengashi vitse prezidenti Yuksel Bayram boshchiligidagi delegatsiyasi Xorazm viloyatiga tashrif buyurib, viloyatda amalga oshiriladigan investitsion loyihalarni muhokama qildi.

10 sentabr 2019, 15:49

Namanganda bolasi nuqson bilan tug‘ilgan ona o‘zining va boshqa ayolning farzandini o‘ldirdi

Namanganda farzandining oyoli nuqsonli tug‘ilgani sababli o‘zining va birga yotgan ayolning chaqalog‘ini 2-qavatdan otib yuborib, o‘limiga sababchi bo‘lgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

10 sentabr 2019, 14:27

Atrof tabiiy muhitning monitoringi kengaytiriladi

Atrof tabiiy muhit monitoringi doirasida davlat organlari endilikda kollektor-drenaj suvlarining sifat tarkibi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, atrof-tabiiy muhitning sanitariya-gigiyenik holatini ham nazorat qiladi.

10 sentabr 2019, 14:00

Xususiy notarial idoralar tashkil etiladi

1 oktyabrdan yaqin qarindoshlar o‘rtasida notarial tasdiqlangan avtoishonchnoma bekor qilinadi. 2020 yil 1 yanvardan davlat notarial idoralari asosida xususiy notarial idoralarni tashkil etish boshlanadi.

10 sentabr 2019, 11:26

Vazirlar Mahkamasi huzurida yangi agentlik tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasi huzurida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi.

10 sentabr 2019, 11:14

Toshkentda sovuq suv o‘chirilishi kutilmoqda

9 sentyabrdan 20 oktyabrga qadar Toshkent tumanlarida sovuq suv o‘chiriladi.

10 sentabr 2019, 10:53

Samarqanddagi Gulobod ko‘chasida harakat vaqtincha taqiqlanadi

Samarqand shahridagi Gulobod ko‘chasining G-34 kesishmasidan Samarqand tumanidagi Xo‘ja Ahrori Vali majmuasigacha bo‘lgan qismida 6 qatorli avtomobil yo‘li qurilishi natijasida mazkur ko‘cha yopildi.

10 sentabr 2019, 10:41

Angrenda poyezd va uchta mashina to‘qnashuvi natijasida ikki kishi vafot etdi

Angren shahri hududidan o‘tuvchi A-373 M-39 avtomobil yo‘li va temiryo‘l kesishmasida avtotransport vositalari va yuk tashish poyezdining to‘qnashishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan. Ikki kishi halok bo‘lgan, uch kishi shifoxonaga yotqizilgan.

9 sentabr 2019, 21:17

Said-Abdulaziz Yusupov ishi bo‘yicha yopiq sud boshlandi

Toshkentda Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining sobiq rahbari Said-Abdulaziz Yusupovga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha yopiq sud boshlandi.