Jamiyat

11 noyabr 2019, 12:43

Qarshida fuqaroga «soqoltoy» deb murojaat qilgan IIB xodimi lavozimidan chetlatildi

«IIB xodimi soqol qo‘ygan yigitni zo‘rlik bilan bo‘limga olib ketmoqda» nomli video yuzasidan IIV rasmiy bayonot berdi: ushbu xodim lavozimidan chetlatilib, quyi tizimga tushirildi.

11 noyabr 2019, 12:32

Xo‘jaylida o‘zini hokimning opasi deb tanishtirgan ayol tadbirkorni 645 mln so‘mga chuv tushirdi

Xo‘jayli tumanida firibgarligi uchun 5 marta sudlangan ayol hokimning opasiman deb bir tadbirkorni 645 mln so‘mga chuv tushirdi.

11 noyabr 2019, 12:17

Gaz sizib chiqishi natijasida yuzaga kelgan portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Toshkent viloyatidagi xususiy uyda gaz sizib chiqishi portlashga sabab bo‘ldi. Ikki kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi shifoxonaga yotqizildi.

11 noyabr 2019, 12:08

Salqin ob-havo hafta oxirigacha saqlanib qoladi

Hafta oxiriga qadar O‘zbekiston hududi salqin havo oqimi ta’siri ostida qoladi, yog‘ingarchiliklar kutilmaydi.

11 noyabr 2019, 11:22

Toshkent hokimiyati huzuridagi Jamoatchilik kengashi yana ish boshladi

Toshkent hokimiyati huzuridagi Jamoatchilik kengashi o‘z faoliyatini qayta tikladi. Unga Diyor Mirzaahmedov rahbar bo‘ldi.

11 noyabr 2019, 11:08

Nukusda ikki kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Nukusda ikki kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Qarshi tumanida esa sakkiz kishi shifoxonaga yotqizildi.

10 noyabr 2019, 14:13

Sharoiti yo‘q madaniyat

Nogironligi bor va harakatlanishi cheklangan fuqarolar madaniy hayotda ishtirok etishda teng huquqlimi? Madaniyat muassasalarida ular uchun qanday sharoitlar yaratish mumkin? Toshkentdagi sakkizta madaniyat muassasasida sharoitlar monitoringi o‘tkazildi.

10 noyabr 2019, 09:47

Xususiy tug‘ruqxonalarga ruxsat berildi

O‘zbekistonda xususiy tug‘ruqxonalar faoliyatiga ruxsat berildi.

9 noyabr 2019, 16:41

Turkiya elchisi Nodira Qodirova o‘limi yuzasidan TIVga chaqirildi

Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Nodira Qodirovaning o‘limi yuzasidan tushuntirish olish maqsadida TIVga chaqirildi.

9 noyabr 2019, 14:49

Xususiy bandlik firmasi fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni va’da qilib jami 12 mlrd so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi

Xususiy bandlik firmasi rahbarlari 645 fuqarodan jami 12 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘larni qo‘lga kiritib, shaxsiy manfaatlari yo‘lida sarflab yuborgani aniqlandi.

9 noyabr 2019, 13:08

TIV Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istondan o‘tishda risklarni hisobga olishga chaqirdi (video)

TIV Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonning qator hududlarida sovuq tushishi munosabati bilan O‘zbekiston fuqarolarini mazkur mamlakatdan o‘tishda ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.

9 noyabr 2019, 13:00

Maishiy chiqindilarni tashish qoidalari belgilandi

«Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarini tasdiqlash haqida"gi qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

9 noyabr 2019, 12:34

Adliya vazirligi xodimi Prezident administratsiyasida mas’ul lavozimga tayinlandi

Zikirilla Mahmudov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi sho‘ba mudiri lavozimiga tayinlandi.

9 noyabr 2019, 12:18

Samarqanddagi maktabning ta’mirtalab xonasi aks etgan video eski bo‘lib chiqdi — XTV

Samarqand shahar 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ayrim sinfxonalaridagi ta’mirtalab holati aks etgan video haqiqiy emasligi ma’lum qilindi.

9 noyabr 2019, 01:18

Abdulloh Tohirov ozod qilindi

14 kun davomida qayerda ekani noma’lumligicha qolgan Abdulloh Tohirov ozod qilindi. Bu haqda uning otasi Dilmurod Tohirov xabar berdi.

8 noyabr 2019, 20:18

«Qonunni oyoq osti qilmang!» — «Adolat» partiyasi Abdulloh Tohirov to‘g‘risida

«Adolat» partiyasi Andijon viloyat IIBga chaqirilganidan keyin bedarak yo‘qolgan Abdulloh Tohirov ishida qonunlarni oyoq osti qilmaslikka chaqirdi.

8 noyabr 2019, 17:36

Abdulloh Tohirovning bedarak yo‘qolishi tafsilotlari

Jalaquduq tumanida istiqomat qiluvchi Abdulloh Tohirov Andijon viloyat IIBga chaqirilganidan so‘ng bedarak yo‘qoldi. Uning otasi o‘g‘lining yo‘qolishini huquqni muhofaza qilish organlarining yuqori lavozimli xodimi avtomobilini videotasvirga olgani bilan bog‘ladi.

8 noyabr 2019, 17:17

Akusherlik va ginekologiya tibbiyot markazida 15,3 mlrd so‘mlik mablag‘lar talon-taroj qilingani aniqlandi

Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining mansabdor shaxslari 15,3 mlrd so‘mni talon-taroj qilgani aniqlandi.

8 noyabr 2019, 17:07

Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida gaz ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatiladi

9 noyabr kuni Toshkentning Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida gaz ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatiladi.

8 noyabr 2019, 16:35

Prezident non tannarxini tushirishni topshirdi

Qolipli non narxi O‘zbekistonning ayrim hududlarida 2000 so‘mdan oshdi. Prezident non ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting