16 iyul, payshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Jamiyat

21 oktabr 2019, 09:33

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Qo‘qondan Tojikistonning Shaydon shahriga avtobus va mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

21 oktabr 2019, 09:17

Bekoboddagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida janjal chiqdi

IIV Bekoboddagi ixtisoslashtirilgan san’at maktabining 4 qiz va 1 yigit talabasi ishtirokidagi janjalga izoh berdi.

20 oktabr 2019, 13:47

Jizzaxda erkaklar tug‘uruq va homiladorlik nafaqasi olgani oshkor bo‘ldi

Byudjet tashkilotlarida homiladorlik va tug‘uruq bo‘yicha asossiz to‘lovlar sababli 3,1 mlrd so‘m noqonuniy sarflab yuborilgan. Erkaklarga ham nafaqa to‘langan holatlar aniqlandi.

19 oktabr 2019, 15:47

Navoiyda Nexia gaz balloni portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Navoiyda Nexia avtomobiliga o‘rnatilgan gaz balloni portlashi natijasida ikki kishi vafot etdi, bir kishi jarohatlandi.

19 oktabr 2019, 09:58

Blogerlar Rustam Karim va To‘lqin Astanov ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi

Musulmonlar idorasida bezorilik qilganlikda gumonlanib qo‘lga olingan blogerlar Rustam Karim va To‘lqin Astanov sudi yakunlandi.

19 oktabr 2019, 09:27

Khan Academy Oʻzbek — birinchi onlayn ta’lim platformasi ishga tushirildi

Khan Academy Oʻzbek — o‘zbek tilidagi birinchi ommaviy bepul onlayn platformasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

18 oktabr 2019, 18:12

Yakkabog‘ hokimining sobiq o‘rinbosari va uni yoqib yuborgan tadbirkorga sud hukmi o‘qildi

Yakkabog‘ tuman hokimining sobiq o‘rinbosari Mansur Tuymayev va uning ustiga benzin sepib yoqib yuborgan tadbirkor Bahriddin Isamov ustidan ochiq sud jarayoni yakuniga yetdi.

18 oktabr 2019, 18:02

Qoraqalpog‘istonda 6,1 ming qop un 87,5 ming o‘rniga 110 ming so‘mdan noqonuniy sotilgani aniqlandi

«Qoraqalpoq Don mahsulotlari» mansabdor shaxslari 6,1 ming qop unni 87,5 ming so‘m o‘rniga 110 mingdan sotgani aniqlandi.

18 oktabr 2019, 16:29

Ispaniyada Husniddin Atoning foto ko‘rgazmasi ochildi

Ispaniyaning Toledo shahrida o‘zbekistonlik fotorassom Xusniddin Atoning ko‘rgazmasi ochildi.

18 oktabr 2019, 16:05

AES uchun mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha strategiya tasdiqlandi

Prezident yadro energetikasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha strategiyani tasdiqladi.

18 oktabr 2019, 14:18

Toshkentda Lacetti haydovchisi YPX xodimini urib yubordi

Toshkentning Shayxontohur tumanida Lacetti haydovchisi YPX inspektorini urib yubordi. Jabrlangan xodim shifoxonaga yotqizildi.

18 oktabr 2019, 14:06

«Avtomobil oynasiga parda ilishni taqiqlash bilan hurmatga erishib bo‘lmaydi» — IIV matbuot kotibi

YHXB avtomobillarning orqa yon oynalariga parda ilganlik uchun jarimaga tortish huquqiga ega ekanini himoya qilmoqda. IIV matbuot kotibi esa fuqarolarni noqulay holatga solib qo‘yadigan bunday harakatlar bilan hurmatga erishib bo‘lmasligini ma’lum qildi.

18 oktabr 2019, 08:22

Toshkentda birinchi bor Butunjahon oziq-ovqat kuni nishonlandi

Dunyoda insoniyat iste’moliga yaroqli 6000 dan ortiq o‘simlik turi bo‘lsa, yetishtirilayotgan o‘simliklarning atigi 9 turi umumiy ekinlarning 66 foizini tashkil qiladi. Toshkentda birinchi bor Butunjahon oziq-ovqat kuni nishonlandi.

17 oktabr 2019, 21:18

«Qancha oson bo‘lsa shuncha yaxshi» — IIV matbuot kotibi propiska tartiblari haqida

IIV matbuot xizmati rahbari Shoxruh G‘iyosov Toshkentda propiska tartibining soddalashtirilishi ichki ishlar organlariga o‘z faoliyatini samarali bajarishlariga imkon berishini ma’lum qildi.

17 oktabr 2019, 17:51

Ufada voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qizga zo‘ravonlik qilishda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi

Ufada voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qizni ikki yil davomida zo‘rlab kelganlikda gumonlanayotgan 44 yoshli Tojikiston fuqarosiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

16 oktabr 2019, 22:46

«O‘zbekkonsert» Jahongir Otajonov va yana uch san’atkorning litsenziyasini qaytarib berdi

«O‘zbekkonsert» Jahongir Otajonov, Shahlo Ahmedova, Abdulla Qurbonov va Xalima Ibragimovaning litsenziyalarini qayta tikladi. Tashkilot bayonotida prezidentning san’atkorlarga e’tibori va g‘amxo‘rligini tilga oldi.

16 oktabr 2019, 21:23

Toshkent davlat stomatologiya instituti Qozog‘istonda qo‘shma fakultet ochadi

Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasida Toshkent davlat stomatologiya instituti bilan birgalikda qo‘shma fakultet ochilmoqda. Ta’lim kredit — modul tizimi asosida amalga oshiriladi.

16 oktabr 2019, 17:10

O‘zbekistonda «Xizb ut-Taxrir» a’zolari faoliyatiga chek quyildi

IIV Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida «Xizb ut-Taxrir» tashkiloti a’zolarining jinoiy faoliyatiga chek quyilgani haqida xabar qildi.

16 oktabr 2019, 12:45

Toshkentda uch kun ichida ikki bola derazadan qulab tushib halok bo‘ldi

Toshkentda uch kun ichida nazoratsiz qoldirilgan ikki bola uy derazasidan qulab tushib halok bo‘ldi.

16 oktabr 2019, 11:01

TIQXMMI Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari universitetlari reytingiga kirdi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 2020 yil uchun Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari universitetlari reytingiga kirdi.