Jamiyat

3 iyun 2021, 11:23

«Eshikni ochsam davlat rahbari kirib keldi». Prezident Surxondaryoda «Zulfiyachi» qizning xonadonida bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi davomida Termizda qurilgan ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rdi. Prezident xonadonlardan birida «Zulfiya» mukofoti sovrindori va uning onasi bilan suhbatda bo‘lib, undan g‘ururlanishini ta’kidladi.

3 iyun 2021, 11:19

AQSh O‘zbekistonga ikkita seysmik stansiya uchun uskunalar yubordi

AQSh Seysmoprognostik monitoring respublika markaziga Jizzax viloyatida ikkita vaqtinchalik seysmik stansiyalar qurish uchun 14 ming dollarlik uskunalarni topshirdi.

3 iyun 2021, 10:27

Toshkentdagi qurilishlar qum va changli bo‘ronning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda — O‘zgidromet

Poytaxtda may oyidan buyon kuzatilayotgan qum va changli bo‘ronlar shaharda jadal sur’atlar bilan olib borilayotgan qurilishlar sababli kelib chiqmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.

2 iyun 2021, 20:30

2 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentda ochilgan yangi bog‘, prezidentning Surxondaryoda o‘tkazgan yig‘ilishi, IT Park 27 ta kompaniyaning rezident maqomini bekor qilishi, kuchli shamolning oqibatlari — “Gazeta.uz"ning 2 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

2 iyun 2021, 18:11

«Ramatov, suv ombori loyihasiga boshingiz bilan javob berasiz» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev «To‘palang» suv ombori Surxondaryo aholisining suv bilan bog‘liq muammolarini hal qilishi kerakligini ta’kidlab, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovni loyihaga mas’ul qilib tayinladi. Shuningdek, prezident koronavirusga qarshi kurashga 80 trln so‘m ketganligini, lekin u pulga achinmasligini aytdi.

2 iyun 2021, 18:01

Kuchli shamol Jizzax va Uchquduqdagi uylarga zarar yetkazdi

Jizzaxda kuchli shamol ko‘p qavatli uylarning tomini uchirib yubordi. Tomlarning yerga tushishi oqibatida ikkita mashinaga zarar yetdi. Navoiyning Uchqudud tumanidagi bir nechta mahallalarda ham ko‘p qavatli uylar zarar ko‘rdi. Hodisa oqibatida qurbonlar yo‘q.

2 iyun 2021, 16:06

Haftaning ikkinchi yarmida issiqlik yanada kuchayadi

3−7 iyunda Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishining kuchayishi hisobiga havo harorati +43 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda shamol changli bo‘ron bo‘lishi mumkin

2 iyun 2021, 15:25

Botanika bog‘ida velosiped va samokatlarda harakatlanish taqiqlandi

Poytaxt Botanika bog‘i tashrif buyuruvchilar uchun «xavfsiz hudud» deb e’lon qilindi. Endi uning hududida velosiped, samokat va skuterda harakatlanish taqiqlanadi.

2 iyun 2021, 13:30

“Bilib-bilmay, xohlamay va keyinchalik cheksiz muhabbat bilan dirijerlikka kirib kelganman” — Kamoliddin Urinbayev

O‘zbekiston davlat simfonik orkestri dirijeri va badiiy rahbari Kamoliddin Urinbayev “Gazeta.uz"ga bergan intervyusining ikkinchi qismida dirijerlikka qanday kirib kelganligi, iqtidorsiz kishining bo‘lmasligi va musiqa sohasini rivojlantirishga kim hissa qo‘shishi kerakligi haqida gapirdi.

2 iyun 2021, 13:26

«Qizlarimiz bilmaydi, tushunmaydi, o‘qimaydi, deymiz. Chunki ularni o‘zimiz o‘qitmaymiz-da» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev anorchilik bo‘yicha ilmiy ishlar qilib kelayotgan bog‘bon ayol bilan suhbatdan so‘ng, mazkur yo‘nalishda tahsil olayotgan yosh olimalarni ilg‘or xorijiy mamlakatlarga o‘qishga yuborish bo‘yicha topshiriq berdi. «Qizlarimiz bilmaydi, tushunmaydi o‘qimaydi, deymiz. Chunki, ularni o‘zimiz o‘qitmaymiz-da. Ayollarimizning bilimi, malakasi kuchli. Yuzaga chiqarish kerak», — dedi prezident.

2 iyun 2021, 12:26

IT Park o‘z majburiyatini bajarmagan 27 ta kompaniyaning rezident maqomini bekor qildi

IT Park direksiyasi o‘z majburiyatlarini bajarmagan 27 ta kompaniyaning maqomini bekor qildi. Rezidentlik maqomi bekor qilingan kompaniyalarning orasida — Oson Apteka, Hoop Club, Invan Soft, Filosofiya IT, Imenu, School-Service va boshqalar bor.

2 iyun 2021, 12:07

Surxondaryoning 4 ta tumanidagi tadbirkorlar 2024 yilgacha soliqlardan ozod etiladi

Shavkat Mirziyoyev Bandixon, Qiziriq, Muzrabot va Sherobod tumanlarida ochiladigan yangi tadbirkorlik subyektlarini yer, mol-mulk, kichik korxona aylanmasidan olinadigan soliqlar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy miqdordagi daromad solig‘idan 2024 yil 1 yanvarga qadar ozod etishni taklif qildi.

2 iyun 2021, 10:50

Toshkent yer usti metrosining Halqa yo‘lida harakat tezligi sekinlashadi

Toshkent metropolitenining Halqa yo‘lida poyezdlarning tezligi havo haroratining keskin ko‘tarilishi sabab vaqtinchalik sekinlashadi.

2 iyun 2021, 10:20

«Lyubaya biznes xorosha», «Plati-leti», «S 707» MCHJlarga nisbatan ochilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov olib borilmoqda

«Lyubaya biznes xorosha», «Plati-leti», «S 707» va boshqa MCHJlar mansabdor shaxslariga nisbatan soxta tadbirkorlik, savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish hamda soliqlarni to‘lashdan bosh tortish kabi holatlar yuzasidan jinoyat ishi ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

2 iyun 2021, 08:31

Milliy bog‘ o‘rnida Magic City ochildi

Poytaxtdagi Milliy bog‘ o‘rnida Magic City oilaviy ko‘ngilochar bog‘i ochildi. Birinchi bosqichda dunyoning mashhur poytaxtlari shoh ko‘chalariga o‘xshash ko‘chalar, musiqiy favvora va boshqalar ochildi. «Yangilanayotgan Toshkentga yangilanayotgan bog‘lar, yangi yoshlar yarashadi», — dedi shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

1 iyun 2021, 20:30

1 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Prezidentning Surxondaryoga tashrifi, bokschilarning Osiyo chempionatidagi natijasi, DXX tomonidan giyohvandlik moddalarining musodara qilinishi, UzAuto Motors`ning “shapka tizimi” haqidagi xabarlarga izohi — “Gazeta.uz"ning 1 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

1 iyun 2021, 19:00

“Agrobank” fermerlar maktablarini yo‘lga qo‘ymoqda

Agrobank tashabbusi bilan O‘zbekistonda ilk bor bepul fermerlar maktablari ochildi. Maktablar Toshkent, Andijon, Samarqand, Termiz, Nukus shaharlarida tashkil etilgan.

1 iyun 2021, 17:56

31 may kunduz kuni uchun havo haroratining mutlaq maksimumi yopildi

O‘zgidromet 31 may kunduz kuni uchun havo haroratining mutlaq maksimumi yopilgani haqida xabar berdi. Buxoroda 43 daraja, Urganchda 42.9 daraja maksimal havo harorati kuzatildi.

1 iyun 2021, 17:49

UzAuto Motors «shapka tizimi» qaytgani haqidagi xabarlarga izoh berdi

UzAuto Motors yangi avtomobillari uchun ko‘p ming kishilik navbatlar yuzaga keldi. Tarmoqlarda «shapka tizimi» qaytgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Kompaniya ayrim dilerlar mikrochiplar bozoridagi vaziyatdan foydalanishga harakat qilayotganini ma’lum qilib, noqonuniy harakatlar haqida xabar berishga chaqirdi.

1 iyun 2021, 16:48

Yo‘llardagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi tuzildi

Respublikada yo‘l harakati sohasidagi muammolarni kompleks o‘rganish va amaliy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi tuzildi. Guruh tarkibiga Hukumat, ichki ishlar, transport, moliya vazirliklari, avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va boshqa mutasaddi idoralar va tashkilotlarning rahbar va malakali mutaxassislari kiritilgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting